University of economics and pedagogy


Download 1.79 Mb.
bet98/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

5 balli

100%
Shkala




5 balli

100%
shkala




5 balli

100%
Shkala

«5, a’lo» A




4,30 — 4,26

86




3,60 — 3,56

72

5,00 — 4,96

100

4,95 — 4,91

99

4,25 — 4,21

85

3,55 — 3,51

71

4,90 — 4,86

98

4,20 — 4,16

84

3,50 — 3,46

70

4,85 — 4,81

97




4,15 — 4,11

83




«3, qoniqarli» D







3,45 — 3,41

69

4,80 — 4,76

96

4,10 — 4,06

82

3,40 — 3,36

68

4,75 — 4,71

95

4,05 — 4,01

81

3,35 — 3,31

67

4,70 — 4,66

94




4,00 — 3,96

80




«3, qoniqarli» E







3,30 — 3,26

66

«4, yaxshi» S

4,65 — 4,61

93

3,95 — 3,91

79

3,25 — 3,21

65

4,60 — 4,56

92

3,90 — 3,86

78

3,20 — 3,16

64

4,55 — 4,51

91

3,85 — 3,81

77

3,15 — 3,11

63

«4, yaxshi» V

4,50 — 4,46

90

3,80 — 3,76

76

3,10 — 3,06

62

4,45 — 4,41

89

3,75 — 3,71

75

3,05 — 3,01

61

4,40 — 4,36

88

3,70 — 3,66

74

3,00

60







«2, qoniqarsiz»
FX, F

4,35 — 4,31

87




3,65 — 3,61

73




3,0 dan kam

60 dan kam

Talabalar bilimini baholash tizimi (Yevropa kredit transfer tizimi, ECTS - European Credit Transfer System). A (90-100); B (80-89,9); С (70-79,9); D (67-69,9); E (60-66,9); FX (50-59,9); F (0-49,9)


IX.Akademik va etik talablar

  1. Nazorat topshiriqlarini bajarishda ko‘chirmakashlikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaydi.

  1. Test, o‘quv loyihalari, mustaqil ishlar, oraliq, joriy, yakuniy nazorat topshiriqlarini boshqa shaxslardan ko‘chirib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, boshqa talabaning o‘rniga imtihon topshirish ta’qiqlanadi.

  1. Kurs bo‘yicha har qanday nazorat topshirig‘ini soxtalashtirgan talaba “fanni o‘zlashtirmagan” (“F”) hisoblanadi.

  2. Mashg‘ulotlar paytida mobil aloqa va boshqa elektron qurilmalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

  3. Mashg‘ulotlar paytida auditoriyada (virtual auditoriyada) belgilangan talablarga zid harakatlar qilish mumkin emas.

  4. Boshqalar va turli fikrlarga tolerant munosabatda bo‘lish talab etiladi.

X. O‘QUV ADABIYOTLARI, DARSLIK VA O‘QUV QO‘LLANMALAR
Asosiy adabiyotlar
1.M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, Sh.Yoldosheva. Ona tili. Toshkent. “Iqtisod-Moliya”, 2007.
2.R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev Ona tilidan mashqlar to‘plami (o‘quv qo‘llanma) TDPU, Toshkent, 2009-yil
3. M.Yo'ldoshev. O‘zbek tili praktikumi (1-qism). Toshkent: TDPU. 2005.
4. Qosimova K., Matchonov S., G'ulomova X., Yo'ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o'qitish metodikasi. –T.: Bayoz, 2022. – 304 b.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1.Mirziyoyev Shavkat Miromonovich. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvarь / Sh.M. Mirziyoyev. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 104 b.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
1.O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida. (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda)
Axborot manbaalari
1. http://www.edu.uz–O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sayti.
2. http:www.uzedu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi sayti.
3. www. Ziyonet. Uz.

Tarqatma materiallar
Ona tili
1-variant
1. Kiyimlari bezaksiz, odmi ipakdan, kichkina sallasiga ham gavhar yoki boshqa toshlar qadalmagan, ammo burgutnikiga o'xshah ko'z qarashlari va mag'rur o'ltirishi Bayramxonda hayiqishga o'xshash bir tuyg'u uyg'otdi. 2. Navbatchi …ularni yo'lakning narigi boshidagi katta xonaga joylashtirib, choy damlash uchun objo'shni qayerdan olishni ham ko'rsatib qo'ydi. 3.Sherxon maktubni o'qib bo'lguncha elchilar uning ishorasi bilan pastdagi kimxob ko'rpachalarga cho'kka tushib o'ltirdilar. 4. Ba‘zilari meni ahmoqqa chiqarib qo‘ygan, ba‘zilari tang ahvolimdan achinganday bo‘ladi. 5. Sherxon uni shahnishindan tushib qarshi oldi, o'ziga yaqin o'tqazib, past tovush bilan so'radi 6. Ammo issiq hamon hukm surar, novda-nihollar arang tebranardi. (J.Abd.) 7. Yonoqlari turtib chiqqan, oq oralagan soch-soqoli o'siq, ko'zlarida nur yo'q. 8. Bayramxon unga ta'zim qilib, Humoyunning muhri bosilgan maktubni topshirdi. 9. Elchilar ketgach, Sherxon kecha Agradan kelgan Alvaro Pakavirani o'z huzuriga chaqirtirdi. 10. Markazda ikki to monning harbiy fillari bir-birlarini tepib, tishlarini tishlariga qarsillatil urar, fil ustidagi kajavalarda oitirgan merganlar yov filining ko'zini yok filbonning ko'kragini mo'ljalga olib yoydan o'q otishardi.
2- variant
11. Selday yopirilib kelayotgan Sherxon otliqlari yalangoyoq, yalang bosh qochib ketayotganlarni quvib yetib, qilich bilan chopib tashlamoqda 12. Bu hovli kimniki - hech kim bilmaydi. 13. Lekin qochqin olomon benihoya ko'payib ketdi, qarshilik qilgan kemachilarni surib, itqitib o'tdi. 14. Humoyunning harbiy fillari Sherxonnikidan oz, zambaraklarning chaqmoq bilan yondiriladigan piltalar rutubatli zax havoda nam tortib qolgani uchun Xonqulining sarosima ha rakatlari natija bermadi. 15. U gapirolmay qoldi, ko'z tagidagi ko'k xaltachalari titrab, yig'lab yubordi. 16. Zambaraklar o'q otgunlaricha bo'lmay, dushmai fillari to'pxonalar ustiga bostirib keldi. 17. Qaytib kirmoqchi edi, u odamning o'zi chiqib, lim-lim to'la piyolasiga tikilgancha yonidan o'tib ketdi. 18. Vahima ichida tartib-intizomni unutgan, jonidan boshqa narsa ko'ziga ko'rinmay qolgan odamlar birdan-bir najot mana shu kema va qayiqlar ekanini allaqachon sezishgan edi. 19. Elektr qo’ng’iroqning tugmasi tushib ketgan, simlari ko’rinib turibdi. (P.Q.)20. Tishiga oltin qilich ilinib qolgan, sag'risidan va xartumi ustidan qon oqayotgan ulkan fil endi peshonasini qoraytirib teshib kirgan o'qdan gandiraklab orqaga tisarildi-da, gursillab yiqildi.
3- variant
21. Humoyun himoyachi navkarlar qurshovida ot choptirib borar ekan, yana yol ustiga engashib, chap qo'lini o'ng yelkasiga cho'zdi-yu, qadalib turgan yoy o'qini bir harakat bilan sug'urib tashladi. 22. Akbar bilan o’chakishib bo’lmasdi hozir, Rasuljon buni tushundi.(J.Abd.) 23. Suv avval otning sonigacha keldi, keyin qor-niga chiqdi. 24. Kiyikchalar juda nimjon, har qadam tashlaganda, qalamdek oyoqlari titrayotganga o’xshardi.(S.Ahm.) 25. Akbarali otasiga uncha o'xshamas, novcha, ingichka, kamgaproq edi. 26. O'ng qo'li butunlay ishdan chiqqan, sal qimirlatsa yelkada-gi yara og'rig'iga chidab bo'lmaydi. 27. Odamlar Akbaralini tanib salom berishar, bular ikkalasi barobar alik olib, shoshmasdan gaplashib, atroflarni tomosha qilib borishar edi. 28. Lekin Humoyun ularning ogohlantirishiga quloq solmadi, yana xushomadgo'y beklarning gapiga kirdi, chodirda may ichib yotib fursatni boy berdi. 29. Bu daryoning tagida chuqur o'pqonlar ko'p, suv girdobi ularga quyilib tushayotganda odamni ham pastga tortib ketar edi. 30. Yomg'ir faslida tog' ichidagi simob konlaridan Karamnasa daryosiga ko'ngilni aynitadigan, hatto odamni es-hushidan ketkazadigan badbo'y, zaharli narsalar oqib kelardi.
4- variant
31. Nizom uning chindan g'arq bo'layotganiga endi ishondi va beixtiyor meshni unga yaqin olib bordi. 32. Akbarali buning nimaligini tushunmaydi, uning uchun bu oddiy bir ish kuni.33. Humoyun hozir avvalgi mag'rur hukm-dor emas, balki Sherxonning sulh haqidagi gapiga ishonib aldangan, yarador bir jangchi. 34. Humoyun ko'p uringan sari yelkasidagi yaradan qon ketib, uni dar-monsizlantirib qo'ydi. 35. Darmonga kirib olay, sal o'zimga kelay, deb lagerma-lager yurib, hamma tanishlarini yo'qotdi.36. Nizom Hamidaga oid dardi-yu qalbida bir lahza bosh ko'targan raqiblik tuyg'usi tufayli uni qutqarmay tashlab ketadigan bo'lsa, keyin odamlarning yuziga qanday qaraydi? 37. Komilov bilan Sunnatillaevning bir jihati o’xshash – ikkoviga ham aza ochilmagan. (T.malik) 38. Qutqarish mumkin bo'lgan odamni ko'ra-bila turib cho'ktirib yuborish - yo'q, Nizom bun-day qilolmaydi! 39. Tong g'ira-shirasida boshlangan dahshat bir necha soat ichida Humoyun qo'shinini tor-mor qildi, ne-ne yigitlar suvga g'arq bo'lganini uning o'zi ko'rdi. 40. Tepadan chakka tomib badanlarni junjiktiradi, ruda ortilgan vagonetka eshelonlari o'tganda, quloqlariga barmoqlarini tiqib, devorga yopishgancha to'xtab turishadi.
5- variant
41. Humoyun yana bir talpinib suv yuziga chiqqanda Nizom uni yelkasidan tutib oldi-da, mesh ustiga ikki qo'llab tortib chiqardi.42. Piyoda yuradigan taxta yo'lak zax devor bo'ylab borar, temiryo'l izlari uchrashgan chorrahalardagina tonnel biroz kengayib, yorug' maydonlarga olib chiqar edi. 43. Qattiq olishuvdan keyin Jo'xadze besh yigiti bilan pistirmani yorib chiqishga erishadi, qolgan yigitlari qur-bon bo'ladi.44. Bunday vaqtlarda yo'g'on cho'ziladi, ingichka uziladi. Kampir bemorning to'zigan sochlarini tuzatdi, u yoq-bu yog'ini siladi, so'ngra... o'tirib yig'ladi. 45. Ish mana bundoq bo’libdi: bir bo’lagini ikkinchisidan ajratolmaysan.(L.Jarikov) 46. Bu doktorxona to'g'risida Sotiboldining bilgani shu: salqin, tinch parkda, daraxtlar ichiga ko'milgan baland va chiroyli imorat; shisha qabzali kulrang eshigida qo'ng'iroq tugmasi bor. 47. SHu tun qor tugul tosh yog’sa ham, sovuq ming darajaga chiqib ketsa ham, bu hol o’zgarmas edi.(T.Malik) 48. Sotiboldi xo'jayinining oldiga arzga bordi, ammo bu borishdan muddaosi nima ekanini aniq bilmas edi. 49. Biroq shtreklardan nimadir guvillab uni quvlab kelayotgandek edi, haligi tovushning tog' qa'ridagi aksi sadosi eshitildi qulog'iga. 50. To'rt yashar qizchasi qo'liga ro'molcha olib, onasining yuzini karaxt, xira pashshalardan qo'riydi; ba'zan qo'lida ro'molcha, mukka tushib uxlab qoladi.
6- variant
51. Qo'shiqqa yangi qo'shiq ulanar, vino ichilar va ichilgan sayin yana ko'proq ichilgisi kelar, yurak ham shunga monand alanga olib yonar, yongan sayin yana mayga tashna bo'lar, yana qo'shiq toshardi. 52. Saharga qadar ur-yiqit davom etdi, ko’chalar qonga bo’yaldi.(M.O.) 53. Kimni titrab-qaltirab kutgan eding, kim seni tashlab ketdi, qanchalar o'rtanding, kuyding. 54. Kimdir qo'rqmadi, u qo'rqdi. 55. Oxirgi qo'shiqni aytamiz deyishdi, keyin yana va undan keyin yana xayrlashuv oldidan aytaylik deyishdi 56.. Qog'ozni olgan Nodir mirshab u yoq-bu yog'ini ag'darib ko'rdi, so'ng Sodir mirshabga uzatdi. 57. Buni u aniq hisobga olgan edi - chetdan u olov atrofida qur tashla-gan, ko'zlari o'tdan yoshlanib qo'shiq aytayotgan oltovlonning har birini aniq-taniq ko'rib turar, uni esa hech kim ko'rmasdi... 58. Otlar qo'rqib orqaga tisarildilar va so'ng jilovlangan yerlarida qotib qol­dilar...59. Taxta yo'lak tagida shildirab suv oqar, chirog'ini silkib oldinda ketayotgan Bektemir aka o'ychan jilmayar edi: u chindan ham konchiga o'xshaydimi? 60. Daryo vag'illardi, o'rmon va tog'lar bari o'z joyida edi.
7- variant
61. Keyin sal o'ziga keldi, gulxan atrofida yotgan o'liklarni xotirjam aylanib chiqdi. 62. Oyoq ostida xazon shitirlab jimlikni buzdi, qo'nalg'ada qushlar cho'chib pitirlashdi. 63. Lekin mana, taqalarning ovozlari ham eshitilmay qoldi, pastda oyning tutab yotgan beqaror shu'-lalari qo'ynida qator tizilib borayotgan otlarning sharpalari ham ko'zdan g'oyib bo'ldi... 64. Akbarali teraklarni, qabr do'ngliklarini oralab panjaralarga, sag'ana toshlarga urilib, so'qmoq yo'lni izlar, allaqanday vahimadan qora ter bosib ketgan edi.65. Darvozaning ustida quruq pichan saqlanadigan boloxona bo'lar, biz, bolalar oqshom paytlari berkin-machoq o'ynaganda boloxonaga chiqib pichan tagida «jon saqlardik». 66. Nimagadir ilinib yengi yhtildi, qovjirab o't bosgan do'ngliklar, xarsangtoshlar qorong'ida vahimali soyaday kishi yuragiga g'uluv solardi. 67. U hars-hars nafas olar, o'pkasiga havo yetmasdi. 68. So'ng o'lganlarning qurollarini oldi, ularni egarlarning boshlariga osib qo'ydi. 69. . Bu yerdan qanday qilib qochganini u bilmaydi, bir mahal borib darvoza panjarasiga urilganida sal o'ziga keldi. 70. U meshni shart ko'tardi-da, tagida qolgan vinoni to'kib-sochib yutoqib icha boshladi, u ichida yonayotgan olovni bosmoqchi bo'lardi...
8-variant
71. Oilamiz boshiga musibat tushgan o'sha mash'um kundan bir necha oy muqaddam dadam uyimizdagi deyarli barcha kitoblami uch-to 'rt qopga solib, beda tagiga yashirgan-u, boloxona eshigiga otning kailasidek qulf osib qo'ygandilar. 72. Endilikda boloxonaga hech kim kirolmas, faqat men goho-goho tuynukdan tushib, qoplardagi kitoblami, ayniqsa sersurat, qalin kitoblami tuynuk shu'lasiga solib, tomosha qilib o'tirishni yoqtirardim. 73. Ko’cha qorong’i, mayda qor yog’ardi.(A.Q.) 74.O'sha qora kun ham, nimadandir ko'nglim notinch, kitob titish esim-ga tushib tomga chiqdim. 75. Akbarali nihoyat so'qmoqni topdi, uzoqdan panjarali darvoza ko'rindi. 76. Rahmatlik dadamlar, uyqusizlikdanmi, boshqami - ko'zlari qizargan, allaqanday horg'in ko'rindilar menga.77. Endi u hujum qilish navbatini Sherxonga bergandek bo'lib, bir hafta kutdi, bir oy, bir yarim oy kutdi.78. Aksincha, hanuz esimdan chiqmaydi: dadamlar ur kaltak, sur kaltak tagidan chiqolmay, ishdan haydala-haydala oxir pirovardida qishloqqa qaytib, uyda ko'kragini zaxga berib yotgan paytlar. 79. Odam juda katta edi, u daraxtlar
soyasida, qorong'ida pisib turgandek ko'rindi. 80. Ko'chaning narigi yuzida shahar bog'i bo'lar, bog' oldidagi may-donchada har xil suv, meva sharbatlari, muzqaymoq sotiladigan mitti-mit-ti do'konchalar bo'lardi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling