Universitetida


Download 0.57 Mb.
Sana21.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1641437
Bog'liq
4. Bayonnoma Proflaktik tadbir JDIU 01.06.2023


YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETIDA “TALABA YOSHLAR ORASIDA HUQUQBUZARLIKLARNI OLDINI OLISH” MAVZUSIDA O‘TKAZILGAN DAVRA SUHBATI
BAYONNOMASI
01.06.2023 yil Toshkent sh.
QATNASHDILAR:


1.

Ahmedov A




Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik.

2.

Ischanov Sh




Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB bosh boshqarmasi Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasining Kiber jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi inspektori.

3.

S.Jonuzoqov




“Yangi O‘zbekiston” universiteti ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i .

4.

D.Xurramov




“Yangi O‘zbekiston” universiteti xodimi

5.

B.Amirov




“Yangi O‘zbekiston” universiteti xodimi

6.

Talabalar(150 nafar)




“Yangi O‘zbekiston” va “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya” universiteti talaba yoshlari.



KUN TARTIBI:
Universitet talaba yoshlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish” mavzusida o‘tkazilgan profilaktik tadbir to‘g‘risida

(Ahmedov A, Ischanov Sh, S.Jonuzoqov, D.Xurramov, B.Amirov)

ESHITILDI: Kun tartibidagi masalalar yuzasidan uchrashuvni,“Yangi O‘zbekiston” universiteti ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i S.Jonuzoqov ochib berib «Talaba yoshlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish» mavzusida talabalarga o‘z fikrini aytib o‘tdilar. Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ahmedov A, bo‘lim inspektori kapitan Ischanov Sh talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash huquqbuzarliklarni oldini olish so‘nggi paytlarda kiberjinoyatga oid jinoyatlar keskin ortayotganligi, buning natijasida esa ko‘plab salbiy holatlar yuz berayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Darhaqiqat, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda oilaning o‘rni beqiyos. Buyuk allomalarimiz farzand tarbiyasida oilaning o‘rni va ahamiyati haqida ko‘plab asarlar yaratganlar. Xususan, Abdurauf Fitrat «Oila yoki oila boshqarish tartiblari» deb nomlangan asarining ikkinchi qismini aynan farzand tarbiyasiga bag‘ishlagan. Unda oiladagi eng og‘ir vazifa farzand tarbiyasi ekani, xalqning harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi, zaif bo‘lib xorlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik yukini tortib e’tibordan qolishi, o‘zgalarga tobe, qul va asir bo‘lishi bolalikdan o‘z ota-onalaridan olgan tarbiyalariga bog‘liqligi alohida ta’kidlanadi.
Insoniyat tarakiyotining xozirgi bosqichda fan-texnikani jadal rivojlanishi, ya’ni kompyuter-internet tizimi, uyali telefonlardan noo‘rin foydalanish farzanlarimiz tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga ularni yot oqimlar ta’siriga tushib qolishi, oilasi, ota-onasiga bemehr, shafqatsiz, jizzaki bo‘lib qolishlariga sabab bo‘lmokda. Shuningdek maktab o‘quvchilarini ta’lim uzluksizligini ta’minlash va qizlarni erta turmushga berishni oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishimiz lozim.
Shuningdek, universitetda tahsil olayotgan vaqtida restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, Internet tarmog‘idan foydalanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun jihozlangan xonalarda yoxud boshqa ko‘ngilochar (dam olish) joylarda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, talaba yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar tomonidan tarbiyalash va ularga ta’lim berish sharoitlarini nazorat qilish vazifalari, talaba yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa ta`lim muassasalarning faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirilishi hamda ta’lim muassasalaridagi mashg‘ulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yoxud muntazam ravishda qatnashmayotgan talaba yoshlarni nazorat qilish va ularga nisbatan huquqqiy choralar kurish yuzasida ma`lumotlar takidlab o‘tildi.







O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019-yil 12-martdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, internet jahon axborot tarmog‘ining “najot.info” va “hizb-uzbekiston.info” veb-saytlari hamda “Facebook”, “Youtube” va “Telegram” axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlardagi 40 dan ortiq nomlardagi profil, kanal va sahifalari ekstremistik va terroristik deb (“Abu Saloh darsliklari”, “Jannat oshiqlari”, “Shom ovozi”, “Tavhid va jihod”, “Islam Abu Khalil”, “Polvon Novqatlik”, “Soxib Maxmudov”, “Farruxbek Abdullaev”, “Mamaraximov Abduraxim Mirkomilovich”, “Muxojir Polvon”, “Abu Aisha”, “Turkiston”, “Xurriyat info”, “Najot”, “al-Va’y”, “Roya”, “Usulul fiqh”, “Mustalahul hadis”, “Darslardan qisqa lavhalar” va x.k. ) guruhlar topildi. Aytish joizki, hozirgi kunda butun dunyo muammosiga aylangan diniy ekstremizm jamiyat xavfsizligiga, barqarorlikka, olib borilayotgan islohotlarga, fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va boshqa konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga hech qachon bugungidek katta xavf tug‘dirmagan. Jamiyatda tinchlik va xavfsizlikka, boshqaruv tartibiga, jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning sabablari majmuasida diniy ekstremizm asosiy halqalardan biri bo‘lib qolmoqdaligini bildirib so‘zlarini yakunladilar.
Majlis kun tartibidagi masalalar yuzasidan qilingan ma’ruza hamda bildirilgan fikr va mulohazalar asosida qaror qiladi:

  1. “Talaba yoshlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish” mavzusiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

  2. Yangi O‘zbekiston universiteti talaba yoshlariga ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan mavzu yuzasidan talabalar o‘rtasida doimiy ravishda tushuntirish ishlari olib borilsin.

  3. Mavzu yuzasidan Yangi O‘zbekiston universiteti ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan doimiy ravishda targ‘ibot tashviqot ishlari amalga oshirilsin, bu borada soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etilsin.



Yig‘ilish kotibi: S.Jonuzoqov
Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling