Universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna bolalar gigiyenasi


Download 396.96 Kb.
bet63/110
Sana23.09.2023
Hajmi396.96 Kb.
#1686267
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   110
Bog'liq
Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻz-fayllar.org

Diagnostikasi. Bemor najasi sterillangan bankaga yig‘ilib, undan 3-5 ml
miqdorda olib Tiga va Myuller muhitlariga ekiladi. Bunda dizenteriya mikroblarini


103
topish mumkin. Najas umumiy analiz ham qilinadi. Bu analizda ko‘plab


shilimshiq, leykotsit va eritrotsitlar topilishi xarakterli. Serologik RPGA reaksiyasi
ham qo‘yiladi.
Davolash. Bunda bemor kasalxonada davolanishda antibiotiklar (tetratsiklin,
levomitsetin) kam qo‘llanilmoqda. Furazolidon bilan davolash yaxshi natija beradi.
U 0,1 dan kuniga 4 marta ichiladi. Davolash kursi 5 kun. Ayrim hollarda
sulfanilamid preparatlar (ftalazol, sulgin) berish bilan cheklanish mumkin. Ular 5
kun davomida 1,0 dan kuniga 4 marta ichiladi. Qorindagi og‘riqni kamaytirish
uchun belladonna preparatlari, platifillin yoki no-shpa buyuriladi. B va C
vitaminlar ham beriladi. Dorilardan tashqari, parhezga ham e’tibor beriladi. Oson
hazm bo‘ladigan, ichakka zo‘r keladigan moddalardan xoli ovqatlar (Pevzner
bo‘yicha, 4-stol) buyuriladi.
Profilaktikasi. Dizenteriya profilaktikasida shaxsiy gigienaga rioya qilish
muhim ahamiyatga ega. U iflos qo‘l kasalligi deb bejiz atalmagan. Ovqat oldidan
va hojatdan so‘ng har safar qo‘lni sovunlab yuvish lozim. Xomligicha iste’mol
qilinadigan sabzavot va mevalarni qaynatib, sovitilgan suv bilan obdan yuvgandan
so‘ng eyish mumkin.
Vabo – og‘ir gastroenterit va organizmda mineral moddalar almashinuvining
keskin buzilishi, organizmning suvsizlanishi bilan kechadigan o‘tkir yuqumli
kasallik. Katta hududlarga tez tarqalishiga moyil bo‘lganligi sababli o‘ta xavfli
infeksiyalar guruhiga kiradi.
Kasallikni vabo vibrionlari qo‘zg‘atadi. Klassik va El-Tor tipidagi vabo
vibrionlari mavjud. Ular ishqoriy muhitda tez ko‘payadi. Mikroskopda ko‘rilganda
tuzilishi vergulga o‘xshaydi.

Download 396.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling