Universitetining jizzax filiali ijtimoiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi iqtisodiyot


Download 487.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana21.04.2023
Hajmi487.93 Kb.
#1371355
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Statistik ko’rsatkichlar 1-мустакил иш

Taqqoslash nisbiy miqdori turli ob’ekt va hududlarga mansub bo’lgan bir 
xil ko’rsatkichlarning nisbatini xarakterlaydi. Masalan, AQSH va O’zbekistonda 
yoki O’zbekiston va Rossiyada kishi boshiga iste’mol qilingan tuxum, go’sht yoki 
bitta oilaga to’g’ri keladigan avtomobil va boshqalar. Taqqoslash nisbiy miqdorlarni 
boshlashdan oldin, tekshiruvchi taqqoslanadigan miqdorlarni taqqoslama holga 
keltirib olishi kerak. Taqqoslama bo’lishi uchun, ikki mamlakatning ko’rsatkichlari 
mohiyati va mazmuni bo’yicha bir xil, ular yagona metodologiya bilan hisoblangan, 
bir xil o’lchov birliklarida keltirilgan bo’lishi kerak, aks holda, ularni taqqoslash 
noto’g’ri xulosalarga olib keladi.
 


13 
4.O’rtacha miqdor 
Mutlaq va nisbiy miqdorlarning yuqorida ko’rsatib o’tilgan bir qancha 
ustunliklari, ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, ularning kamchiligi shundan iboratki, 
ular o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarga umumlashtirib ta’rif bera olmaydilar. 
Bu 
vazifani 
statistikada 
o’rtacha 
miqdorlar 
bajaradi. 
O’rtachalar 
umumlashtirishning eng keng tarqalgan usullaridan biridir. O’rtacha miqdorlarning 
statistika fani va amaliyoti uchun o’ta muhimligi bir qancha olimlar tomonidan 
ta’kidlangan. Angliyalik yirik olim, siyosiy iqtisodning otasi U.Petti iqtisodiy 
muammolarni o’rganishda o’rtachalardan keng foydalangan. Bundan tashqari, u 
o’rtacha 
miqdorlarning 
barqarorligini 
o’rganilayotgan 
hodisalardagi 
qonuniyatlarning ifodasi deb hisoblaydi va keragicha boshlang’ich ma’lumotlar 
bo’lmagan taqdirda ham informatsiya yaratish mumkinligini ta’kidlaydi. 
O’rtachalarning mohiyatini to’g’ri tushunish, ularning alohida o’rni va 
vaznini aniqlaydi. O’rtacha miqdorlar deb, bir xildagi va bir turdagi hodisalarni 
o’zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib xarakterlovchi, ta’riflovchi 
miqdorlarga aytiladi. Ular ijtimoiy-iqtisodiy bilishning asosiy qurollaridan biridir. 
Statistik o’rtachalar ko’rish va ko’p yillik tajriba asosida emas, balki ommaviy 
ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Masalan, o’rtacha ish haqini aniqlash uchun barcha 
xodimlarning ish haqlari qo’shilib, ularning soniga bo’linadi. Biroq, statistik 
o’rtachalar bir xil turdagi to’plam birliklari asosida hisoblansagina ob’ektiv va tipik 
bo’ladi. O’rtacha miqdorlar yordamida, kuzatish birliklaridagi u yoki bu sabablar 
orqali bo’lgan farqlarni tekislash jarayoni amalga oshiriladi. 
O’rtacha miqdor – mavhum miqdor, chunki u yo’q birlikning mohiyatini 
xarakterlaydi. Bu degani to’plam birliklarining birortasi ham o’rtacha bilan teng 
bo’lmasligi mumkin. O’rtachalar mavhum miqdor ekan deb, ularni ilmiy 
tekshirmaslik va o’rganmaslikka hech qanday asos yo’q. Chunki, mavhumlik har 
qanday ilmiy tekshirishning zaruriy pog’onasidir. O’rtacha miqdorlarda ham, har 
qanday mavhumiylikka o’xshab, alohida va umumiy dialektik birligi amalga 


14 
oshiriladi. O’rtachalarni qo’llash umumiy va individual, ommaviy va alohida 
kategoriyalarning dialektik tushunishdan kelib chiqishi kerak. 


15 
Xulosa 
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida asosiy sektorining holati, 
o'zgarishi va samaradorligi, shuningdek, tegishli ma'lumotlarni olish, qayta ishlash, 
saqlash va tahlil qilishga qaratilgan ilmiy va amaliy faoliyat to'g'risidagi ma'lumotlar 
tizimi juda dolzarb masalaga aylanib bormoqda. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy hodisa va jarayonlarni vaqt bo’yicha 
o’zgarishini o’rganish juda muhim. Chunki, hodisalarni o’z vaqtida o’rganmaslik, 
kerak bo’lganda firmaning faoliyati haqida muhim va taqdiriy qarorlarni vaqtida 
qabul qilmaslik uni og’ir raqobat sharoitida nochorlikka olib kelishi mumkin.Firma 
va kompaniyalar faoliyati dinamikasini o’rganishdan asosiy maqsad vaqt bo’yicha 
rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash va o’lchashdir. Statistik ko’rsatkichlarningning 
vazifasi o’zgarish sur’atlarini yillar bo’yicha hisoblash emas, balki uzoq davrlar 
uchun ham hodisaning rivojlanish intensivligini baholashdir.


16 
Foydalanilgan adabiyotlar 
• Entsiklopediya statisticheskix publikatsiy (Simchera V.M idr). M.: “Finansi 
i statistika”, 2001.
• Makroiqtisodiy statistika. O’quv qo’llanma. T.: TDIU, 2000. 
• Shodiev X., Xamraev M. Moliya statistikasi. T.: «Abu Ali ibn Sino», 2002. 
• 
http://el.tfi.uz/images/Statistika_e3c74.pdf
• http://www.samdu.uz/public/images/Statistika.pdf

Download 487.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling