University of management and future technologies


Katta integral sxemalar yaratilishi kompyuterlarning yangi avlodini, mobil telefonlar, televizion kameralar va boshqa hozirgi zamon aloqa tizimlarining yaratilishiga asos bo’ldi


Download 7.32 Mb.
bet3/6
Sana14.10.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1702546
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma`ruza slaydi FIZIKA

Katta integral sxemalar yaratilishi kompyuterlarning yangi avlodini, mobil telefonlar, televizion kameralar va boshqa hozirgi zamon aloqa tizimlarining yaratilishiga asos bo’ldi.

  • Katta integral sxemalar yaratilishi kompyuterlarning yangi avlodini, mobil telefonlar, televizion kameralar va boshqa hozirgi zamon aloqa tizimlarining yaratilishiga asos bo’ldi.
  • Hozirgi vaqtda, qattiq jismlar elektronikasida, o’ta yangi elektron qurilmalarni yaratish uchun yangi fizikaviy printsiplar va hodisalarni aniqlashda izlanish ishlari olib borilmoqda. Bu fizikaviy jarayonlarning xarakterli xususiyati - qattiq jism hajmidagi dinamik nojinsliliklardan axborotni saqlash va qayta ishlashda foydalanishdir. Natijada hozirgi, eng yangi elektron qurilmalarni yaratish uchun akustikaviy – magnitoelektronika, kvant elektronikasi, spinotronika va nanotexnologiya yo’nalishlari yaratilmoqda. Bu yangi texnologiyalar o’z navbatida insoniyat faoliyatining barcha sohalarini rivojlanishiga olib kelishi hech shubhasizdir. Fan va texnikaning yuqorida keltirilgan yutuqlari istalgan davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat ko’rsatadi.

Taraqqiyotning rivojlanishida fizika fanining o`rni

  • Hozirgi davr talabiga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashda, bakalavriyat bosqichidagi talabalarga fizika fani asoslarini o’rgatishdan asosiy maqsad – ularda hozirgi zamon ilmiy – texnikaviy dunyoqarashni shakllantirish, ularga zamonaviy texnika vositalari asoslarini tanishtirish va ulardan foydalanishga zamin yaratishdan iborat. Shuni unutmaslik kerakki, fizika fani oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan oliy matematika, informatika, axborot texnologiyalari, elektr zanjirlar nazariyasi, radioelektronika va mikroelektronika asoslari va boshqa fanlar bilan uzviy bog’langan.

Mexanik harakat

Fizikaning, mexanik harakat qonunlari hamda bu harakatni vujudga keltiruvchi va o’zgartiruvchi sabablarini o’rganuvchi bo`limi mexanika deyiladi. Mexanika-o’rganilayotgan jismlarning o’lchamlari va tezliklariga qarab klassik, relyativistik va kvant mexanikalariga ajraladi.

  • Klassik mexanika – tezligi yorug’likning vakuumdagi tezligidan sezilarli ravishda kichik tezlikka ega bo’lgan makroskopik jismlarning harakati qonunlarini o’rganadi. (Galiley-Nyuton mexanikasi)
  • Relyativistik mexanika – yorug’lik tezligiga yaqin yoki teng tezliklarga ega bo’lgan mikroskopik jismlar harakati qonunlarini maxsus nisbiylik nazariyasiga asoslangan o’rganadi. (Eynshteyn mexanikasi)
  • Kvant mexanikasi – mikrojismlarning (atomlar va elementar zarralarning) harakat qonunlari o‘rganiladi.

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling