Universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna bolalar gigiyenasi
Download 396.96 Kb.
|
Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻz-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Profilaktikasi.
- Epidemiologiyasi.
- Diagnostikasi.
Diagnostikasi. Buning uchun toshma elementlaridan material, qon,
tomoqdan mazok olib virusologik tekshirish o‘tkaziladi. Davolash. Spetsifik davolash usullari yo‘q. Bemor tezda alohida xonaga yotqiziladi. Intoksikatsiyasini kamaytirish maqsadida turli suyuqliklar (5-10% li glyukoza eritmasi, ringer eritmasi, gemodez va boshqalar) tomchilab yuboriladi. Teriga Burov suyuqligi, spirt, 5% li margansovka eritmasi surtiladi. Og‘iz borat kislota, 2% li soda eritmasi bilan chayiladi. Ko‘zga 20% li albutsid tomiziladi. Profilaktikasi. Chin chechak profilaktikasi asosan, unga qarshi emlashdan iborat. Xuddi shu tadbir tufayli uni tugatishga erishildi. Bolalar 1-2 yoshligida emlanadi, 8 va 16 yoshlarda revaksinatsiya qilinadi. Kasallik aniqlangan joyda karantin joriy etiladi. GRIPP Gripp viruslar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, umumiy intoksikatsiya, nafas olish yo‘llarining jarohatlanishi bilan kechadi. Yuqumli kasalliklar ichida eng keng tarqalgan gripp hisoblanadi. Deyarli har yili gripp epidemiyasi tarqaladi. Gripp viruslarning A, A 1 , A 2 , B va C turlari paydo bo‘lishi yangi epidemiyani boshlaydi. Tashqi muhitda virus turg‘un emas. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida tez nobud bo‘ladi. Epidemiologiyasi. Bunda bemor odam infeksiya manbai hisoblanadi. Bemor yo‘talganda va aksirganda, ayniqsa, kasallikning dastlabki kunlari virusni atrofga ko‘plab tarqatadi. Sog‘lom odam organizmiga virusni atrofga ko‘plab tarqatadi. Sog‘lom odam organizmiga viruslar nafas olish yo‘llari orqali kiradi. Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri bir necha soatdan 1-2 kungacha. Qisqa muddatli lohaslik, et uvishishidan so‘ng kasallik to‘satdan gavda harorati 107
ko‘z yoshlanadi. Burun bitib qoladi, tomoq qurib og‘riydi. Quruq yo‘tal kuzatiladi. Qo‘l-oyoq mushaklari qaqshab og‘riydi. Ba’zan ko‘ngil aynishi va qusish kuzatiladi. Ko‘pincha lab va burun atrofiga uchuq toshadi. Odatda, gavda harorati 3-5 kundan keyin tushadi. Gripp asoratlari qolganda isitma uzoq saqlanadi. O‘pka shamollashi eng ko‘p uchraydigan asorat hisoblanadi. Diagnostikasi. Bu maqsadda kasallikning dastlabki kunlarida virusologik tekshirish uchun burun va tomoqdan mazok olinadi. Serologik tekshirish uchun 8- 10 kun oralatib, 2 marta qon olib tekshiriladi. Davolash. Faqat gripp og‘ir kechgan bemorlar kasalxonaga yotqiziladi. Isitmasi ko‘tarilgan davrda bemor o‘rin-ko‘rpa qilib yotishi kerak. Maxsus davolash maqsadida grippga qarshi gamma-globulin ishlatiladi (3-6 ml). Kasallikning dastlabki kunlarida burunga quritilgan gripp zardobi yoki interferon tomiziladi. Remantadin va oksolin kabi preparatlar virusga ta’sir ko‘rsatadi. Isitma tushiruvchi, og‘riq va yo‘talni qoldiruvchi dorilar ham qo‘llanadi. Tez-tez choy, sut, meva sharbatlari, mineral suv ichish tavsiya etiladi. Profilaktikasi. Maxsus profilaktika maqsadida burunga gripp vaksinasi purkaladi. Gripp epidemiyasidan 3-4 oy oldin burunga ommaviy ravishda vaksina purkaladi. Epidemiya vaqtida oksolin mazi, interferondan foydalanish mumkin. Uyda qolgan bemorga alohida xona yoki burchak ajratish lozim. Uy havosi tez-tez yangilab turilishi kerak. Bemor foydalangan idish-tovoq qaynatiladi. Bemorni parvarish qiluvchi dokadan niqob tutib, uni har 5-6 soatda almashtirib turishi kerak. Download 396.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling