University of geological sciences
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish shakllari va ularning tasniflanishi
Download 1.91 Mb.
|
nabiyev.a13
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish shakllari va ularning tasniflanishi
7 UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES Kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish – murakkab jarayon boʻlib, odatda, katta miqdordagi mablagʻlarni talab qiladi va kreditlash muddati bir yildan ortiqni tashkil etadi. Bunda korxonaning moliyaviy koʻrsatkichlari, nufuzi, faoliyat koʻlamidan qat’iy nazar tijorat banklariga garov ta’minoti taqdim etiladi. Investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun bank kreditlaridan foydalanishni alohida yoʻnalish sifatida belgilash mumkin. Ilgari jalb qilingan qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtirish – shartlari nisbatan foydali boʻlgan yangi kredit olish va uning yordamida oldingi qarz mablagʻini qoplashni anglatadi. Qayta moliyalashtirish boʻyicha bunday operatsiyalar bir tomondan foiz stavkalardagi farq sabab ob’ektiv asosga ega hisoblanadi, lekin boshqa tomondan, muddat va talab qilinadigan xarajatlar tufayli operatsiya samaradorligi past hisoblanadi. 8 UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishda korporativ obligatsiyalar Korporativ amaliyotda qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning yana bir shakli korporativ obligatsiyalar muomalaga chiqarish hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, korporativ obligatsiyalar – aksiyadorlik jamiyatlari va o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar tijorat banklari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalardir. Korporativ obligatsiyalar quyidagi shartlarga rioya etgan holda: - emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitali miqdori doirasida; - keyingi uch yilda rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlilikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil reyting bahosini olgan emitentlar tomonidan; - investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan to‘lanishi bo‘yicha to‘lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi. Korporativ obligatsiyalar ularning egalariga aksiyadorlik jamiyatini va boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilgan tijorat bankini boshqarishda ishtirok etish huquqini bermaydi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling