UNIVERSITY OF MANAGEMENT AND FUTURE TECHNOLOGIES
Muammo tо‘g‘ri qо‘yilgan deb hisoblanishi uchun:
- О‘rganilayotgan muammoning tarkibiga kiritish mumkin bо‘lgan muayyan ilmiy bilim (ma’lumotlar, nazariya, metodika) mavjud bо‘lishi;
-muammo shaklan tо‘g‘ri tuzilgan bо‘lishi;
-muammo о‘rinli bо‘lishi, ya’ni uning asoslari soxta bо‘lmasligi;
-muammo muayyan darajada chegaralangan bо‘lishi;
-yechimning mavjudlik sharti va uning yagonaligi kо‘rsatilgan bо‘lishi;
-maqbul yechim belgilari hamda yechimning maqbulligini tekshirish usullari haqidagi shartlar qabul qilinishi lozim.
UNIVERSITY OF MANAGEMENT AND FUTURE TECHNOLOGIES
Ilmiy muammo boshqa muammolardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadi:
- U olimni doim haqiqiy bilim olishga yо‘naltiradi.
- Yangi bilim olishga qarab mо‘ljal oladi. Olim ongli ravishda yangilik sari intiladi.
Muammoli vaziyat va uning ahamiyati
UNIVERSITY OF MANAGEMENT AND FUTURE TECHNOLOGIES
Mavjud faoliyat strategiyalari va о‘tmish tajribasi insonga yuzaga kelgan qiyinchilikni bartaraf etish imkonini bermaydigan, mutlaqo yangi strategiyani yaratish talab etiladigan vaziyat odatda muammoli vaziyat deb ataladi. Muammoli vaziyat aniqlangan dalillarni mavjud bilim doirasida tushuntirish mumkin emasligini ifodalovchi vaziyatdir. Ilmiy kashfiyot sari yо‘l muammoli vaziyatni aniqlashdan boshlanadi, uni ta’riflashdan о‘tadi va bu vaziyatning yechimini topish bilan yakunlanadi. Muammoli vaziyatni belgilash fikrlashga doir harakatni, amalni, mulohazalarni yoyishning boshlang‘ich asosi hisoblanadi. О‘rganilayotgan maqsadlarda kerakli axborotning va insonning bilimlari tegishli ma’lumotlar olishga yetishmasligi vaziyatning noaniqligini kuchaytirib yuboradi. Oqibatda esa, izlanuvchi о‘z maqsadiga yetaklovchi kо‘plab muqobilliklarga duch keladi. Bunda u mazkur muqobil g‘oyalarning ichidan izlanayotgan maqsadlarga olib boruvchi eng adekvatrog‘ini tanlashi kerak bо‘ladi. Shuning uchun ham yangi g‘oyalarning muqobilini tanlashga doir fikrlash amallari muammo tushunchasining funksional vazifalarining mohiyatini tashkil qiladi. Bu esa fikrlashning muammoviyligining о‘ziga xos xossalaridan biri sifatida namoyon bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |