«university of management and future technologies» mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi universitetda
Ta’lim muassasasining majburiyatlari
Download 41.94 Kb. Pdf ko'rish
|
63ca71b173c1d557bc4216f6 (1) 102739
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Talabaning huquqlari
- 2.4. Talabaning majburiyatlari
2.2. Ta’lim muassasasining majburiyatlari:
2.2.1. O‘qitish uchun O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni va Ta’lim muassasasi Ustavi va boshqa ichki hujjatlarida nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlarni yaratadi. 2.2.2. Talabalarning qonun hujjatlarida belgilangan huquq va erkinliklarining bajarilishini ta’minlaydi. 2.2.3. Talabani tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq oliy ta’limning davlat standarti talablari darajasida o‘qitadi. 2.2.4. Talaba ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik) o‘quv reja va dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlaganda belgilangan tartibda davlat namunasidagi diplom beradi. 2.3. Talabaning huquqlari: 2.3.1. Ta’lim muassasasidan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini talab qilish. 2.3.2. Ta’lim muassasasida tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq oliy ta’lim davlat standarti talablari darajasida ta’lim olish. 2.3.3. Ta’lim muassasasining Axborot-resurs markazi, Wi-Fi hududlaridan foydalanish. 2.3.4. Ta’lim muassasasining ta’lim jarayonlarini yaxshilashga doir takliflar berish. 2.3.5. O‘quv yili uchun kontrakt summasini bir yo‘la to‘liqligicha to‘lash. 2.4. Talabaning majburiyatlari: 2.4.1. Joriy o‘quv yili uchun belgilangan o‘qitish qiymatini Kontraktning 3-bobida ko‘rsatilgan tartib va miqdorda o‘z vaqtida to‘laydi. 2.4.2. Akademik qarzdor bo‘lgan Talaba o‘qishni davom ettirish uchun o‘zlashtirolmagan fanning kredit miqdoriga mos ravishda to‘lovni amalga oshiradi hamda akademik qarzdor bo‘lgan fanni qayta o‘qiydi yoki yakuniy nazoratni qayta topshiradi. 2.4.3. Universitet Ustavi va boshqa ichki hujjatlari bilan tanishadi va ularning talablariga qat’iy rioya qiladi. 2.4.4. Ta’lim yo‘nalishining tegishli malaka tavsifnomasiga muvofiq zarur bo‘lgan bilimlarni egallaydi va ta’lim oladi, dars va o‘quv mashg‘ulotlarida belgilangan tartib va me’yorlarga muvofiq qatnashadi. 2.4.5. Kontraktni imzolangandan keyin bir nusxasini Ta’lim muassasasiga taqdim etadi. Kontrakt elektron shaklda Ta’lim muassasasining veb saytidan olingan taqdirda uning shartlari bilan tanishib, rozi bo‘lganlik to‘g‘risidagi tegishli tugmani bosadi va Kontraktni yuklab oladi. 2.4.6. O‘zining xatti-harakatlari, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan universitetning ishchanlik obro‘si va manfaatlariga putur yetkazmaslik hamda zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti- harakatlarini sodir etishdan tiyiladi. 2.4.7. Ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va xodimlariga hurmat bilan qarash, moddiy-texnik bazasini asrash, ziyon keltirmaslik, ziyon yetkazilganda uning o‘rnini qoplaydi. Download 41.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling