University of management and future technologies


Muammo va ilmiy tadqiqot uyg‘unligi


Download 9.52 Kb.
bet3/3
Sana17.10.2023
Hajmi9.52 Kb.
#1706049
1   2   3
Bog'liq
Vohidjonov I

Muammo va ilmiy tadqiqot uyg‘unligi
UNIVERSITY OF MANAGEMENT AND FUTURE TECHNOLOGIES
Muammo ilmiy tadqiqotning dolzarbligiga tayanadi. О‘z navbatida muammo ilmiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-metodologik jihatdan tadqiq etiladigan masaladan iborat bо‘lishi ham mumkin. Ilmiy izlanishda muammo shunday jarayonki, u mavzu dolzarbligi va ishchi gipoteza asosida ifodalanadi va to oxirgi yechimga yetib bormaguncha u haqda tо‘liq bilimga ega bо‘la olmaymiz, ammo shuni bilamizki, u ilm-fan rivoji va jamiyat talabi bilan paydo bо‘ladi. Demak, ilmiy muammo sababsiz paydo bо‘lmaydi, ular doimo mavjud ilmiy salohiyat va ilmiy ishlanmalar asosida paydo bо‘ladi hamda ular muntazam ravishda takomillashib, rivojlanib boradi.
Dalil ilmiy muammoni yechish omili
UNIVERSITY OF MANAGEMENT AND FUTURE TECHNOLOGIES
Ilmiy muammoni qо‘yish, uning yechimini topish, ilgari surilgan qoidalarni tekshirish uchun obyektiv haqiqiyligi aniqlangan bilim zarur. Bu haqqoniy ilmiy bilim ilmiy ijodda tayaniladigan dalil hisoblanadi. N.Shermuxamedova dalillarni obyektiv va subyektiv asoslarga kо‘ra farqlash mumkin, deb ta’kidlab о‘tadi. Bizning fikrimizcha, obyektiv dalil bu empirik daraja eksperiment va kuzatishlar natijasida olinadi. Subyektiv dalil esa mazkur voqea hodisalarning subyekt tomonidan nazariy tahlil qilishdir. Shuningdek, dalil ilmiy bilish standartlariga tо‘la mos keluvchi turli-tuman asoslarga tayanadi. Hatto, u ilmiy bilish chegarasini aniqlab olishga yordam beruvchi ilmiy bilish shakli hisoblanadi. Ilmiy dalil ham olimga yangi, haqqoniy ilmiy bilim olishiga kо‘malashuvchi muhim omil hisoblanadi. Ayni shu ma’noda, dalillarni topish, olish va anglab yetish ilmiy ijodning uzluksiz jarayon ekanligini belgilaydi.
Ilmiy dalilning tavsifi va xossalari.
UNIVERSITY OF MANAGEMENT AND FUTURE TECHNOLOGIES
Ilmiy dalil nazariy tizimga kiradi va ikki muhim xossa: ishonchlilik va bir variantlilikka ega bо‘ladi. Ilmiy dalilning ishonchliligi shunday namoyon bо‘ladiki, uni tadqiqotchilar tomonidan turli davrlarda о‘tkaziladigan yangi eksperimentlar yordamida olish va ifodalash mumkin. Ilmiy dalilning bir variantliligi shundan iboratki, u о‘zining ishonchliligini talqinlarining rang-barangligidan qat’i nazar saqlab qoladi.
Fan dalillari umumlashtirilishi natijasida ular nazariya uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Dalillarni umumlashtirishning oddiy shakllari – ularni tahlil, sintez qilish, tiplarga ajratish, birlamchi tushuntirish sxemalaridan foydalanish va hokazolar asosida amalga oshiriladigan tizimga solish va tasniflashdir. Ma’lumki, juda kо‘p ilmiy kashfiyotlar olimlarning dalillarni tizimga solish va tasniflash borasidagi fidokorona mehnati natijasida yuzaga kelgan (masalan, CH.Darvin yaratgan turlarning tabiiy tanlanish yо‘li bilan paydo bо‘lishi nazariyasi, D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi).
Nazorat uchun savollar
1.Muammoli vaziyatning pirovard negizi nima hisoblanadi.?
2.Har qanday ilmiy bilish nimadan boshlanadi.?
3.Tо‘g‘ri qо‘yilmagan muammo yoki soxta muammo qanday oqibatlarni keltirib chiqaradi?
4.Bilishning rivojlanish jarayonida obyektiv tarzda yuzaga keladigan, yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bо‘lgan masala yoki masalalar majmui nima deb ataladi?
5.Muammo masala bilan qanday bog‘lanadi?
UNIVERSITY OF MANAGEMENT AND FUTURE TECHNOLOGIES
Download 9.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling