University of economics and pedagogy
Download 1.79 Mb.
|
2 5352771411192590174
Mavzu yuzasidan mashqlar
1-mashq. Avesto, sug‘d, urxun-enasoy, uyg‘ur yozuvlari bitilgan qanday madaniy obidalarni bilasiz? Shular haqida so‘zlab bering. 2-mashq. «Turon — sherlar o‘lkasi» mavzusida kichik matn tuzing. Xalqimiz lotin yozuvidan yana qachon foydalanganligini so‘zlab bering. 3-mashq. Matnni ko‘chirib yozing. Kirill yozuvidagi o‘zbek alifbosining o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapiring. Кўзи ожиз бир одам тим қоронғи тунда қўлида чироқ ва елкасида кўза билан кўчада борарди. Ҳар нарсага бурнини суқиб юрувчи бир одам унинг қаршисидан чиқиб қолибди ва аҳволни кўриб сўқирга дебди: — Эй, нодон! Тун билан кундузни ажратолмайсан-у, яна қўлингда чироқ тутиб олганингга ўлайми!? Чироқнинг сенга нима фойдаси бор? Кўзи ожиз қаҳ-қаҳ уриб кулиб юборибди ва жавоб қилибди: — Чироқни ўзим учун кўтариб юрганим йўқ. Сенга ўхшаш дили кўр ва аҳлиқосирлар менга туртиниб кетиб, кўзамни синдириб қўймасин деб, уни ушлаб юрибман. 4-mashq.Matnni lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosida ko‘chirib yozing. Undoshlarning ifodalanishiga diqqat qiling. Шарқдаги бир ривоятда айтилишича, бир бегуноҳ одамни тутиб олиб, сазойи қиладиган бўлишибди. Уни дарахтга боғлабдилар, назоратчилар қараб туришибди. Бирв келиб юзига тупурибди, биров кесак отибди, биров тошотибди. Оломон ичида унинг энгяқинсирдош дўсти ҳам борэкан. Биладики, дўстида гуноҳ йўқ. Бекордан-бекорга сазойи қилинмокда, туҳматга учраган. Нима қилишини билмабди. Дўстининг сазойи қилинишида қатнашмасликнинг ҳам иложи йўқ. Сўкайдеса, сўкаолмайди. Тош отай деса, дўсти. Этагинингбаридан чигитдай пахтани суғуриб олиб, бир урган экан, ҳар хил сўкиш ва ҳақоратларга, тошга, кесакка бар дошберган одам, жиндай пахта юзига текканда «дод» деб, ҳушидан кетган экан, чунки уни дўсти отди-да! 5-mashq.Matnni ko‘chiring. Undosh tovushlarni belgilab, yozilishini tushuntiring. MUSTAQILLIK O‘GITLARI Bizni tanlagan yo‘limizdan hech kim, hech qachon qaytara olmaydi. Zotan, Vatanga bo‘lgan mehr-u muhabbat har qanday muammoni yechishga, har qanday yovuz kuchni yengishga qodirdir. Endi, ortga yo‘l yo‘q. O‘zbekiston istiqbolini sobitqadamlik bilan barpo etmog‘imiz zarur. Bu yo‘lda ikkilanmoq, manfaatparastlikning mayda-chuyda tashvishlariga o‘ralashmoq Vatanga, xalqqa, kelajak avlodga xiyonat bo‘ladi. Biz istiqlol sharofati bilan ko‘p qadriyatlarni: imonimizni, milliy g‘ururimizni, ozodlikni, bir so‘z bilan aytganda, Parvardigorni qaytadan chinakamiga tanidik. Endigi vazifa — bobolarimizning poymol etilgan orzu-umidlari haqqi, avlodimizga, Siz-u bizning farzandlarimizga, butun dunyo bilan teppa-teng baylashadigan buyuk O‘zbekistonni meros qilib qoldirmoqdir. Istiqboldagi O‘zbekiston Vatan ozodligi nasib etmagan bobolarimizga ulug‘vor haykal bo‘lajak! O‘zbekistonning shuhratiga shuhrat qo‘shuvchi farzandlarimizga muqaddas beshik bo‘lajak! Savollar 1. Hozirgi alifboda unlilar qanday ifodalanadi? 2. Hozirgi alifboda undoshlar qanday ifodalanadi? 3. ш, чharflari lotin yozuvida qanday yoziladi? 4. Grafika nimalarni o‘rgatadi? 5. O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alif-bosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonuni qachon qabul qilingan? 6. O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alif-bosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi Qonuni qachon qabul qilingan? Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling