University of geological sciences


UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES


Download 1.63 Mb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1406071
1   2   3   4
Bog'liq
JononmirzayevaM-korporativ


3
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES


4
4
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
Moliyalashtirish usuli deganda investitsion jarayonni moliyalashtirish maqsadida investitsion resurslarni jalb qilish mexanizmi tushuniladi.
Moliyalashtirish shakllari deganda moliyalashtirish usuli mohiyatining tashqi ifodasi tushuniladi.
To‘la ichki o‘zini-o‘zi moliyalashtirish eng ishonchli hisoblanadi va investitsiya loyihalarini faqatgina o‘z (ichki) manbalar hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutadi. Moliyalashtirishning bu usuli horij amaliyotida “leveridjsiz moliyalashtirish”ni xarakterlaydi. Investitsiyalarni moliyalashtirishning muhim o‘z manbalari sof foyda va amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Foyda korxona sof daromadining asosiy shakli sifatida namoyon bo‘lib, mahsulotning qo‘shilgan qiymatini ifodalaydi va korxona faoliyati natijalarini umumlashtiriuvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
5
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
Soliq lar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng korxona ixtiyorida sof foyda qoladi. U ustav kapitali, taqsimlanmagan foyda va jamg‘arish fondi ko‘rinishida to‘planib boradi.
Odatda, foydaning investitsiya maqsadlariga yo‘naltirilayotgan qismi jamg‘arish fondida yoki shunga o‘xshash fondlarda to‘planib boradi. Jamg‘arish fondi xo‘jalik yurituvchi subyektning yangi mulkni tashkil qilish, asosiy vositalar, aylanma mablag‘larini olish uchun ishlatiladigan mablag‘lari manbai sifatida maydonga chiqadi.
Zahira fondi korxonaning zararlarini qoplash, obligatsiyalarni so‘ndirish va o‘z aksiyalarini qayta sotib olish uchun shakllantiriladi.
Foydaning taqsimlanmagan qismi ham kapitalizatsiya uchun yo‘naltirilishi mumkin. O‘zining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha foyda rivojlanish uchun ishlatiladigan o‘z mablag‘lari zahirasining shakllaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan sof foydaning hajmi bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi: mahsulot realizatsiyasi hajmiga, narhlarga, mahsulot birligi tannarxiga, foyda solig‘i stavkasiga, iqtisodiy rivojlanishning umumiy strategiyasiga asoslanuvchi iste’mol va korxonaning rivojlanishiga taqsimlash siyosatiga.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling