«university of management and future technologies» mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi universitetda
Download 41.94 Kb. Pdf ko'rish
|
63ca71b173c1d557bc4216f6 (1) 102739
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. YAKUNIY QOIDALAR
5. FORS-MAJOR HOLATLAR
5.1. Ushbu Kontraktga asosan majburiyatlarni bajarilmasligi holatlari yengib bo‘lmas kuchlar (fors- major) holatlar natijasida vujudga kelganda Tomonlar o‘z majburiyatlarini bajarishdan qisman yoki to‘liq ozod bo‘ladilar. 5.2. Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlariga Tomonlarning irodasi va faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari (pandemiya, zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda Tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlar kiradi. 5.3. Tomonlaridan qaysi biri uchun yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sababli majburiyatlarni bajarmaslik ma’lum bo‘lsa, darhol ikkinchi tomonga bu xaqda 10 kun ichida dalillar bilan taqdim etishi lozim. 5.4. Kontraktga asosan majburiyatlarni ijro qilish muddati ushbu yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors- major) holatlar davom etish muddatiga qadar uzaytiriladi. Agar yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors- major) ta’siri 30 (o‘ttiz) kundan ortiqroq davom qilsa, Tomonlar tashabbusiga binoan Kontrakt bekor qilinishi mumkin. 6. YAKUNIY QOIDALAR 6.1. Kontrakt bevosita Tomonlar tomonidan imzolangandan so‘ng kuchga kiradi hamda ta’lim xizmatlarini taqdim etish o‘quv yili tugagunga qadar amalda bo‘ladi. 6.2. Kontrakt elektron shaklda Ta’lim muassasasining veb sayti orqali taqdim etilganda Talaba tomonidan yuklab olingan paytdan e’tiboran tuzilgan va kuchga kirgan hisoblanadi. Talaba Kontrakt shartlaridan norozi bo‘lgan taqdirda 3 (uch) ish kunida ta’lim muassasasiga murojaat qilishi mumkin. 6.3. Tomonlar o‘rtasida Kontrakt bo‘yicha vujudga keladigan tushunmovchiliklar va nizolar o‘zaro muzokaralar olib borish orqali hal etiladi, aks holda nizo fuqarolik sudida ko‘rib chiqilishi mumkin. 6.4. Fanlardan akademik qarzdor Talabaning fanni qayta o‘qish yoki yakuniy nazoratni qayta topshirish uchun to‘lovi boshqa alohida kontrakt asosida amalga oshiriladi. 6.5. Kontrakt 2 (ikki) nusxada, Tomonlarning har biri uchun bir nusxadan tuzildi va ikkala nusxa ham bir xil huquqiy kuchga ega. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling