Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
4. Tarixnavislik. Qadimgi Hindiston tarixi bo‘yicha o‘rta asr-
lardan boshlab tarixiy asarlar yozila boshlandi. O‘rta Osiyo va arab olimlari bu o‘lka tarixi, tili, e’tiqodi, urf-odat va an’analari to‘g‘risida asarlar yaratdilar. Mashhur qomusiy olim Abu Ray- hon Beruniy (973–1048-yillar) Hindistonda bir necha yil yashay- di. Uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston» asarlarida qadimgi hind tarixi va madaniyati to‘g‘risida qimmat- li ma’lumotlar beriladi. Yangi davrdan boshlab Yevropa olimlari Hindistonga qiziqa boshladilar. Dastlab qadimgi hind tili, ad- abiyotini o‘rganish boshlandi (Gamilton, Rozen, Lassen, Rot, Myuller va boshqalar). XVIII asr oxi rida sanskrit adabiyotining yodgorliklari: «Manu qonunlari», Kalidasining «Shakuntali» dra- masi, falsafiy poema «Bxagavagita» tarjima qilinadi. Nemis tadqiqotchilari Hindistonda jahon madaniyatining ildizini qidirdilar. XIX asrning birinchi yarmida sanskrit tilining qadimgi fors, lotin va yunon tillari bilan qarindoshligi nazari- yasi ilmiy asoslandi. XIX asrning o‘rtalarida va ikkinchi yarmi- da hind adabiyotining yodgorliklari, asosan vedalarni tarjima qilish va chop qilish yuzasidan muhim ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 50 tomli «Sharqning muqaddas kitoblari» (Oksford 247 universitetida Maks Myuller asos solgan), ko‘p tomli sanskrit lug‘atlari paydo bo‘ldi. XIX asrning oxirida T. Ris, Devids pali tilidagi matnlarni o‘rganish va chop etish jamiyatini tashkil et- dilar. XIX asrning 70-yillari XX asrning boshlarida Hindistonda ar- xeologik qazishmalar boshlanadi. Hindistonning ilk arxeologik xaritasini olim A. Kanningem tuzadi. XX asrning 20-30-yilla- rida Janubiy Osiyoning eng qadimgi hind sivilizatsiyasi ochildi. Tizimli arxeologik qazishmalar natijasida XX asr boshlaridan arxeolog Marshall Taksila shahri xarobalarini ochdi. Xarappa va Moxenjo-Daro shaharlaridan boy topilmalardan – eng qa- dimgi yozuv namunalari topildi (Banerji, Marshall, Makkey va boshqalar). XX asr boshlarida hindshunoslikning umumiy kon- sepsiyasida yevrosentrizm an’anasi kuchli edi. Qadimgi hind jamiyati turg‘un, mustaqil taraqqiyotga qobiliyatsiz, hind dav- lati teokratik va despotik, tafakkur chalg‘itilgan va faqat diniy deb asoslashga harakat qilindi. Hindistonga makedoniyalik Aleksandr yurishining siyosiy ahamiyati bo‘rttirib ko‘rsatiladi. Hind madaniyatining muhim yutuqlari (epik asarlar, poeziya, teatr) yunonlardan o‘zlashtirilgan deb uqtirildi. Faqat XX asrning birinchi yarmida hind milliy tarixnavisligi- ning juda katta tadqiqotlari bunday qarashlarning asossizli- gini ko‘rsatdi. Hind milliy tarixnavisligi manbalarda ko‘p hol- larda yetarlicha tanqidiy tahlil etilmadi. Qadimgi tarix ma’lum darajada modernizatsiya qilindi. Shunga qaramasdan, qadim- gi hind tarixi va madaniyati bo‘yicha olib borilgan ilmiy tad- qiqotlarda qadimgi hind sivilizatsiyasining mustaqil rivojlanib, noyob bir madaniyat sifatida mukammal shakllanganligi o‘z isbotini topdi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling