Universitetining jizzax filiali amaliy matematika fakulteti «kompyuter ilmlari va dasturlashtirish»
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Struktura 2- mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prim algoritmi.
Minimal narxli daraxtlar skleti.
Graflarni oʻrganish bilan shugʻullanadigan diskret matematikaning boʻlimi ―Graflar nazariyasi deb ataladi. Graflar nazariyasida ushbu matematik obyektlarning asosiy tushunchalari, xususiyatlari, tasvirlash usullari va qoʻllanilish sohalari batafsil koʻrib chiqilgan. Bizni faqat dasturlashda muhim boʻlgan jihatlari qiziqtiradi. Graflar - bu chiziqlar bilan bogʻlangan nuqtalar toʻplami. Nuqtalar uchlar (tugunlar) chiziqlar esa qirralar (yoylar) deb nomlanadi.G=(V, Ye) – bogʻlangan graf boʻlsin, unda har bir (v, w) qirra qirralar narxi deb ataluvchi c(v, w) raqam bilan belgilangan. Grafning daraxtlar skleti deb, shu grafning barcha V tugunlarini oʻz ichiga olgan boʻsh daraxtga aytiladi. Daraxtlar skleti narxi shu daraxtga kiruvchi barcha qirralar yigʻindisi sifatida hisoblanadi. Biz minimal narxli daraxtlar skletini topish masalasini koʻramiz. 4 Misol. 1-rasmda graf va uning minimal narxli daraxtlar skleti keltirilgan. 1-rasm. Graf va uning daraxtlar skleti Minimal narxli daraxtlar skletiga tipik misol qilib, kommunikasion tarmoqlarni olish mumkin. Bu yerda graf tugunlari shaharlarni, qirra – esa shaharlar orasida boʻlishi mumkin boʻlgan kommunikasion chiziqlar, qirralar narxini kommunikasoin liniyalarning narxi sifatida qarash mumkin. Bu holda minimal narxli daraxtlar skleti barcha shaharlarni birlashtiruvchi minimal narxli kommunikasion tarmoqlarni ifodalaydi. - Tarmoqda ma’lumotni tarqatish uchun daraxtlar shakllantiriladi. - uylar oʻrtasida aloqa kabelini tortish masalasi (qirra narxi – uylar orasiga ketadigan kabel narxi). - Ethernet standarti uchun sikllarni oldini oladigan Spanning Tree Protocol. Prim algoritmi. Ushbu algoritm Robert Prim tomonidan 1957 yili ishlab chiqilgan. Ungacha 1930 yili chex matematigi Voytek Yarnik (Vojtěch Jarník) tomonidan, keiynroq 1959 yilda Edgar Deykstra (Edsger Dijkstra) tomonidan ishlab chikilgan. Minimal narxli daraxtlar skletini qurishning ikkita keng tarqalgan usuli mavjud. Ulardan biri Prim algoritmi. Bu algoritmda daraxtlar skleti «oʻsadigan» ("vыrastayet") U qirralar toʻplami quriladi. V={1, 2,..., n} boʻlsin. Avval U={1} 5 boʻladi. Algoritmning har bir qadamida minimal narxli qirra topiladi, undan keyin v qirra V\U toʻplamdan U toʻplamga oʻtkaziladi. Bu jarayon U toʻplam V toʻplamga teng boʻlguncha takrorlanadi. Misol . Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling