Universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna bolalar gigiyenasi


Download 396.96 Kb.
bet69/110
Sana23.09.2023
Hajmi396.96 Kb.
#1686267
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   110
Bog'liq
Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻz-fayllar.org

Epidemiologiyasi. Tabiatda yovvoyi kemiruvchilar: yumronqoziq, sug‘ur,
sichqonlar, port shaharlarida kalamushlar infeksiya manbai hisoblanadi. Odamga
kasallik aloqa yo‘li bilan yoki burga vositasida kemiruvchilardan yuqadi. Bemor
odamdan sog‘lom odamga bubondan ajralgan yiring vositasida yoki nafas yo‘llari
orqali (o‘pka tounida) yuqadi. Odamda toun kasalligi qayd qilinganda, darhol
sog‘liqni saqlash organlariga ma’lum qilinadi. Bitta odam kasallansa ham karantin
joriy etiladi.
Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri bir necha soatdan 10 kungacha,
o‘rta hisobda 3-6 kun. Kasallikning bubonli, o‘pka va septik turlari ma’lum.
Keyingi ikki formasi birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Hamma turlarida


110
kasallik to‘satdan gavda haroratining 38-39



va undan yuqori ko‘tarilishi, qattiq
titrash, bosh og‘rishi, alahlash, qusish bilan boshlanadi. Tounning bubonli turida
limfa tugunlari kattalashib, bubon hosil qiladi. Keyinroq chov bezlarining buboni
kuzatiladi. Bubon 4-5 kundan so‘ng yumshab teshiladi va yiring ajralib turadi.
Tounning o‘pka formasi juda og‘ir kechadi. U qattiq yo‘tal, ko‘krakdagi og‘riq,
gavda haroratining juda yuqori (41

gacha) bo‘lishi, balg‘am ajralishi bilan
xarakterlanadi.
Kasallikning
septik
turi
organizmning
kuchli
umumiy
intoksikatsiyasi bilan namoyon bo‘ladigan juda og‘ir formasidir. Bemor alahlaydi,
harorati juda yuqori bo‘ladi, nafasi qisadi, rangi ko‘karib ketadi, pulsi ipsimon
bo‘ladi. Teri va shiliq qavatlarga qon quyiladi. Qon qusish, ichakdan qon ketishi,
qon aralash siydik ajralishi kuzatiladi.
Diagnozi. Laboratoriya tekshiruvi uchun gemokulturaga qon, o‘pka turida
balg‘am, bubon turida bezdan punktat olinadi. O‘lgan kemiruvchilarning jasadi
ham tekshiriladi. Olinadigan material juda yuqumli ekanligini hisobga olib, u og‘zi
zich berkiladigan shisha idishlarga solinadi. Ustidan 5-10% li lizol eritmasida
ho‘llangan latta o‘raladi va boshqa idish ichiga solinadi. Uni ham o‘rab, qopqog‘i
zich yopiladigan qutichaga solib, plombalanadi va maxsus odam orqali
laboratoriyaga jo‘natiladi.

Download 396.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling