University of geological sciences
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
Download 1.91 Mb.
|
nabiyev.a13
5
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES - jalb qilish manbalari boʻyicha: mamlakat ichkarisidan va tashqi manbalardan yoki moliya institutlaridan, real sektor korxonalaridan, jismoniy shaxslardan. - jalb qilish muddati boʻyicha: qisqa muddatli (bir yilgacha) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq). - jalb qilish shakli boʻyicha: pul shaklida (moliyaviy kredit), asosiy vosita (uskuna) shaklida (moliyaviy lizing), tovar shaklida (tijorat krediti) va boshqa moddiy va nomoddiy shakllarda. Iqtisodiy munosabatlarda har qanday qarz mablagʻi shak-shubhasiz majburiyat va olingan qarz mablagʻini belgilangan muddatda qaytarish, shuningdek, foydalanganlik uchun foiz koʻrinishidagi mukofot summasini mablagʻ egasiga oʻtkazib berish asosida taqdim etiladi. Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish manbalari va shakllari yetarli darajada xilma-xillikka ega. Quyida milliy va xalqaro tajribada qoʻllaniladigan keng tarqalgan qarz mablagʻlari manbalari mohiyati va xususiyatlari tavsifiga toʻxtalib oʻtamiz. 6 UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES Aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kreditlar qisqa muddatli hisoblanadi va odatda ularni olish xalqaro amaliyotda ikki haftagacha boʻlgan muddat talab qiladi. Aksariyat holatlarda banklar tomonidan bunday kreditlar taqdim etishda asosiy vosita koʻrinishidagi garov ta’minoti talab qilinmaydi. Bunda korxonaning kelgusidagi tushumlari yoki likvidli tovar zaxiralari ta’minot vositasi boʻlib xizmat qiladi. Lekin tijorat banklari tomonidan tovar zaxiralarini nazorat qilish imkoniyati cheklanganligi qoʻshimcha talab qoʻyishga sabab boʻlishi mumkin. Qoʻshimcha sifatida keltirish mumkinki, yuqori nufuzga ega va moliyaviy holati barqaror boʻlgan korxonalarning aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kedit olishlari bir muncha yengil hisoblanadi. Milliy va xalqaro amaliyotda bank mijozi hisoblangan yirik korxonalar aylanma kapitalini kreditlar orqali moliyalashtirish boʻyicha alohida dasturlar har bir bankda amal qiladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling