Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir
Download 72.5 Kb.
|
477 Vatan sajdagoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biz ona O’zbekiston istiqlolini, uning shani shavkatini qanday himoya etishni ota-bobolarimizdan meros qilib olishimiz va uning himoyasiga hamisha tayyor turmog’imiz darkor.
- Sizlarga sixat-salomatlik, kuch-quvvat tilayman.
vatan sajdagoh kabi muqaddasdir Birinchidan: Refendum xayotimizning asosiy qonuni bo’lmish konstitutsityamiz asosida sodda qilib aytganda umum xalq maslahati tarzida o’tkazilgan tadbir bo’lib umumdavlat ahamiyatiga molik savolga xalqimizning saylovchilarimizning javobini aniqlash maqsadida o’tkazildi. Boshqacha aytganda referendum vositasida president va parlamentning vakolat muddatlarini muvofiqlashtirish qonunchilikni va ijroyi hokimiyatini tarmoqlarining kerak bo’lsa butun xalqning faoli birligini taminlash masalasida saylovchilarimizning munosabatini bilish, fikrini bilish maqsad qilib qo’yilgan edi. Yana bir bor shuni takrorlab aytish kerakki bugungi kunda O’zbekistonda siyosiy tizim tiklanayotgan hokimiyat turli tarmoqlarining faoliyati shakllanayotgan masuliyatli bir paytda ularning harakatlarini bir-biriga uyg’unlashtirish, ular o’rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish kelgusida nizo-adovatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan holatlarga chek qo’yish-bularning hammasi bugungi va ertangi jamoatchiligimiz xalqimiz to’g’ri tushunadi, yaxshi anglaydi. Agar biz hokimiyat turli tarmoqlari o’rtasidagi nomutanosiblikka beparvo qarasak, mana shunday illatlarning tomir otib ketishiga yo’l qo’yibg bergan bo’lamiz. Bu esa ohir-oqibatda siyosiy hayotimizning sog’lom muhitiga uning demokratik poydevoriga salbiy tasir ko’rsatishi muqarrar. Buni hammamiz boshqa davlatlarning misolida yaqqol ko’rib turibmiz. Uzoqqa bormasdan o’zimizning qo’shni, o’zini demokratik hisoblayotgan davlatlar misolida bunday qarama-qarshilik nimaga olib kelganini, bazi davlatlar esa zambarak ostida, o’qqa tutib, qonuniy parlamentlarni tarqatib yuborganlarini ko’rish mumkin. Bugun referendumning yakunlari haqida fikr yuritar ekanmiz, ko’pdan-ko’p odamlar, diplomatic korpus vakillari, do’stu birodarlarimiz, raqibu muholiflarimiz uning natijalarini turlicha tahlil qilganliklarini aytib o’tish lozim. Lekin referendumning natijalari har qanday faraz va tahminlardan ham ziyoda bo’ldi. Bir qancha sharxlovchilar referendum natijalatrini mening shaxsiy muvaffaqiyatim sifatida talqin qildilar. Ammo bu o’rinda barchamizga ayon bo’lishi kerakki saylovchilar prezidentning shaxsiga emas, avvalo mamlakatimizning siyosiy va iqtisodiy hayotida sodir bo’layotgan o’zgarishlarga, president va hukumat o’tkazayotgan siyosatga o’z munosabatlarini bildirdilar. Birinchi bor tarihimizda o’tkazilgan umumhalq ovoz berishi, umumhalq maslahati nimani ko’rsatdi? Referendum, avvalam bor xalqimizning tomir-tomiri, qon-qonida bo’lgan bag’ri kenglik, oliyjanoblik kabi ezgu fazilatlarni, xalqimizning etiqodi balandligini ongi yuksakligini yana bir bor tasdiqlab berdi. Odamlarimizning asli tomir-o’zagi baquvvat bo’lib ularning ruhiy-ma’naviy yaqinligi-ahilligi mehr oqibatliligi yana bir karra namoyon bo’ldi. Shu bilan birga referendum olib borilayotgan siyosatga, tanlagan yo’limizga fuqarolar ishonchining naqadar mustahkamligini namoyish etdi. Bu boshidan katta-katta qiyinchiliklar, yetishmovchiliklar, azob uqubatlarni kechirib turgan xalqimizning mashaqqatlarga mardona bardosh berib, kelajakka umid va ishonch bilan yashayotganini ifoda qildi. 99foizdan ziyod saylovchilarning referendumda ishtirok etgani va qo’yilgan savolga ijobiy munosabat bildirganini boshqa sabablar bilan izohlab bo’lmaydi. Buning ildizi bizning o’zligimizda, xalqimizga munosib ulug’ fazilatlarda, uning oliyjanobligida deb bilaman: Yana qaytarib aytmoqchiman. Gap mening shaxsimda emas. Ishonchim komilki, agar mening o’rnimda boshqa odam yetakchi raxbar bo’lib, bugun yurtimizda olib borilayotgan siyosatni boshqarsa, odamlarga ana shunday munosabatda bo’lsa, qalbini xayotini odamlarga bag’ishlasa u xam huddi shunday ishonch va xurmatga sazovor bo’lur edi. Referendumning natijasini men xalqimga qilgan ozmi-ko’pmi xizmatlarimning javobi deb bilaman. Chuqur mamnuniyat bilan aytmoqchiman: agar bu dunyoda cheksiz ishonch va yuksak xurmat-e’tiborga sazovor biror odam bo’lsa, men-o’sha, kechayu kunduz xalqimning baxtini, iqbolini tilab hudoga ming shukronalar aytib yurgan insonman. Referendumning yakuni – parlamentga, prezidentga barcha xokimiyat organlariga, xalq ishonchining siyosiy belgisi, nishonidir. Referendumning yakuni tanlagan yo’limizning to’g’riligiga, demokratik jamiyat qurayotgan davlatning tub islohotlarini chuqurlashtirish va oxiriga yetkazish yuzasidan siyosiy mandatir, belgisidir. Albatta, referendum natijalarini baxolashda boshqacha ko’z bilan qarayotganlar ham yo’q emas. Xech qachon bunday kunlarga, natijalarga yetolmaydigan ayrim siyosiy gurux va doiralar uning xam siyosiy, xam ma’naviy axmiyatini pasaytirishga urinmoqdalar. Bizni ko’rolmaydigan istiqbolimizga xasat ko’zi bilan qaraydiganlar turli nayrang va usullar bilan referendum natijalrini kamsitish va shubxa ostiga olishga intilmoqdalar. Shu borada yana bir bor fikrni bildirish o’rinli deb o’ylayman. Gap shundaki, referendum natijasida o’zini doxiy sanab yurgan, mansabparast, amalparast ayrim kimsalarning ham umidlari chippakka chiqib, xafsalasi pir bo’lganligi muqarrar. Biz referendumdan chiqariladigan hulosalar xaqida to’xtalar ekanmiz, birinchi va eng asosiy hulosa shuki yurtimizda tinch-totuv, osoyishta mehnat uchun vujudga kelgan sharoitni chindan ham qadrlash va anglashimiz xaqida gapirishimiz lozim. Referendum natijalariga suyanib, olib borilayotgan siyosatimizni yana bir bor tanqidiy taxlil qilib, oldimizda turgan maqsadlarga tezroq yetkazadigan, avvalambor xalqimizning axvolini yengillashtiradigan dasturlarni ko’rib chiqishimiz kerak deb o’ylayman. Mamlakatimiz ijtimoiy xayotida yangi davr boshlanmoqda. Ko’p partiyaviylik asosida saylangan parlament faoliyat ko’rsatmoqda. Jamiyatning turli tabaqalari manfaatlarini ifoda etuvchi partiyalar asta sekin o’zligini anglatmoqda va kuchga kirmoqda. Ular o’z dasturini xalqqa yetkazishga, saflarini mustaxkamlab, siyosiy tajriba orttirishga intilmoqda. Bu ham xayotimizning yangi qirralari, yangi saxifalaridir. Mana shunday sharoitda yurtimiz taqdiri, kelajagimiz uchun ishonch va qattiyat bilan kurashadigan barcha kuchlarni birlashtiruvchi, kimning siyosiy kuch yoki partiya tarafdori bo’lishidan qatiiy nazar – ularning intilishini yaqinlashtiruvchi nuqtalarini topa bilish muhim axamiyatga ega. Bu – bugungi kunning dolzarb va muhim vazifalaridan biridur. Xalqimizni birlashtiradigan, ko’taradigan, ulug’ maqsadlarga chorlaydigan g’oyalarni aslida oddiy so’zlar bilan ifodalash mumkin. Ular nimalardan iborat? Avvalam bor, soxta obro’ topishga urinish, urug’chilik, guruxchilik, maxalliychilik, oshna-og’aynigarchilik, nafs balosidan xalos bo’lib, barcha quvvatimizni, hudo ato etgan aql-zakotimizni yurtimizda tinchlik, osoyishtalik, barqarorlikni saqlashga jalb qilaylik. Mustaqilligimizni, davlatchiligimizni mustaxkamlash uchun, iqtisodiyotimizning istiqboli, erkin bozor yo’lini izchil davom ettirish uchun kurashaylik. Inson huquqlari va erkinliklarini, uning farovon xayotini, har bir oilaning to’kin-sochin dasturxonini ta’minlashga sharoit yarataylik. Kelajagimizni, davlatimiz, yurtimiz tinchligini uning xavfsizligini mustaxkamlash, yomon ko’zlardan asrash ishiga o’zimizni baxshida etaylik. Qani aytinglar, qadrli do’stlar, yurtdoshlar diyorimizda yashayotgan har bir inson, kim bo’lishidan qatiy nazar, shu zaminda voyaga yetgan, har bir inson uning suvini ichgan nonini yegan, tuzini totgan vatanparvar, xar qanday siyosiy kuch – shunday muqaddas maqsadlardan oritq yana nimani istashi mumkin? Xurmatli do’stlar! Dunyoning ko’pdan-ko’p davlatlari, xalqaro iqtisodiy-moliyaviy tashkilotlar mamlakatimizga amaliy yordam bermoqdalar, yurtimizda bo’layotgan ijobiy o’zgarishlarga – xam siyosiy, xam iqtisodiy islohotlarga katta qiziqish va ishonch bilan qaramoqdalar. Bo’lib o’tgan referendum uzoq-yaqin qo’shnilarimiz orasida umumjahon miqyosida davlatimizning obro’yiga obro’, xalqimiz hurmatiga-hurmat qo’shilmoqda. Davlatimizga, jamiyatimizga bildirilayotgan mana shunday hurmat-ehtiromni yanada mustaxkamlash uchun tag’in bir jiddiy masala borki, uni ijobiy yechishda sizlardan, muhtaram deputatlar, yordam so’ramoqchiman. Yani bo’lib o’tgan referendum natijasini, barcha odamlarimiz qo’llab-quvvatlagan president vakolatlari muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish masalasini ikkinchi prezidentlik muddati deb hisoblab tasdiqlashingizni so’rayman. Bu taklif xaqida, albatta xabaringiz bor deb o’ylayman. Shu masalani ijobiy yechib hal qilib olsak – buni xammamiz to’g’ri anglab olishimiz kerak – bunday qaror O’zbekistonimizning demokratik yo’ldan dadil qadam qo’yayotganining va demokratik normalarni hurmat qilib ish tutayotganini yaqqol tasdig’i bo’lur edi. Bunday qaror, albatta O’zbekiston obro’-etiborini, salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilar edi. Yana bir bor siz xalq noyiblarining etiborini shu masalaga jalb qilib mening taklifimni qo’llab quvvatlashingizni iltimos qilaman. Shu kunlarda taraqqiyparvar jahon jamoatchiligi ulkan tarixiy san’a arafasida turibdi. Ikki-uch kundan so’ng fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 50 yilligiga xalqaro miqyosda nishonlanadi. Shu munosabat bilan avvalo yurtimizdagi barcha qatnashchilarni, insoniyatni fashizm balosidan asrab qolishga katta xissa qo’shgan otaxon va onaxonlarimizni shu ulug’ ayyom bilan chin dildan qutlayman, ularga sixat-salomatlik, bardamlik, xush kayfiyat tilayman! Bugun biz O’zbekistonning jahon xamjamiyatidan munosib o’rin egallayotgani xaqida so’zlar ekanmiz, yurtimiz farzandlarining fashizmga qarshi urushda ko’rsatgan mardlik va qaxramonliklarini alohida takidlab o’tish zarur. Bu hususida, nazarimda ushbu raqamlar eng yorqin dalil bo’la oladi. Ikkinchi jahon urushiga yurtimizdan 1 433 230 kishi safarbar bo’lgan. Bir qaraganda bugun mamlakatimiz aholisi 23 millionga yetgan payitda bu raqam uncha katta tuyulmasligi mumkin. Ammo birodarlar, avvalo urushga bitta ketsa ham katta musibatdir. Qolaversa, 1941-yilda O’zbekiston aholisi bor yo’g’i 6,5 million kishi ekanini eslasak, respublika xalqqi boshiga tushgan sinovning naqadar katta ekani yaqqol ko’rinadi. Agar aholining yarmini bolalar va keksalar tashkil etishini hisobga olsak, yaroqli odamlarimizning ellik-oltmish foizini urushga ketgani ayon bo’ladi. Ulardan 263 005 kishi halok bo’lgan. 132 670 kishi bedarak yo’qolgan, 60 452 kishi o’z o’lkasiga nogiron bo’lib qaytgan. Bu mash’um urush tufayli eng kamida 400 000 oila bevosita ayriliq azobiga duchor bo’lgan. Qarindosh-urug’larni hisoblasak, butun mamlakat aholisi motam libosini kiygan. To xayot ekanmiz, ularning jasorati o’chmas xotirasi oldida oilalari farzandlari oldida tazim qilamiz, bosh egamiz. Aziz birodarlar, ikkinchi jahon urushida xalok bo’lgan barcha yurtdoshlarimiz xotirasi uchun, o’rningizdan turib bir daqiqa sukut saqlashingizni so’rayman. Mamlakat ichkarisida urush yillarida mehnat qilgan yuz minglab vatandoshlarimiz chekkan zaxmatlarini, keksayu yosh onalarimiz, opa-singillarimiz qish qahratonida diydirab, saraton olovida yonib, o’zi yemasdan-o’zi kiymasdan topgan nasibasini frontga jo’natganini, azob-uqubatlar chekib fidoiylik ko’rsatganini esdan chiqarib bo’ladimi? O’sha og’ir yillarda, bir-burda non tansiq bo’lgan yillarda, O’zbekiston urush tufayli uy-joysiz qolgan minglab oilalarga boshpana berdi, qanchadan-qancha yetim-yesirlarni boshini siladi. Xalqimizning insonparvarlik va oliyjanoblik fazilatlari tillarda doston bo’ldi. Aziz do’stlar! Oxirgi yillar tarixi O’zbekistonda kechgan ne-ne siyosiy o’yinlar nomusini vijdonini yo’qotgan har-xil yangi chiqqan “Doxiy”larning vatan urushi xaqidagi vas-vasalari, bo’htonlari va chiqshlari axolimizning, o’zbek xalqining haqqoniylikka, xaqiqatga ishonchini hech qachon so’ndira olgan emas. Takrorlab aytaman: ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin, bu urush qaysi g’oya ostida va kimning izmi bilan olib borilgan bo’lmasin, o’z vatani, el-yurtining yorug’ kelajagi, beg’ubor osmoni uchun jang maydonlarida xalok bo’lganlarning, o’z umrlarini bevaqt xazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz. Bu achchiq, lekin oily xaqiqatni unutishga hech kimning xaqqi yo’q va bunga yo’l ham bermaymiz. Urush yillari – O’zbekiston tarixining uzviy bir qismi. Biz tariximizdan biror sahifani ham olib tashlamaymiz. Bu tarix – bizniki, uni unutishga hech kimning xaqqi yo’q. O’sha qiyin kezlarda xalqimiz boshqa xalqlar bilan bir qatorda turib, fashizm balosini daf etishga munosib va salmoqli hissa qo’shganini har doim katta faxr va g’urur bilan aytamiz, namoyon qilamiz. Bir narsani alohida takidlab o’tmoqchiman. Urush davri voqealarini, jangchilarimizning jasoratini taxlil etishda va tariflashda xam mafkurabozlikni balandparvoz gaplarni, dabdabali shiorlarni kamaytirib, umri erta hazon bo’lgan otalarimiz, akalarimiz xotirasi oldida istirob bilan bosh egib, ularning jasoratini faxr bilan eslab, avvalambor xalok bo’lganlarning oilalariga g’amho’rlik qilish, bugun hayot bo’lgan sobiq jangchilarga faqat tasannolar aytish bilan cheklanib qolmasdan, ularga amaliy yordam berish biz uchun xam qarz, xam farzdir. Xammangiz yaxshi bilasiz: Mamlakat rahbariyati urush qatnashchilarining izzat-ikromiga yetish, hozirgi murakkab o’sish davrida ularni yolg’izlatib, ko’nglini cho’ktirib qo’ymaslik uchun katta ishlarni amalgam oshirmoqda. Men bu boradagi qiladigan ishlarni takrorlab o’tirmoqchi emasman. Lekin boshqa ayrim davlatlarning rahbarlariga o’xshab, faxriylarimiz, veteranlarimiz uchun qilgan ishlarimizni takror va takror ko’z-ko’z qilmasdan, boshqalar bilan solishtirmasdan, bugun biz O’zbekiston raxbariyati, hukumati ular oldida doimo qarzdor ekanini isxor etmoqchiman. Bugun biz bu mo’tabar insonlar siymosida va asrlar davomida yurtimizning chinakam ozodligi orzusida qurbon bo’lganalar misolida – iloxim, ularning arvoxlari shod bo’lsin! – Vatanni ardoqlash uni yomon ko’zlardan va harakatlardan asrab-avaylash, ximoyalash, kerak bo’lsa ona yurtimiz uchun jonimizni fido qilishdek buyuk insoniy fazilatni o’rganmog’imiz lozim. Milliy istiqlolimizning otashin kurashchilardan biri Abdurauf Fitrat bir she’rida “Vatan – sajdagohimdir” degan fikrni bayon qiladi. Chindan ham, vatan tuyg’usi, vatan tushunchasi biz uchun sajdagohday muqaddas, sajdagohday pok va ulug’ bo’lmog’i kerak. Biz ona O’zbekiston istiqlolini, uning shani shavkatini qanday himoya etishni ota-bobolarimizdan meros qilib olishimiz va uning himoyasiga hamisha tayyor turmog’imiz darkor. Ulug’ ajdodlarimizdan muqaddas meros bo’lib kelayotgan vatanga muhabbat tuyg’usi, farzandlarimiz, bugungi va kelajak avlodlarimiz uchun chinakam e’tiqodga, chinakam aqidaga aylansin. Shundan keyin sizu biz bu dunyodan armonsiz o’tishga xaqqimiz bo’ladi, deb o’ylayman. Milliy g’urur, milliy iftixori baland millatni yengib bo’lmaydi. Xurmatli do’stlar! Sobiq СССР o’rnidagi va yaqin atrofimizdagi yuzaga kelgan o’ta murakkab vaziyat bugungi kunda bizdan dunyo miqyosida puhta o’ylangan tashqi va ichki siyosat olib borishni taqozo etadi. Birinchi galda, o’z yurtimizda va mintaqamizda har tomonlama barqarorlikni taminlashni, tinchligimizni buzishga qaratilgan yovuz harakatlarning oldini olishni talab qiladi. Oily majlisning birinchi sessiyasida O’zbekiston Respublikasining milliy xavfsizlik, mintaqaviy xavfsizlik borasidagi asosiy tamoyillar va shu prinsiplar yuzasidan dunyo hamjamiyati oldida olg’a surgan tashabbuslarimizning mazmun-mohiyati keng bayon qilingan edi. Bugun oldingi sessiyada bayon etilgan fikrlarni chuqurlashtirgan holda, siz muhtaram noyiblarning diqqatingizni Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlarning – Tojikiston, Turkmaniston, Qirg’iziston, Qozog’iston va O’zbekistonning o’zaro aloqalari va o’zaro hamkorligini yanada rivojlantirish masalasiga jalb etmoqchiman. Biz – beshta qudratli shoxi birlashib ketgan ulkan chinorni mintaqamiz belgisi, ramzi qilib tanlaganimizda katta mano bor. Bizning – tojik, turkman, qirg’iz, qozoq va o’zbeklarning – tarixiy birligimiz, ma’naviy birligimiz, bir so’z bilan aytganda chinakam insoniy birligimiz haqida ko’p gapirishning hojati yo’q. falakning gardishi bilan bugun qaysi shaxs mintaqadagi qaysi davlat jilovini qo’lda tutib turgan bo’lishidan qat’iy nazar, xalqimizning azaliy birligi va bir-biriga intilishi xar-bir uyda, xar-bir oilada, xar-bir qishloqda va xar-bir shaxarda yaqqol seziladi. Mintaqa birligi tuyg’usi nafaqat mahalliy xalq vakillarining, balki bu go’zal zaminni ona vatan deb qabul qilgan rus, ukrain, belarus, tatar, koreyc va boshqalarning qalbidan xam munosib o’rin olganlar. Mening bunga ishonchim komil. Ko’pchilik odamlar, jamoatchiligimiz bir narsaga e’tibor bergan bo’lsa kerak. Biz, Markaziy Osiyo davlatlarining rahbarlari va siyosatchilari, tarixiy birligi xaqida juda ko’p bayonot beramiz, lekin gapning ochig’i – ko’pincha ishimiz quruq bayonotlardan nariga, ming afsuski o’tmayapti. Tasavvur qilingki, ota yurtimiz Turkiston – katta bir uy, buyuk bir ro’zg’or, buyuk bir oila. Bu oila farzandlari qanchalik yaqin va ahil bo’lsa, ro’zg’or ham shunchalik obod va to’kin bo’ladi. Bundan chiqarilgan hulosa: Markaziy Osiyo muntaqasida ham iqtisodiy, ham ma’naviy ham siyosiy jihatdan yagona muhit tashkil qilish – bugungi kunning eng dolzarb masalasidir. Bugun keng jamoatchilik vakillari, birinchi navbatda ijodkor ziyolilar – yozuvchilar, tarixchilar va boshqalarning bunday muhim, hayotimizni taqdirimizni hal qiluvchi masalaga e’tiborini, tashabbusni jalb etish vaqti keldi, deb o’ylayman. Markaziy Osiyoda faol mehnat qilayotgan jamoatchilik bizga ota-bobolarimizdan muqaddas meros bo’lib qolgan tarixiy birlik tuyg’usini, muqaddas Turkiston tuyg’usini qaytadan tiklashi xalqlarimiz qalbiga payvand etishi maqsadga muvofiq bo’lur edi. O’ylaymanki, yagona Turkiston shiorini barcha xalqlarimiz qo’llab–quvvatlashga zarracha ham shubxa yo’q. buni hayotning o’zi taqozo etmoqda va bu barchamizga ayon bo’lishi kerak. Buni Markaziy Osiyo mintaqasining tinchligi barqarorligiga va kelajak ravnaqini qadrlaydigan minglab insonlar ochiq qalb va ochiq yuz bilan kutib olmog’i muqarrar. Mintaqa mamlakatlarining integratsiyasi birlashuvi uchun xizmat qiladigan jamoatchilik harakati tuzilsa va bu xarakatda ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, qardosh xalqlarimizning birligi uchun kurashga qodir insonlar – xam Qozog’iston, ham Qirg’iziston, ham Turkmaniston, Tojikiston va O’zbekiston vakillari qatnashsa nur ustiga nur bo’lishi aniq. Mazkur jamoatchilik harakati “Turkiston – umumiy uyimiz” deb nomlansa – ayni muddao. Bu harakat mamlakatlarning o’zaro birligini yanada mustahkamlashga, qadim Turkiston zaminida yashovchi barcha xalqlar, millatlar va elatlarni yaqinlashtirish maqsadida yurgan sog’lom kuchlarni o’z saflariga olishiga shak-shubxa yo’q. Bunday xarakat o’z faoliyatini, birinchi navbatda, mintaqa davlatlari orasida bugun paydo bo’lgan ko’pgina sun’iy to’siqlarga barham berishga, odamlar bir paytlar bo’lganidek, bepoyon Turkiston hududlari bo’ylab o’zaro bordi-keldilarni, madaniy-ma’naviy munosabatlarini, savdo-iqtisodiy aloqalarini emin-erkin davom ettirishi uchun zamin hozirlashga qaratsa, ayni muddao bo’lur edi. Buning uchun esa bugun tamal toshi qo’yilayotgan Markaziy Osiyo xalqlarining yangicha do’stona munosabatlarini beqaror ta’sirlarga berilmasdan izchillik bilan davom ettirish zarur. Muhtaram Oliy Majlis a’zolari! Mana, 1995 yilning beshinchi oyi ham boshlandi. Ma’lumki, bu yildan xalqimizning umidi katta. Mavjud xisob-kitoblarga ko’ra, bu yil iqtisodni barqarorlashtirish yili bo’lishi kutilmoqda. Ammo har qanday umidbaxsh taxmin va orzular ham faqat qattiq mehnat bilan, izlanish va mashaqqat bilan ro’yobga chiqishini xammamiz yaxshi bilamiz. Bu yilgi ob-xavo ham, xalqimizningintilish va haraklatlari ham yaxshi hosillardan darak bermoqda. Aziz yurtdoshlarimizning bizga bildirgan ishonch va umidlarini oqlash shu zalda o’tirgan har birimizning ham ijtimoiy, ham insoniy burchimizdur. Ishonchimiz komilki sizlarning har biringiz uddaburon, ishning ko’zini biladigan, astoydil kirishsa tog’ni talqon qilishga qodir g’ayratli kishilarsiz. Savobli ishlarga odamlarni boshlash, yetakchilik qilish har biringizning qo’lingizdan keladi. Bundan mening ko’nglim to’q. Men sizlardan faqat bir narsani iltimos qilmoqchiman: ko’proq odamlar orasida bo’linglar, xalqning turmushidan, hol-axvolidan xabar olib turinglar. Ayniqsa, muhtojlarning, yetim-yesir, beva-bechoralarning, ixtiyojmand oilalarning muammolari Navro’z yoki Xayit kunlaridagina emas, doimiy e’tiboringizda bo’lsin. Sizlarga sixat-salomatlik, kuch-quvvat tilayman. Download 72.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling