University of economics and pedagogy


-mashq. Matnni o‘qing. Ona tilimizga xos sifatlarni belgilang


Download 1.79 Mb.
bet32/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

3-mashq. Matnni o‘qing. Ona tilimizga xos sifatlarni belgilang.
Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz. Harzago‘ykim ko‘p takallum surgay, itdekdurkim, kecha tong otquncha hurgay. Yamon tillik andoqkim, el ko‘ngliga jarohat yetkurur, o‘z boshig‘a ham ofat yetkurur. Nodonning muvahhish harzag‘a bo‘g‘zin qirmog‘i — eshakning jihatsiz qichqirmog‘i. Xushgo‘ykim so‘zni rifq va muvoso bila aytg‘ay, ko‘ngulga yuz g‘am keladurg‘on bo‘lsa, aning so‘zidin qaytg‘ay. So‘zdadur har yaxshiliqni imkoni bor, mundin debdurlarki, nafasning joni bor. Masihokim, nafas bila o‘lukka jon berdi, go‘yo bu jihatdin erdi...


4-mashq. Matnni o‘qing. Ona tilimizga xos sifatlarni belgilang.

Daryoga tosh otmayla, Darvozani keng oching,


Botar, ketar, yor-yor. Kelin keldi, yor-yor.
Uzoqqa qiz bermayla, Kelin minan qo‘shilib,
Olar ketar, yor-yor. Davlat keldi, yor-yor.

Yig‘lama qiz, yig‘lama, Samovarda choylari


To‘y seniki, yor-yor. Qaynamaydi, yor-yor.
Ostonasi tillodan O‘gaymikin onasi,
Uy seniki, yor-yor. O‘ynamaydi, yor-yor.

Siynim bergan uzugi, Chaqirip bering yigitti


Mayishadi, yor-yor. Yangasini, yor-yor.
Siynim uchun qavurg‘am Qalin gilam tashalsin
Qayishadi, yor-yor. Ko‘chasiga, yor-yor.
(Farg‘ona xalq qo‘shiqlaridan)
Savol va topshiriqlar
1. O‘zbek degan so‘z ilk bor qaysi yozma manbada uchraydi?
2. O‘zbek urug‘lari qaysi tilda gaplashishgan?
3. O‘zbeklar haqida yozilgan qaysi asarlarni bilasiz?
4. O‘zbek so‘zining ma’nolarini ayting.
5. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llanilmaydigan so‘zlar va qo‘shim­chalarni aniqlang.
6. Matn o‘zbek tilining qaysi davriga oid? Uning muallifi kim va qaysi asardan olingan?
7. Matnda qo‘llangan so‘z va qo‘shimchalarning hozirgi holatlarini toping.


Topshiriqlar

1. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidan farqli qo‘llangan so‘z va qo‘shimchalarni aniqlang.


2. O‘zbek adabiy tili bilan xalq shevalari o‘rtasidagi munosabatni tushuntiring.
3. Matndagi o‘zbek adabiy tilidan farqli qo‘llangan so‘z va qo‘shimchalarning siz yashaydigan hududda qanday aytilishini bayon qiling.





1-mashq.Matnni o‘qing. Professor Ayub G‘ulomovning o‘zbek tilshunosligi oldidagi buyuk xizmatlarini sanab ko‘rsating. Matndagi nutq tovushlariga e’tibor bering. Ularning o‘ziga xos tomonlari haqida gapiring.
G‘ULOMOV AYUB G‘ULOMOVICH
(1914–1984)
A.G‘G‘ulomov o‘zbek ilmiy tilshunosligining asoschisidir, U 1914-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan.
A.G‘. G‘ulomov «O‘zbek tilida aniqlovchilar» (1940), «O‘zbek tilida kelishiklar» (1940), «O‘zbek tilida ko‘plik kategoriyasi» (1944), «O‘zbek tilida urg‘u» (1947), «Sodda gap sintaksisi» (1948), «Sodda gap» (1955), «O‘zbek tilida tarixiy so‘z yasalish muammolari» (1955), «Fe’l» (1957) kabi qator asarlari bilan o‘zbek ilmiy tilshunosligining shakllanishi va rivojlanishi uchun xizmat qildi.
O‘rta maktablarning V, VI, IX sinflari uchun uning rahbarligida yozil­gan «Ona tili» darsligi yigirma yilga yaqin yosh avlodga til ta’limini singdi­rishga xizmat qildi.
Respublikamizning barcha ona tili va adabiyot muallimlari A. G‘ulomov tomonidan oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek filologiyasi fakultetlari uchun yozilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis» kitobidan o‘zbek tili sintaksisining sir-asrorlarini o‘rganganlar.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling