3-mashq. Quyidagi so‘zlarning qaysi bo‘g‘iniga urg‘u tushayotganligiga diqqat qiling, ularning talaffuzidagi o‘ziga xosliklarga e’tibor bering.
Ziyoli, mustamlakachilik, mansabparast, korxona, brokerlik, anjuman, telefaks, iqtisodiy, anhor, moviylik, o‘zbilarmonchilik, vatanparvar, yaltiroq, huzurbaxsh, nashriyot, mag‘lubiyat, qardoshlarcha.
4-mashq. «Halollik nima?» mavzusida matn tuzing va matndan ayrim so‘zlarni tanlab, ularga tushayotgan urg‘uni belgilang.
5-mashq. Quyida berilgan matnni o‘qing, so‘zlardagi urg‘u tushayotgan bo‘g‘inlarni aniqlab, matnni ko‘chirib yozing (uyga topshiriq).
KROSSVORD IXTIROCHISI HAQIDA
Kunlardan bir kuni Janubiy Afrikadagi Keptaun shahar ro‘znomasining muharriri mahalliy qamoqxonadan maktub oldi. Unda g‘alati to‘rtburchaklar — kvadratlar tasvirlangan bo‘lib, har bir katak ichiga bittadan harf joylashtirilgan edi.
— Janob, — deb yozgandi xat muallifi, — men qamoqda o‘tirib bir o‘yin topdim. Uni krossvord deb atadim. Agar lozim topsangiz, buni ro‘znomangizda e’lon qilsangiz ...
Muharrir avvaliga maktubga e’tibor bermadi, kechqurun do‘stlari bilan yig‘ilgan paytida shunchaki ermak uchun xatni ularga olib ko‘rsatgan edi, yangilikka o‘ch odamlar mazkur o‘yinning mohiyatini tushunib yetib, qamoqxonadagi mahbusning aql-zakovatiga qoyil qolishdi.
Muharrirga esa qamoqxonaga borib, krossvord ixtirochisi bilan tanishishga to‘g‘ri keldi. Ma’lum bo‘lishicha, u avtomobil halokatiga uchrab qamalgan Viktor Orveli ismli kishi ekan. Krossvord ro‘znomada bosilib chiqqach, unga hamma qiziqib qoldi. O‘yin butun dunyo bo‘ylab tarqalib ketdi.
Krossvord boshqotirmaning bir turi bo‘lib, u ingliz tilida kross — «krest» va word — «so‘z» degan ma’nolarni bildiradi.
(«Bu kim? U nima? Bolalar ensiklopediyasi»dan)
Savol va topshiriqlar
1. Segment birliklar deganda nimani tushunasiz?
2. Ustsegment birliklar nima?
3. Ohang nimalarni o‘z ichiga oladi?
4. Bir jumla tuzib, unga ohang jihatidan tavsif bering.
5. Urg’u deb nimaga aytiladi?
8. Urg‘uning qanday turlari bor?
9. So‘z urg‘usi haqida gapirib bering.
10. Ma’no urg‘usi deganda nimani tushunasiz?
BBhB jadvali
Bilaman
|
Bilishni xohlayman
|
Bilib oldim
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |