University of geological sciences


Download 1.91 Mb.
bet1/4
Sana07.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1438041
  1   2   3   4
Bog'liq
nabiyev.a13


GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
QARZ MABLAG’LARI HISOBIGA MOLIYALASHTIRISH
Nabiyev Abdullaziz
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
22
Reja:
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish manbalari va ularning tasniflanishi
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish shakllari va ularning tasniflanishi
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishda korporativ obligatsiyalar
1
2
3
3
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
1. Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish manbalari va ularning
tasniflanishi
Korxonaning oʻz moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini qarz mablagʻlarini jalb
qilmagan holda samarali davom ettirishi bozor iqtisodiyoti sharoitida murakkab
masala hisoblanadi. Qarz mablagʻlaridan foydalanish moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini
mos ravishda kengaytirish, xususiy kapitaldan yanada samarali foydalanishni
ta’minlash, turli xil maqsadli moliyaviy fondlarni shakllantirish jarayonini
tezlashtirish, nihoyat korxonaning bozor qiymatini oshirish imkonini beradi.
Xususiy kapital har qanday biznes asosini tashkil etsada, qator tarmoq
korxonalarida foydalaniladigan qarz kapitali miqdori xususiy kapital miqdoridan
sezilarli darajada yuqori boʻladi. Aynan shu holat bilan bogʻliqlikda qarz kapitalini
jalb qilish va undan samarali foydalanishni boshqarish korporativ moliyani
boshqarishning muhim funksiyalaridan biri hisoblanadi. Bu funksiya korxona
moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha yuqori natijalarga erishishni ta’minlashga
yoʻnaltiriladi.
Korxonalarda foydalaniladigan qarz kapitali jami moliyaviy majburiyatlar
miqdori bilan tavsiflanadi. Bunday majburiyatlarni quyidagicha tabaqalashtirish
mumkin:
4
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
1. Uzoq muddatli moliyaviy majburiyatlar. Ularga korxonalarda amal
qiluvchi foydalanish muddati bir yildan ortiq boʻlgan qarz kapitalining barcha
shakllarini kiritish mumkin. Uzoq muddatli bank kreditlari va boshqa uzoq
muddatli qarz mablagʻlari (moliyaviy lizing, soliq krediti boʻyicha qarzdorlik,
muomalaga chiqarilgan obligatsiyalar boʻyicha qarzdorlik, moliyaviy yordam
boʻyicha qarzdorlik, qaytarish sharti bilan berilgan boshqa mablagʻlar) uzoq
muddatli moliyaviy majburiyatlarning asosiy shakllari hisoblanadi.
2. Qisqa muddatli qarz kapitali. Bir yilgacha boʻlgan muddatda foydalanish
uchun jalb qilingan qarz kapitalining barcha shakllarini qisqa muddatli moliyaviy
majburiyatlarga kiritish mumkin. Bunday majburiyatlarning asosiy shakllari
sifatida qisqa muddatli bank kreditlari va boshqa qisqa muddatli qarz mablagʻlari
(muomalaga chiqarilgan qisqa muddatli moliyaviy obligatsiyalar, bir yilgacha
taqdim etilgan soliq kreditlari, berilgan veksellar, olingan avanslar)ni keltirish
mumkin. Oʻz moliyaviy majburiyatlarini qoplash chora-tadbirlari boʻyicha korxonani
rivojlantirish jarayonida qoʻshimcha qarz mablagʻlarini jalb qilishga talab yuzaga
keladi. Bunda korxona tomonidan jalb qilinadigan qarz mablagʻlarini quyidagicha
tasniflash mumkin:

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling