Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

5. Me’morchilik va san’at. Maurilar davridan so‘ng ming 
yil davomida hind me’morchilik va tasviriy san’atining noyob 
yodgorligi bo‘lgan g‘ordagi Ajanta ibodatxonasi (qurilish mil.
avv. II asrdan milodiy VII asrigacha davom etgan) va budda 
monastirlari yaratildi. Ajanta ibodatxonasi 29 g‘orda qurilgan 
budda majmuasi bo‘lib, ichki devorlari va shiftlari tasvirlar bi-
lan qoplangan. Budda hayotidan keltirilgan turli manzaralar, 
har xil mifologik mavzular budda afsonalarini tasvirlaydi. Bun-
dan tashqari, kundalik hayot va saroy mavzusidagi (podsho ovi, 
elchilar qabuli va boshqalar) holatlar tasvirlangan. Ajanta ibo-
datxonasi tasvirlariga o‘xshash noyob tasvirlar Shri-Lankadan 
ham topilgan.
Qadimda ko‘p inshootlar yog‘ochdan bunyod qilingani uchun
ular saqlanib qolmagan. Salavkiylar elchisi Megasfen yozuvlari-
ga ko‘ra Mauriylar podshosi Chandraguptaning ulkan saroyi 
yog‘ochdan qurilgan. Hind arxeologlari Chandraguptaning 
poytaxti Pataliputraning poytaxtida faqat tosh ustunlarning 
qoldiqlarini qazib topganlar. Milodiy I asr boshlarida qurilishda 
toshdan keng foydalanila boshlandi. Bu davr diniy me’morchili-
gi hinduizm, buddizm ibodatxonalarining g‘or majmualarida o‘z 
aksini topdi. Ana shunday g‘or majmualaridan Karle (Bombey 
yaqini) va Ellordagi ibodatxonalardir. Karledagi g‘or ibodatxo-
nasining balandligi 14 m, kengligi ham 14 m, uzunligi 38 m ga 
yaqin. Markaziy zalda tosh ustunlar, ko‘plab haykallar va ibo-
dat uchun stupa mavjud. Ellordagi g‘or ibodatxonasi majmuasi 
qurilishi Guptalar davrida boshlanib, bir necha asrlar davom 
etgan. 
Maurilar davridan so‘ng g‘isht va toshdan qurilishda keng 
foydalaniladi. Hozirgacha saqlangan obidalar ichida g‘arbiy 
Hindistondagi budda monastirlari diqqatga sazovor. Yer us-
tidagi monastirlardan biri Sanchida bunyod qilingan. Sanchida 
tepalik ustida ulkan budda monastiri qurilgan. Yana bir noyob 
san’at yodgorligi Ashoki yozuvlari bitilgan tosh ustunlardir. Bu 
ustunlar mamlakatning turli viloyat va shaharlaridagi may-
don, ko‘chalarga qo‘yilgan. Bu yozuvlarda mamlakatning ijti-
moiy-iqtisodiy va madaniy hayoti uchun muhim bo‘lgan Ashoki 
qonunlari, yo‘riqnomalari aks etgan. 
Maurilardan so‘ng haykaltaroshlikning mahalliy maktab-
lari vujudga keladi. Ulardan eng mashhurlari Shimoliy-G‘ar-


272
biy Hindistondagi Gandxara, Shimoliy Hindistonning markaziy 
qismidagi Madxur va Dekan viloyatidagi maktablardir. Milo-
diy I asridan Gandxara maktabida O‘rta Osiyo, Ellin va Rim 
madaniyatlarining ta’siri yaqqol ko‘rinadi. Gandxara uslubi Ku-
shon podsholigi davrida Markaziy va Sharqiy Osiyoning budda 
madaniyatiga ta’sir qildi. 
Madxur va Dekan maktablari Hind tasviriy san’ati an’analari 
bilan ko‘proq bog‘langan. Ana shu maktablar asosida o‘rta asr-
lar Hind va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari madaniyati 
shakllandi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling