Hujjatga mundarijani qo‘shing
Siz tomoningizdan formatlab chiqilgan sarlavhalar asosida dastur mundarijasini qo‘shishi uchun, kursorni matnning boshiga o‘tkazing va uskunalar panelida «Ссылки» → «Оглавление» → «Автособираемое оглавление 1»larni bosing. mundarijaning alohida sahifada joylashishini istasangiz, undan oldin va keyin uzilish (разрыв) qo‘shing. Buning uchun mundarijaning oldidan kursorni joylashtiring va «Вставка» → «Разрыв страницы»larni bosing. So‘ngra kursorni mundarijaning oxiriga o‘tkazib, xuddi shu harakatni qaytaring
Xohishingizga ko‘ra mundarijaning ko‘rinishini sozlang
Agar standart mundarijaning tashqi ko‘rinishi sizni qoniqtirmasa yoki barcha sarlavhalarni o‘zida aks ettirmasa, siz uni o‘chirib tashlashingiz va yangi mundarijani o‘z xohishingizga ko‘ra sozlab olishingiz mumkin. Ushbu holatda siz ««Ссылки» → «Оглавление» → «Настраиваемое оглавление»larga bosasiz. Sozlamalar oynasi ochilgan paytda, mundarijada o‘zingizga kerakli bo‘lgan parametrlarni ko‘rsatib o‘ting. Bu yerda to‘ldiruvchini (bandlardagi nuqtalarni) olib tashlash, sahifa raqamlarini berkitish yoki joylashuvini o‘zgartirish, ko‘rinib turishi lozim bo‘lgan darajalar miqdorini tanlash va ularning iyerarxiyasini tahrirlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |