Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Moddiy madaniyat. Xitoy badiiy hunarmandchiligining eng 
katta yutug‘i lak ishlab chiqarish bo‘ldi. Lak mahsulotlari Xan 
imperiyasi tashqi savdosining muhim qismi edi. 
Lak yog‘ochni, 
gazlamani namlikdan, metallni zanglashdan himoya qilar 
edi. Xitoyda qurol-yarog‘lar ham namlik va zangdan saqlash 


300
uchun lak bilan qoplangan. Me’morchilik detallari, devoriy fres-
ka – tasvirlar, dafn buyumlari laklangan, Xitoy laki kislota va 
yuqori haroratga chidamli ekanligi yuqori baholangan. 
Xitoyda falsafa fani rivojlandi. Faylasuf Xan Fey (mil.avv. 
288–233-yillar) davlat boshqaruvida qonunning o‘rni bo‘yicha 
shug‘ullangan. Men Szi mil.avv. (372–289-yillar) faylasuf bo‘lib, 
insonparvarlikka tayanib davlatni boshqarish g‘oyalarini ilgari 
surdi. E. Feyerbax «Men Szi Xitoyning Konfutsiydan keyingi eng 
buyuk faylasufi», deb unga yuksak baho bergan. 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Антология древнекитайской философии. –М.: 1972–1973. 
Т.1-2.
2. Сыма Сян. Исторические записки. –М.: 1972–1987. Т.1-5.
3. Юан К.Е. Мифы древнего Китая. –М.: 1987.
Asosiy sanalar
Mil.avv. II–I ming yilliklar 
Xitoyda iyerogliflarning mahalliy
variantlari unifikatsiya qilindi.
Milodiy II–III asrlar
Xitoyga budda dini kirib keldi.
Mil.avv. 551–479-yillar
Konfutsiy yashagan yillar.
Mil.avv. III asr
Xitoy tabiblari igna bilan davolashni
kashf qildi.
Mil.avv. II asr
Xitoyda 9 kitobdan iborat «matema- 
tika» traktati tuzildi.
Milodiy I–II asrlar
Musiqa asboblari O‘rta Osiyodan
o‘zlashtirib olindi.
Mil.avv. 104-yil
Xitoyda 1 yil 365,25 kun ekanligi 
hisoblab chiqildi.
IV–VI asrlarda
Xitoyda budda dinining tarqalishi. 


301

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling