Unmarc va uzmarc kommunikativ formatlari
Download 20.49 Kb.
|
AMINOVA.J--KATALOG--7
UNMARC VA UZMARC KOMMUNIKATIV FORMATLARI. REJA: Hozirgi hayotimizda MARC formatining o’rni. UNMARC va UZMARC formatlarining ahamiyati. Jahonda komminikativ formatlarning ahamiyati. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida elektron kutubxonalar barpo etish, korporativ tarmoq orqali ma’lumotlar almashish, virtual muhitda xizmat ko‘rsatish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar jahon andozalariga mos, jahon talablari doirasida bajarilishi yuqorida ta’kidlanganidek, muhim ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Oxirgi yillarda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini tashkil etishda bir qator loyihalar amalga oshirildiki,'ular nafaqat respublika kutubxonachilik ishini rivojlantirishga, balki, jahon andozalariga mos ravishda shakllantirishga xizmat qilayapti. Shu o‘rinda bu borada Yevropaning yetakchi mamlakatlarida raqamli kutubxonalar barpo etish borasida amalga oshirilgan ish tajribalarini o‘rganish, tahlil etish va o‘z faoliyatimizda qo‘llash elektron kutubxonalarni shakllantirish ishlarini yanada rivojlantirishda katta natija berishi aniq. Shu maqsadda Yevropa mamlakatlarida raqamli kutubxona fondlarini yaratish loyihalarini o‘rganib qisqacha sharhlab o‘tamiz. Yevropada dastlabki raqamli kutubxonalar yaratish loyihasi boshlanganiga o‘n yildan ziyod vaqt o‘tdi. Bu davr mobaynida raqamli kutubxonalar rivojlanishi bolalik davridan yetuklik davrga o‘tib, o‘z rivojlanishining muqobil bosqichiga yetib keldi. Raqamli kutubxonalar tushunchasi, ularning mavjud bo'lishlik mazmuni haqida fikr yuritar ekanmiz, Internet tarmog‘ida juda ko‘p raqamli kutubxonalarning mavjudligi, ularning ko'pchiligi qat’iy standartlarga mos emasligini ta’kidlash mumkin.Yevropada raqamli kutubxonalarning rivojlanishi juda sermahsul. Oddiy kuzatuvchi sifatida Yevropada raqamli kutubxonalarning rivojlanish yo‘nalishlarini, raqamli kutubxonalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalarni sharhlaymiz. Yevropa raqamli kutubxonalarining rivojlanish tajribasini o'rganish asosida mutaxassislar o‘z raqamli kutubxonalarini yaratishdagi faoliyatlarini tizimli tashkil etishda foydalanishlari mumkin. Raqamli kutubxonalar g‘oyasi yangilik bo'lmasada 1990-yilga qadar real bo‘lmagan. Umuman ilk raqamli kutubxonalar Amerika Qo'shma Shtatlarida barpo etilgan bo‘lib, Aleksandriya raqamli kutubxonasi loyihasi, Initsiativa raqamli kutubxonasi loyihalari misol bo‘la oladi. Tez orada raqamli kutubxonalar yaratish borasidagi g‘oyalar, madaniy qadriyatlarning saqlash va yetkazishning yangi muhimroq turi sifatida Yevropaga tarqaldi. Bu o‘zgarishlar rivojlanishi turli darajada bo‘lgan Yevropa mamlakatlariga tarqala boshladi. Yevropa turli xil rivojlanishdagi mamlakatlar bir-biriga juda yaqin joylashgan mintaqalardan biridir. 0 ‘xshash madaniy qadriyatlar, bir-biriga yaqin bo‘lgan madaniy meros bu mamlakatlarni birlashtiradi. Mazkur asos Yevropa mamlakatlari orasidagi hamkorlikni kuchaytiradi. Hamkorlik an'analari Raqamli kutubxonalar yaratishda ham saqlangan. Kutubxonachilik sohasi Yevropa Ittifoqining ilmiy tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirishning uchinchi va to‘rtinchi dasturining bir qismi sifatida kiritildi. Bu dastur faoliyati doira sida kutubxonalar uchun telematika 1990-yildan 1998-yilgacha muntazam iqtisodiy qo‘llandi. Beshinchi dasturda ham kutubxonalarning raqamlashtirish faoliyatiga doir loyihalar iqtisodiy qollab-quvvatlandi. *CANDLE (Controlled Access to Digital Libraries in Europe — Контролируемый доступ к электронным библиотекам в Европе)1 Yevropa elektron kutubxonalaridan foydalanishni boshqarish nomli loyiha 1998-yilda boshlanib, 30 oy mobaynida davom etdi. Bu loyiha CaseLibrary loyihasida kutubxonalar tomonidan nashriyotlar va yetkazib beruvchi agentliklar bilan hamkorlik orqali olinadigan raqamli nashrlarni kutubxonachilarga tanishtirishga tomon yo‘naltirilgan. Loyiha koordinatorlari madridlik bo‘lib (Ispaniya), B.H. Blackwell Ltd. (Buyuk Britaniya), Sough Bank University (Buyuk Britaniya), Universit di Fierenze (Italiya) va National and Capodistrian University of Athens (Greece) kabi muassasalardan ishtirokchilarni jalb qilishdi. *CECUP (Central and Eastern European Copyright User Platform центральная и Восточная Платформа Европейского Copyright Пользователя)2. Bu Yevropa foydalanuvchilarining mualliflik huquqi platformasining Markaziy va Sharqiy Yevropa uchun davomi edi. Bu mualliflik huquqi sohasida Markaziy va Sharqiy Yevropada yuzaga keladigan muammolar, raqamlashtirish va elektron xizmatlarning texnologik ishlanmasiga bag‘ishlanadi. *DEBORA (Digital Access to Books of the Renaissance — цифровой доступ к книгам эпохи Возрождения) Uyg‘onish davri kitoblariga raqamli ega bo‘lish deb nomlangan loyiha 1999-yilning yanvaridan boshlab 30 oy davom etdi. XULOSA:
Download 20.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling