Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
3. Manbalar. Janubiy Osiyoga xos bo‘lgan xususiyat taraqqi-
yotning merosiyligi va davomiyligidir. Qadimgi va o‘rta asrlarda bu yerda keskin etnik o‘zgarishlar yuz bermagan. Ijtimoiy mu- nosabatlarda kasta tuzumi va madaniy an’analarning barqaror- ligi ko‘rinib turadi. Qadimgi Hindistonning ko‘pgina asarlari hozirgacha hinduizm va buddizmning muqaddas kitoblari hi- soblanadi. Yozma manbalar bizgacha ko‘plab yetib kelgan. San- skrit tilini o‘rganish qadimgi til grammatik asarlariga, asosan, Panini grammatikasiga (mil.avv. IV asr) asoslanadi. Adabiyot asosan diniy madhiyalar (rigveda va boshqa vedalar), marosim sharhlari, nasihatlar to‘plamidan iborat. Ijtimoiy munosabatlarni o‘rganish uchun asosiy manba sifa- tida, diniy-axloqiy majburiyat – draxmalar («Manu qonunlari»), siyosat, san’at (Artxashastra), muhabbat to‘g‘risidagi (Kama- sutra) maxsus traktatlardan foydalaniladi . Bu manbalarda fikrlar tarqoq, an’anaviy ruhda bayon qilingan. Shu bilan birga, bu asarlar qachon va qayerda tuzilganligini aniqlashning iloji yo‘q. Adabiyotlarda tarixiy voqealar kam tilga olinadi. Tarixiy voqealar ko‘p hollarda yarim afsonaviy qissalarda aks etadi. Ilk yilnomalar Milodiy I asrlarda Seylondagi budda monastirlari- da tuzilgan. Davlat arxivlari, xususiy arxivlar bizgacha yetib kelmagan. Hujjatlar palma daraxti barglari, po‘stloq yoki mato parchasi kabi mo‘rt asosga yozilgani uchun hozirgacha saqla- nib qolmagan. Ba’zi hujjatlarni hisobga olmagan qadimgi Janu- biy Osiyo siyosiy tarixi bo‘yicha asosli ma’lumotlar juda kam. Katta tarixiy davrlar va keng hududlarni tahlil qilish bilan ij- timoiy-iqtisodiy munosabatlarni faqatgina umumiy belgilarda tavsiflash mumkin. Bizgacha faqat mil.avv. III–II ming yilliklarga oid, o‘qish qiyin bo‘lgan Hind sivilizatsiyasiga mansub muhrlardagi qisqa yozuv- 246 lar va Ashoki davri (mil.avv. III asr) yozuvlarigina yetib kelgan. Ashoki ediktlari deb atalgan yozuvlarda davlat qonun-qoida- lari va diniy-axloqiy yo‘riqlar berilgan. Antik mualliflar (Gero- dot, Strabon, Diodor, Arrian) Hindiston to‘g‘risida ma’lumotlar beradilar. Salavk Nikatorning Hindistondagi elchisi Megasfen uzoq vaqt Maurilar saroyida yashab, o‘zining «Indika» asarini yozadi. U Hindistonning iqtisodiy-ijtimoiy hayoti, davlat hoki- miyati va o‘sha davrdagi Hind kastachilik tuzumini tasvirlaydi. Xitoy tarixchisi Sima Syan va mil.avv. II asrda yashagan bosh- qa xitoy yozuvchilari qadimgi Hindiston to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarni beradi. Xitoy sayyohi Fan Syan (IV–V asrlar) bu- tun Hindistonni Seylongacha kezib chiqib, o‘sha davr Hindis- toni to‘g‘risida, Chandragupta II davrida davlatning boshqaruv tizimi va ijtimoiy munosabatlar to‘g‘risida ma’lumot beradi. Qadimgi Hindistonda qurilish materiali sifatida asosan yog‘och ishlatilgan. Bu yog‘och inshootlarining umri qisqa. Bun- day inshootlar vaqt o‘tishi bilan yo‘q bo‘lib ketgan. Tosh va jez haykaltaroshligi keyingi asrlardagina paydo bo‘ldi. Yana shu- ningdek, Hind qadimiy obidalarini o‘rganish asosan XX asrda boshlandi. Faqat ozgina shaharlar – Moxenjo-Daro va Xarappa katta maydonlarda qazib ochilgan. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling