5-mashq. Alifboli topishmoqlarning javobini topib, so‘zlardagi unli tovushlarga tavsif bering.
Anorda bor, Gugurtda bor Zuluk, Zulfun,
Qanorda bor, Urgutda bor, O‘rozda bor,
Fonusda yo‘q, Lochinda yo‘q, Tovuqda yo‘q,
Fonarda bor. Burgutda bor. Xo‘rozda bor.
Bodomda bor, Sanoqda bor,
Toshda yo‘q. Chanoqda yo‘q.
Boshda bor-u, Sochda bor-u,
Qoshda yo‘q. Taroqda yo‘q.
(T. Adashboyev)
6-mashq. Quyida berilgan matnni o‘qing. Tovushlari va harflari bir-biriga mutanosib kelmagan so‘zlarni topib, izohlang.
ONA MEHRI
Ona! Bu so‘z hayot kabi abadiy. Ona borki, olam bor; ona borki, odam bor. Ona borki, Vatan bor. Zero, ona kabi muqaddas va tabarruk, aziz va mo‘tabar, beg‘araz va beminnat inson bu yorug‘ dunyoda topilmaydi. Atoqli yozuvchilarimizdan biri aytganidek: «Quyoshsiz gullar ochilmaydi, sevgisiz baxt, ayolsiz muhabbat yo‘q, onasiz qahramon ham, shoir ham tug‘ilmaydi. Mehri cheksiz, butun dunyoni ko‘kragi bilan boqqan ayol — Onani sharaflaylik...»
Dunyoda ona mehridan ortiqroq hech narsa yo‘q!
7-mashq. She’rni o‘qing. Unli tovushlarni aniqlab, ularga tavsif bering. She’rdagi g‘oyaga munosabat bildiring.
VATANDA BEVATAN Bo‘LDIM
Agarchi ismim, Erkin,
Erki yo‘q, bandi kishan bo‘ldim,
Ko‘zim bog‘liq, dilim dog‘liq,
Tilim yo‘q, besuxan bo‘ldim.
Ko‘rib hayratga tushdi
Bu jahon holi parishonim,
Bamisli ankabut so‘rgan —
Chibin, pajmurda tan bo‘ldim.
Muazzam Sayxun-u Jayxun
Labida tashna lab qoldim,
Kiyintirdim jahonni,
Jismi uryon, bekafan bo‘ldim.
Chekibdir Bobir-u Furqat
Vatan hajrida afg‘onlar,
Men ersam, voh, ne g‘urbatkim,
Vatanda bevatan bo‘ldim.
Olisda, oh diyorim deb
Sog‘ingay, ey vatandoshim,
Dema sen o‘zni bebaxt,
Baxti yo‘q aslida man bo‘ldim.
Shukurki, keldi Istiqlol,
Umidim rost qil, Ollohim,
Ki shoyad beqafas bulbul
Kabi sohib chaman bo‘ldim.
Ishonchim bor, Vatan, bir kun
Kelar chin nurli davroning,
Degayman shunda, chin Erkin,
Chin inson qaytadan bo‘ldim.
(Erkin Vohidov)
Do'stlaringiz bilan baham: |