Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Бонгард Левин Г.М. Индия эпохи Мауръев. –М.: 1978.
2. Кочетов А.Н. Буддизм. –М.: 1983.
Asosiy sanalar
Mil.avv. VI–V asrlar
Temir qurollarning tarqalishi, sha-
harlar qurilishi va ijtimoiy-iqtisodiy
tuzumdagi o‘zgarishlar.
Mil.avv. V–IV asrlar
Magadxaning yuksalishi. Panini 
sanskrit grammatikasining yaratilishi.
Mil.avv. 314–180-yillar 
Maurilar umumhind davlati.
Mil.avv. 268–231-yillar 
Ashoki hukmronligi. Budda dinining 
tarqalishi.
Mil.avv. II–I asrlar
Shimoliy-G‘arbiy
 Hindistonga yunon-
baqtriyaliklar, saklar va parfiyalik-
larning bostirib kirishi.
Mil.avv. I–III asrlar
Dekan hududida Sataxavanlar dav-
latining gullab-yashnashi. Shimoliy-
G‘arbiy Hindistonni Kushonlar davla- 
ti tarkibiga kirishi. «Arxashastra» va
«Manu qonunlari» to‘plamining yara-
tilishi.
Mil.avv. 297–272-yillar
Bindusara davrida faol iste’lochilik
urushlarini olib bordi.
Mil.avv. 272–232-yillar
Podsho Ashoki davrida Mauriylar 
davlati gullab-yashnashi.
380–415-yillar
Chandragupta II hukmronligi. Gupta
davlatining gullab-yashnashi. Kalidasi 
dramasi.


265
QADIMGI HINDISTON MADANIYATI
1. Vedalar. 2. Hinduizm. 3. Budda dini. 4. Adabiyot.
5. Me’morchilik va san’at. 6. Fan.
 1. Vedalar. Hind adabiyoti, tasviriy san’at, me’morchilik-
da diniy g‘oyalar kuchli. Qadimgi hindlarning adabiyot, san’at, 
fan va falsafada erishgan yutuqlari jahon sivilizatsiyasining 
tarkibiy qismlaridan birini tashkil etadi. Hind sivilizatsiyasi 
boshqa mamlakatlar, xalqlar, ayniqsa, Janubiy-Sharqiy Osiyo
Markaziy Osiyo va Uzoq Sharq madaniyati taraqqiyotiga hayot-
baxsh ta’sir qildi. Qadimgi Hind adabiyotining mashhur yod-
gorligi «Rigveda»ning minglab madhiyalari va so‘nggi veda ad-
abiyotlari oriylarning diniy e’tiqodlari to‘g‘risida boy ma’lumot 
beradi. Oriylar deb O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston va Hindis-
ton hududlarida bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan xalq 
nazarda tutiladi.
Qadimgi Hindistonda xudolar pog‘onasi mavjud bo‘lma-
gan. Xudolar samoda yashaydi, hind Oriylari xudolar tasviri-
ga sig‘inganlar. Qurbonlik keltirish olovga moy quyish va arpa 
donini tanlash bilan ifodalangan. Go‘yoki, qurbonlik tutun 
bilan samoga ko‘tarilib, xudolar qurbonlikdan to‘yib, yerdagi 
bandalariga ovqat yuboradilar. 
Dastlab ibodatxonalar qurish rasm bo‘lmagan. Kohinlar 
yopiq tabaqa bo‘lgan. So‘nggi veda davrida kohinlar alohida 
toifa – braxmanlar varnasini tashkil qilganlar va boshqa var-
nalardan mavqelari yuqoriligiga da’vo qilganlar. Uch varnadan 
birortasining to‘la huquqli a’zosi bo‘lish uchun faqat bu varna-
da tug‘ilish emas, balki braxman o‘qituvchining uyida o‘qish va 
maxsus bag‘ishlov marosimlari dan o‘tishi lozim edi. Bag‘ishlov 
marosimida bolaga muqaddas ip ilganlar. Bu «ikkinchi tug‘i-
lish» hisoblangan. Shudralarga marosimda ishtirok etishga 
ruxsat berilmagan. «Ikkinchi tug‘ilish» marosimi veda matnlari-
ni o‘qish va diniy sirlarni bilish huquqini bergan. Veda matnla-
rini o‘qituvchidan o‘quvchiga faqat og‘zaki uzatganlar. Natijada 
vaqt o‘tishi bilan ijtimoiy muhitning ta’siri ostida matnlar maz-
muni o‘zgarib ketgan. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling