Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy sanalar Mil.avv. V
- UMUMHIND DAVLATINING VUJUDGA KELISHI. «KLASSIK DAVR» (mil.avv. II asr – milodiy V asr) 1. Mil.avv. VI–III asrlarda Hindiston. Ijtimoiy tuzum.
- 1. Mil.avv. VI–III asrlarda Hindiston. Ijtimoiy tuzum.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Бонгард Левин Г.М. Индия в древности. – М.: 1985. 2. Шарма Р.С. Древнеиндийское общество. – М.: 1987. 3. Бэшем А.Л. Чудо которым была Индия. – М.: 2000. Asosiy sanalar Mil.avv. V –IV ming yilliklar Shimoliy-G‘arbiy Hindistondagi neolit madaniyati. Mil.avv. XVIII asr oxiri Xarappa madaniyatining parchala- nishi. Mil.avv. XXIII–XVII asrlar Qadimgi Hind sivilizatsiyasi. Mil.avv. XIII asr Shimoliy-G‘arbiy Hindistonda hin- doriy qabilalarining joylashuvi. «Rigveda»ning yaratilishi. Mil.avv. XI–X asrlar Rigvedaning matnlati shakllanishi. Mil.avv. IXVII asrlar «So‘nggi veda» davri. Shimoliy Hindistonda davlatlarning paydo bo‘lishi, Gang vodiysining o‘zlashti r- lishi. Mil.avv. XVIII asr Xarappa madaniyati tushkunlikka uchradi. 255 UMUMHIND DAVLATINING VUJUDGA KELISHI. «KLASSIK DAVR» (mil.avv. II asr – milodiy V asr) 1. Mil.avv. VI–III asrlarda Hindiston. Ijtimoiy tuzum. 2.Mil.avv. VI–III asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 3. «Klassik davr». Janubiy Osiyoning siyosiy tarixi (mil.avv. II asrdan – milodiy V asrgacha). 1. Mil.avv. VI–III asrlarda Hindiston. Ijtimoiy tuzum. Hindshunoslik adabiyotida mil.avv. VI–III asrlar buddaviylik, urbanizatsiya davri yoki magadxa-mauri davri deb ataladi. Mil. avv. I ming yillik o‘rtalarida Shimoliy Hindiston jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarida keskin o‘zgarishlar yuz ber- di. Bu o‘zgarishlar to‘g‘risida arxeologik va yozma manbalar, ayniqsa, budda manbalari boy ma’lumot beradi. Mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida Shimoliy Hindistonda o‘n oltita katta urug‘ va bir necha o‘n kichik davlat paydo bo‘ldi. Mil.avv. VI asr oxirida Ahmoniylar Eroni Hind daryosi vodiysi- ni bosib oldi. Shu vaqtdan boshlab Hindiston Old Osiyo mam- lakatlari bilan yaqin madaniy aloqaga kirishadi. Bu vaqtda Hindistonning asosiy madaniy-siyosiy markazlari Gang vodiy- sida edi. Magadxa va Koshala Gang daryosining quyi oqimi- da, Gang va Yamun oralig‘ida Vatsa, Avanti davlatlari o‘rtasi- da yetak chilik uchun kurash olib bordilar. Vaqt o‘tishi bilan Gang vodiysida ko‘p sonli mayda davlatchalar ichidan Magadxa podsholigi birinchi o‘ringa сhiqib oldi. Qadimgi Magadxa (hozir- gi Janubiy Bixar viloyati hududi) qulay geografik, strategik va sav do yo‘llari kesishgan hududda joylashgan. Bu davlat boshqa bir necha kichik davlatchalarni birlashtirdi. Mamlakat Hindis- tonning ko‘plab viloyatlari bilan gavjum savdo qilgan. Magadxa qazilma boyliklar, jumladan, metallga boy edi. Uning yangi qa- dimgi poytaxti Rajagrixa shahri edi. Magadxa podshosi Udain davrida (mil. avv 461–445-yillar) poytaxt Pataliputraga (hozirgi Patna shahri) ko‘chirildi. Bu shahar butun Hindiston bo‘yicha eng katta savdo-hunarmandchilik markaziga aylandi. Keyin Magadxa taxtida nand sulolasi qaror topdi va Magadxa katta 256 imperiyaga aylandi. Nand davlati Maurilar imperiyasini tashkil topishi uchun shart-sharoit yaratdi. Mil.avv. IV asrda Shimoliy Hindistonda Panjobdan to Benga- liyagacha bo‘lgan yerlar Mauri urug‘idagi magadxalik zodagon Chandragupta (mil.avv. 321–297-yillar) tomonidan bo‘ysundi- rildi. Maurilar imperiyasining tashkil topishi Hindiston tarixida muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Qadimgi Hindiston tarixida birinchi bor chekka janubdan tashqari, ilk bor butun Hindiston hududi birlashgan davlat tarkibiga kirdi. Antik mualliflar podsho Chandragupta makedoniyalik Alek - sandr Shimoliy Hindistonda qoldir gan yunon-makedon garni- zonlari va uning noiblari bilan urush olib borgani to‘g‘risida ma’lumot beradilar. Chandragupta Shimoliy-G‘arbiy Hindis- tondan to Pataliputra hududlarigacha istilochilik urushlarini olib borgan. U Nand sulolasining so‘nggi podshosi bilan urush- da g‘alaba qozondi va Magadxa hududlarini o‘z davlati tarkibiga qo‘shib oldi. Taxminan mil.avv. 314-yilda Chandragupta yangi Mauri- lar sulolasi (mil.avv. 317-yildan mil.avv. 180-yilgacha)ga asos solib, o‘z mutlaq hokimiyatini o‘rnatdi. Ammo uning davlati uchun Salavkiy lar davlati jiddiy raqib edi. Chandragupta bu davlatning g‘ayratli hukmdori Salavk Nikator bilan urush olib borishga majbur bo‘ldi. Bir necha yillik urushlardan so‘ng har ikki tomon o‘rtasida mil.avv. 303 yoki 302-yilda tinchlik shart- nomasi tuzildi. Shartnomaga ko‘ra, Maurilar Aleksandr ilgari bo‘ysundirgan Hindiston shimoliy-g‘arbidagi ayrim viloyatlarga ega bo‘ldilar (Ariya, Araxosiya, Gedrosiyaning bir qismi va Para- pamisad qabilalari yerlari). Salavk buning evaziga 500 jango- var filni oldi. Hindiqush tog‘i Salavkiylar va Maurilar o‘rtasidagi chegaraga aylandi. Tinchlik shartnomasidan so‘ng Salavk o‘z elchisi Megasfenni Maurilar saroyiga yubordi. Megasfen Mau- rilar saroyida 5 yil yashab, Maurilar davlati davrida Hindiston- ning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, davlat tuzumi to‘g‘risida qimmatli ma’lumot larni yozib qoldirgan. Chandraguptaning vorisi Bin- dusara mil.avv. 297–272-yillarda faol istilochilik urushlari olib borib, Afg‘onistonning katta qismi, Belujiston, Shimoliy Hindis- ton va deyarli Dekan yarim orolini to‘liq bo‘ysundirdi. Megasfendan so‘ng Maurilar saroyiga Salavkiylarning navbat- dagi elchisi Deymax keldi. Bu elchilik Bindusara podsholigi davriga to‘g‘ri keladi. Podsho Bindusara Misr bilan elchilik alo- qalarini o‘rnatdi. Shu sababli, Maurilar saroyiga Ptolemeyning 257 elchisi Dionisiy tashrif buyurdi. Bindusara mamlakatning ij- timoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash uchun qator ishlarni amalga oshirdi. Chandraguptaning nevarasi podsho Ashoki davrida (mil. avv. 272–232-yillar) Maurilar davlati gullab-yashnadi. Bu vaqt- da butun Hindiston chekka janubdan tashqari yagona davlat- ga birlashdi. Ashoki hukmronligining sakkizinchi yili Kalingi davlatini bosib oldi. Ashoki davlat hokimiyatini mustahkam- lashga harakat qildi. Uning qonunlari (ediktlar) mamlakatning turli hududlarida tosh lavhalarga yozib qo‘yildi. Bu ediktlar orqali Ashoki davlatining boshqaruv tizimi, eng muhim siyo- siy voqealar, podshoning ijtimoiy siyosati to‘g‘risida tasavvur hosil qilish mumkin. Umumhind davlatining hukmdori o‘zini faqat Magadxa davlatining podshosi deb hisoblagan. Bosqin- chilik urushlari ma’muriy apparatni to‘liq almashtirish va eski siyo siy tuzumni o‘zgartirishga olib kelmagan. Mamlakat asosan besh viloyat – noiblikka bo‘lingan. Noibliklarni podsho xona- doni a’zolari boshqargan. Noibliklar yana kichkina ma’muriy hududlarga bo‘lingan. Podsho maxsus amaldorlar (radjuklar)ni har uch yoki besh yilda bir marta viloyatlarga mahalliy hokim- lar faoliyatini nazorat qilish uchun yuborgan. Podsho hokimiyati poytaxtda oliy mansablarni egallagan zodagonlar va podsho qarindoshlaridan tuzilgan podsho ken- gashi bilan cheklangan. Podsholar ham o‘z navbatida, urug‘ zo- dagonlari, kshatriylarning imtiyozlarini cheklashga harakat qil- ganlar. Ularni o‘z tarafdorlari bilan almashtirishga intilganlar. Podsholar o‘z qo‘llariga moliyaviy boshqaruvni to‘plab, davlat xazinasini to‘ldirishga uringanlar. Hindistondagi barcha davlatlarning hukmdorlari noan’ana- viy dinlarga, asosan, budda diniga homiylik qildilar. Mauriylar budda dini targ‘ibotiga jiddiy e’tibor berdilar. Turli mamlakat- larga budda g‘oya larini targ‘ib qilish uchun missionerlar yubo- rildi. Ayniqsa, Hindiston bilan yaqin aloqada bo‘lgan viloyatlar- da budda ta’limoti tez qabul qilindi. Shri-Lankada bu jarayon jadal sur’atlar bilan kechdi. Mahalliy tarixchilar Shri-Lankada dehqonchilik, hunarmand- chilik va davlatchilikning paydo bo‘lishini mil.avv. V asr da Shi- moliy Hindistondan kelganlar faoliyati bilan bog‘laydi. Shaxzoda Singala («Yo‘lbars») ularning boshida turgan. Uning nomi bilan mamlakatdagi hukmron etnik guruh – aholi singallar deb aytila boshlandi. Arxeologik qazishmalar ham mil.avv. I ming yillik 258 o‘rtalarida Shri-Lankada birdaniga temir asri madaniyati pay- do bo‘lganidan guvohlik beradi. Seylon xronikalari Ashokining ukasi maxsus missiya bilan mahalliy hokimni budda ta’limo- tining afzalligiga ishontirgani va tez orada bu yerda ilk budda monastirlari paydo bo‘lgani to‘g‘risida hikoya qiladi. Shri-Lanka Ashoki davridan to shu kungacha budda dini hukmron bo‘lgan mamlakatdir. Mil.avv. IV–III asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida umumhind davlatining tashkil topishi muhim ahamiyat kasb etdi. Mamlakat miqyosida savdo-hunarmandchilik rivojlanib, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy-madaniy aloqalar kuchaydi. Bu davrda hunarmandchilik markazlari bo‘lgan shaharlar gullab-yashnaydi. Pataliputra, Ujayana, Varanasa va Matxura shaharlari rivojlandi. Pataliputra shahriga mil.avv. V asrda asos solingan bo‘lib, tez orada shimoliy Hindistonda Magadxa davla- tining savdo-hunarmandchilik va madaniy markaziga aylandi. U Magadxa, Maurilar, Nand, Shung, Gupta davlatlarining poy- taxti bo‘ldi. Hunarmandlar ixtisosliklar bo‘yicha joylashib, o‘z birodarliklari (shreni) ga ega bo‘lganlar. Ba’zi yirik ustaxonalar (verflar, qurolsozlik, zargarlik, to‘qimachilik) podshoga qarashli bo‘lgan. Mahsulot ishlab chiqarishda joylarning ixtisoslashuvi kuzatilgan: Magadxada sholi va metall, mamlakatning shimo- li-g‘arbi – tariq, yilqi, janub – qimmatbaho toshlar, marvarid va ziravorlar, g‘arb – paxta va paxta mahsulotlari bilan shuhrat qozongan hokimiyat savdodan katta foyda ko‘rgan. Tashqi sav- do rivojlangan. Mil.avv. V–III asrlarda iqtisodiyotning barcha sohalari o‘sdi. Qishloq xoj’aligida yangi yerlar o‘zlashtirildi, sun’iy sug‘orish rivojlanib, ekiladigan o‘simliklar soni ko‘paydi. Shimoliy Hindis- tonning rivojlangan viloyatlarida yerga xususiy mulkchilik sal- mog‘i o‘sib bordi. Mulk merosiy bo‘lib, oila boshlig‘i mulkning to‘la xo‘jayini edi. Xo‘jalikni katta yoki kichik oila yuritdi. Aholi qishloq jamoasi bo‘lib yashadi. Qishloqning ichki hayoti jamoa tashkiloti orqali boshqarilib, qo‘shnilar o‘rtasidagi ixtiloflar odat asosida hal qilingan. Alohida hollardagina ish podsho sudiga- cha borgan. Qishloq jamoasi oqsoqoli podsho hokimiyati oldida jamoaning kafolatchisi bo‘lgan qishloqda dehqonlardan tash- qari ularga xizmat qiladigan turli kasb egalari ham yashagan. Qishloqning shahar bilan aloqasi zaif edi. Jamoa ichida mulkiy tabaqalanish kuchli edi. Qishloq jamoalari besh yoki 10 qish- loq birlashgan katta jamoani ham ba’zida tashkil qilgan. Davlat 259 jamoaning ichki ishlariga aralashmay, hosilning uchdan biri miqyosidagi soliq olish bilan cheklangan amaldorlarga xizma- ti uchun ma’lum miqdorda yer ulushi bergan. Bu davrda hu- narmandchilik markazlari bo‘lgan shaharlar gullab-yashnaydi. Bundan tashqari, umumhind davlati butun Janubiy Osiyo- ning barcha hududlari sivilizatsiyalashuvida muhim rol o‘yna- di. Maurilar imperiyaning mafkuraviy asosi qilib budda dinini oldilar. Ayniqsa, Ashoki budda diniga homiylik qilib, mo‘l-ko‘l sovg‘alar berib, biddaviylik ibodatxonalari va monastirlarini qu- rilishini rag‘batlantirdilar. Ashokining davlat va diniy siyosati mahalliy zodagon – rojalar va brahmanlik kohinlari qarshiligiga duch keladi. Uning o‘limidan so‘ng maurilar sulolasi zaiflashdi. Mil.avv. 180-yillar atrofida Maurilar sulolasining so‘nggi vaki- li o‘z sarkardasi tomonidan o‘ldiriladi. Yangi sulola Shunglar hokimiyat tepasiga keldi. Maurilar davlati zaiflashib, mil.avv. II asr boshlarida parchalanib ketdi. Lekin u to‘g‘risida xotira qoldi. Madaniy birlik – davlat paydo bo‘ldi. Ashoki kapitelida- gi to‘rt sher hozirgi kunda Hindiston Respublikasining milliy ramzi hisoblanadi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling