University of business and science”


Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar


Download 153.25 Kb.
bet9/13
Sana20.07.2023
Hajmi153.25 Kb.
#1661268
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
MUSTAQIL ish stastika

Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar. Milliy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasida ma’lum proporsiyalar yoki tenglik ta’minlanishi lozim. Proporsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bo‘laklarining nisbatini, yoki shu bo‘laklar o‘rtasidagi nisbatni bildiradi. Bunga mavzuimizning YaMTD ning yakuniy iste’mol va milliy jamg‘arishga bo‘linishini misol qilib keltirish mumkin.
Odatda YaMTD hajmida yakuniy iste’mol hajmi yuqori bo‘ladi. Ammo mavzuning 4-savolida Xitoy Xalq Respublikasi misolida ko‘rdikki milliy jamg‘armalarning ulushi ham yuqori bo‘lishi mumkin ekan. Demak yakuniy iste’mol va milliy jamg‘armalarning YaMTD dagi ulushi 3:1 proporsiyada ham, 2:1 proporsiyada ham bo‘lishi mumkin ekan.
Shu bilan birga iqtisodiyotda muvozanat bo‘lishi uchun ayrim ko‘rsatkichlarning aynan teng bo‘lishi talab etiladi. Turli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, yoki ko‘rsatkichlar guruhlari o‘rtasidagi mavjud bo‘ladigan, yoki mavjud bo‘lishi iqtisodiy qonuniyat hisoblagan o‘zaro tenglikka makroiqtisodiy ayniyat deyiladi.
Xarajatlar va daromadlar ko‘rinishida hisoblangan YaIM ko‘rsatkichlarining o‘zaro tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi.
Y= C+ I + G + Xn
Ikkinchi bir makroiqtisodiy ayniyat investitsiyalar va jamg‘armalar o‘rtasidagi tenglik hisoblanadi.
Investitsiyalar miqdori mamlakatdagi jamg‘armalar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Bu ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi tenglikka erishish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim shartidir. Agarda, milliy iqtisodiyot tashqi dunyo bilan hech qanday aloqaga ega emas (Xn = 0) va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nolga teng (G=0), deb faraz qilinsa, unda YaIM orqali ifodalangan ishlab chiqarish hajmi ShTD ga teng bo‘ladi. Ya’ni:
YaIM = ShTD = C + S, ayni paytda: YaIM = C + I
Bu yerda makroiqtisodiy ayniyat quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
C + I = C + S yoki I = S
Ushbu ayniyatdan ko‘rinib turibdiki, uy xo‘jaliklarining jamg‘arishga bo‘lgan istaklari tadbirkorlikning qancha miqdorda investitsiyalash xohishlariga mos tushsa, unda daromadlar hajmi (C+S) va yalpi xarajatlar (C+I) hajmiga tengligiga yoki ishlab chiqarishning muvozanat darajasiga erishish mumkin.
Aytaylik, mamlakat iqtisodiyoti ochiq, ya’ni eksport-import aloqalari yo‘lga qo‘yilgan, soliq solish va transfert to‘lovlari ko‘rinishida davlat aralashuvi mavjud bo‘lsin. Bunday holatda jamg‘arish tushunchasi murakkablashib, quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

Download 153.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling