Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

6. Fan. Qadimgi hindlar matematika, astronomiya, tibbi-
yot va tilshunoslikda katta yutuqlarga erishdilar. Hind fani-
ning ilmiy yutuqlari boshqa xalqlarning madaniyatiga katta 
ta’sir o‘tkazdi. Qadimgi hind kashfiyotlari Yevropada faqat 
yangi davrdagina amalga oshirildi. Dunyo matematika va 
ast ronomiyasi tarixida milodiy V–VI asr boshlarida yasha-
gan olim Ar’yabxataxa alohida o‘rin egallaydi. U «pi» sonining 
ahamiyatini aniqladi va chiziqli tenglamani yechishning o‘ziga 
xos yo‘lini taklif qildi. Bu zamonaviy matematika yutuqlariga 
yaqin edi. Hind matematikasining yana bir ajoyib yutug‘i nol 
bilan hisoblashning o‘nlik tizimi yaratilishi edi. O‘nlik tizim 
arablar tomonidan o‘zlashtirilib, ular orqali boshqa xalqlar-
ga tarqaldi. Hozir undan butun dunyo foydalanadi. Qadim-
gi hind raqamlarini belgilash tizimi zamonaviy nomerlash 
tizimini belgiladi va zamonaviy arifmetikaning asosida yotdi. 
Mavhum son to‘g‘risidagi ta’limot va raqamli tizimning yuqori 
darajasi ishlab chiqilishi algebra fanining yutug‘i bo‘ldi. An-
tik fanda faqat geometriyaga e’tibor berilgan edi. Qadimgi 
hindlar esa matematika fanini rivojlantirdilar. O‘rta Osiyo lik 
olimlardan al-Xorazmiyning matematika bo‘yicha asari hind 
matematikasining yutuqlaridan foydalanilgan holda yaratildi 
va bu asar 1145-yilda lotin tiliga tarjima qilingan edi. 
Zamonaviy matematikada foydalaniladigan «raqam», «sinus», 
«ildiz» atamalari hindlar tomonidan taklif qilingan. Astronomiya 
fanida ham hindlar katta yutuqlarga erishdilar. Matematika, 
astronomiya fanlari bo‘yicha V asrda mashhur olim Ar’yabxata 
harakatning nisbiyligi asosida yerning o‘z o‘qi atrofida va qu-
yosh atrofida aylanishini faraz qildi. 
Qadimgi Hindistonda falsafa yuqori darajada rivojlandi. Fal-
safada materialistik oqim bo‘lgan lokayata maktabi vujudga 
keldi. Hind materialistlari diniy «erkin bo‘lish» va xudolarning 


273
kuch-qudratlilik g‘oyasiga qarshi chiqdilar. Bilimning asosiy 
manbasi hissiy qabul qilish deb hisobladilar. Mashhur fayla-
suf, targ‘ibotchi Shankara Vedanta idealistik falsafa maktabini 
yaratdi. 
Qadimgi hind tibbiyotida uzoq yashash fani – ayurveda shakl-
landi. Hind tabiblari inson sog‘ligiga iqlimning ta’siri, o‘tlarning 
xususiyatini o‘rganmdilar. Shaxsiy gigiyena va parhezga alohi-
da e’tibor qaratdilar. Hind tibbiyot asarlarida 300 xil jarrohlik 
amaliyoti va 120 jarrohlik asboblari eslatib o‘tiladi. Tibet tibbi-
yoti qadimgi hind ayurvedasiga asoslangan. 
Qadimgi Hindistonda tilshunoslik fani yuqori darajada rivoj-
landi. Hindlar barcha fanlar va san’atlar asosida so‘z yotadi, 
deb hisobladilar. Mashhur tilshunos Paninining «Ashtadxyai» 
(«Sakkiz kitob») grammatik asarida til materiali chuqur va asos-
li tahlil qilingan va mukammal til nazariyasi shakl lantirilgan.
Qadimgi hind adabiyoti, falsafasi va madaniyati Yevropa va 
Amerikaning taniqli olimlari e’tiborini jalb qildi. Taniqli olimlar 
I. Gerder, I. Gyote, G. Getne, G. Gesse, S. Sveyg, L. Tolstoy, R. 
Rollan, R. Kipling va boshqalar qadimgi hind syujet va motivlari-
dan foydalanganlar. Gerder, Gyote, F. Shiller jahon adabiyoti-
ning yuksak namunalaridan biri bo‘lgan Kalidasining «Shakun-
tala» dramasini o‘qib, hayratga tushganlar. Bu dramani dunyo 
adabiyotining eng ajoyib namunalaridan biri deb e’tirof etdilar. 
Gyote hind afsonalari syujeti asosida bir qancha balladalarni 
yaratdi (ayniqsa, uning 1794-yilda yozgan mashhur «Xudo va 
raqqos» balladasi diqqatga sazovor). Mashhur Amerika yozuv-
chilari U. Emerson, G. Toro, U. Uitmen ijodiy faoliyatiga qadim-
gi hind falsafasi kuchli ta’sir o‘tkazdi. 
Qadimgi hind madaniyati bilan O‘rta Osiyo madaniyati juda 
yaqin aloqada bo‘ldi va bizning madaniyatimizning shaklla-
nishida hind madaniyatining ta’siri qadimdan juda kuchli 
ta’sir qildi. O‘z navbatida, hind madaniyati bizning ajdod-
larimiz yaratgan madaniyat namunalarini o‘zlashtirdi. Har 
ikkala buyuk madaniyatning bir-biriga hayotbaxsh ta’siri 
xalqlarimizni bir-biriga yaqinlashtirdi. Hind madaniyati va 
san’atida O‘rta Osiyoning ta’siri me’morchilik san’atida yaq-
qol ko‘rinadi. 


274

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling