Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Tarixnavislik, arxeologik topilmalar
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
4. Tarixnavislik, arxeologik topilmalar. An’anaviy Xitoy
tarixnavisligida ikki o‘ziga xos xususiyat ajralib turadi: Xi- toy madaniyatining boshqa qo‘shni madaniyatlardan ustunli- gi; Xitoy davlatchiligining kelib chiqishini afsonalarga bog‘lab o‘ta qadimiylashtirish. Xitoy tarixini o‘rganishni o‘rta asrlarda yapon olimlari boshlab berdilar. Yaponiyada Xitoy tarixini bar- cha davrlari o‘rganildi. Mashhur xitoyshunos olim Kaydzuka Sigeki qadimgi Xitoy davlatlarining shakl lanishiga oid kapital tadqiqotlar muallifi hisoblanadi. Yevropada Xitoy tarixini o‘rganishda fransuz tadqiqotchilari katta yutuqqa erishdilar. XX asr boshlarida E. Shavann Sima Syanning «Tarixiy yozishmalar»ini tarjima qila boshladi. Mash- hur sharqshunos, fransuz olimi A. Maspero o‘zining «Qadimgi Xitoy» nomli kapital asarini yaratdi. AQShda XX asrning 60-yil- lari oxirida «Qadimgi Xitoy tarixini o‘rganish» xalqaro jamiyati tashkil topdi (AQShda kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan olimlar Xi- toy tarixini o‘rganadilar). Amerikalik olim Rixtgofenning ilgari surgan nazariyasi qadimgi Xitoy madaniyatini kelib chiqishiga ko‘ra, Xitoy xalqining ajdodlari Xitoy hududiga qadimgi davr- larda O‘rta Osiyodan yoki Sharqiy Turkistondan (hozirgi G‘ar- biy Sinzyan) ko‘chib kelganlar. Rixtgofen nazariyasini uning tarafdorlari quyidagi dalillar bilan asosladilar: 1. Xitoy hududida ilk odamlarning suyaklari topilmagani; 2. Shimoliy Xitoyning turli hududlaridan topilgan neolit davri naqshli sopol buyumlari keyingi davr Xitoy keramikasidan bu- tunlay farq qiladi va o‘xshash emas. U o‘z tipiga ko‘ra, Tripole naqshli keramikasiga yaqinlashadi. 3. Qadimgi Xitoy mifologiyasida «bizning ajdodlar g‘arbdagi tog‘lardan keldilar» deb to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi. XIX asrning oxirida arxeologlar mil.avv. XI–V asrlarga oid In va Chjou sulolalariga tegishli jez ko‘zalarga tushirilgan yozuv lar, hayvon suyaklari va toshbaqa qalqonidagi bitiklar- ni topdilar. Shved geologi G. Anderson 1914-yilda ilk bor Xitoyda paleo- lit va neolit yodgorliklarini topdi. Fransuzlar Suyyuan provin- siyasidan mustye qurollari va neandertal odamning tishlarini topdilar. XX asrning 20-yillarida yosh Xitoy olimi Pey Ven- Chjun Pekindan 50 km janubiy-g‘arbda joylashgan Chjou- 278 koudyan qishlog‘i yaqinidagi g‘ordan eng qadimgi odamlardan biri bo‘lgan sinantrop qoldig‘ini va quyi paleolit tosh qurollar- ini topdi. Shu yillarda Anderson Xenan provinsiyasidan neolit davri manzilgohi va bu yerdan yerto‘lalar, silliqlangan tosh qur- ollari, naqshli loy idishlarni topdi. Bu madaniyat topilgan qish- loq nomi Yanshao madaniyati deb ataldi. Bu madaniyatning so‘nggi bosqichida mis buyumlar paydo bo‘ladi. 1930-yil Shandun provinsiyasidan neolit madaniyati manzil- gohi ochildi. Bu yerda qora va sariq rangli silliqlangan idishlar topildi. Bu madaniyatning Yanshao madaniyatidan farqli tomoni shundaki, bu yerdan topilgan sopol buyumlarda naqshlar yo‘q. Bu Lunshan madaniyati nomini oldi. Bu madaniyatga tegishli Chenszyay manzilgohi mustahkam devor bilan o‘rab olingan. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling