Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

2. Yozuv. Ilk Xitoy yozuvining eng qadimgi yodgorliklari mil.
avv. XIV–XI asrlarga oid fol ko‘rish yozuvlaridir. In yozuvlari-
ning ko‘pchilik qismi buyumlar tasviridir. In belgilari buyumlar 
tasviri yoki murakkab tushunchalarni ifodalaydigan ko‘pgina 
tasvirlar qo‘shilmasi ideogramma ko‘rinishidadir. Ierogliflar 
bir necha mingtani tashkil qiladi. In belgilarining hozirgi Xitoy 
iyerogliflaridan 3 xil farqli tomoni bor. Birinchidan, har bir oddiy 
belgi qandaydir buyumning shaklini tasvirlagan. Ikkinchidan, 
bir belgining yozilishida ko‘p xilma-xillik mavjud. Uchinchidan, 
belgini qatorning nisbiy yo‘nalishiga tomon harakati hali barqa-
ror bo‘lmagan. In yozuvining mil.avv. I ming yillikda chjoular 
tomonidan o‘zlashtirilishi uning taraqqiyotini uzib qo‘ymadi. 
Mil.avv. II–I ming yilliklarda iyerogliflarning mahalliy variant-
lari unifikatsiya qilindi. Belgilarni yozishning yangi husnixati 
paydo bo‘ldi. 
Qadimgi Xitoyda yozuv, odatda, suyak, yupqa yog‘och yoki 
bambuk taxtachalariga yozilgan. Tushli mo‘yqalam bilan yozuv 
ana shu taxtachalarga tushirilgan va yozuvlar metall pichoq bi-
lan tozalangan. Mil.avv. I ming yillikning o‘rtalarida ipak mato-
ga ham yozilgan. Ipak mato qimmat bo‘lib, undan hamma foy-
dalana olmas edi. Qog‘ozning kashf etilishi madaniyat taraqqi-
yotida yangi bosqich bo‘ldi. Qog‘oz latta, po‘stloq va bambuk 
aralashmasidan tayyorlangan. Eng qadimgi qog‘oz qoldiqlari 
mil.avv. II–I asrlarga tegishli. Qog‘ozning ixtirochisi deb, Xunan 
viloyatida yashagan qul Saylun aytiladi.
 Xan davrida yozuv ta-
komillashdi. Kayshu standart yozuv uslubi paydo bo‘ldi. Xi-
toy yozuvini Ve’tnam, Koreya, Yaponiyaning qadimgi xalqlari 
o‘zlashtirib oldilar.
3. Adabiyot. Eng qadimgi Xitoy she’riyati namunalari mil.
avv. XI–VI asrlarda jez ko‘zalardagi yozuvlarda yetib kelgan. 
«Shi 
szin» («Qo‘shiqlar kitobi») qadimgi Xitoy adabiyotining 
haqiqiy xazinasidir. Bu yodgorlik 4 bo‘limga bo‘lingan («Podsho-
lik axloqi», «Kichik odalar», «Buyuk odalar», «Madhiyalar») 305 
poetik asarlar majmuasidan iborat. «Shiszin» an’analari mil.
avv. IV asr da poetik asarlar mualliflari tomonidan o‘zlashtirib 
olindi. Bizgacha bu asarlar do‘mbira shaklini eslatadigan tosh 
uyumlarda yetib kelgan. Shu sababli, ular «Tosh do‘mbiralar-
dagi matn lar
» deb ataladi. Mil.avv. IV asrda mashhur Syuy 
Yuan, Xan davrida Sima Syan-ju kabi shoirlar ijod qilgan. Siam 


297
Syan-ju (mil.avv. 179–118-yillar) Xan imperiyasining qudrati va 
«Buyuk odam»ning o‘zi – imperator U-dini ulug‘lab, odalar yozdi.
Xitoy tarixchilarining otasi Sima Syanning «Tarixiy yozish-
malar» asarida Xitoy tarixi afsonaviy ajdod Xuandidan impe-
rator U-di hukmronligining so‘nggi yillarigacha olib boriladi. 
Sima Syan o‘z asarida siyosiy va iqtisodiy vaziyatni, turmush 
va axloqiy yurish-turishni qisqa va yorqin tasvirladi. U Xitoy-
da ilk bor adabiy portretni yaratdi. Sima Szyanning uslubini 
Van Gu (32–92-yillar) o‘zining «Katta Xan sulolasi tarixi» asari-
da davom ettirdi. Asar an’anaviy konfutsiylik ruhida yozilib, 
rasmiy nuqtayi-nazarda qat’iy bayon qilindi. Voqea-hodisalarga 
baho berishda Sima Syan bayoniga zid talqin qilinadi. Sima 
Syan daosizmga e’tiqod qilishda ayblanadi. Xan davridan bosh-
lab, har bir sulola o‘zidan oldingi sulola hukmronligi davrini 
tasvirlay boshladi.
Musiqa, poeziya va raqs kabi san’at janrlari Xitoyda yuqori 
darajada shakllangan. Musiqa asboblari uch asosiy guruhga: 
torli, tovush chiqaradigan va urib chalinadigan asboblarga 
bo‘lingan. Ko‘pgina musiqa asboblari milodiy I–II asrlarda O‘rta 
Osiyodan o‘zlashtirib olingan. 
Sin davrida ulkan inshootlar qurilgan. Me’morchilik san’ati 
namunalari sifatida ibodatxonalar, Buyuk Xitoy devori saqlanib 
qolgan. XX asr oxirida imperator Sin Shixuandi qabridan topil-
gan, uning olti ming piyoda va otliqdan iborat shaxsiy qo‘riqchi-
larining loy haykalchalari xuddi asliday, yuz tuzilishi va bo‘yi 
balandligida yasalgan. Imperator U-dining rafiqasining ukasi 
vafot etganida 2156 nefrit parchalaridan oltin iplar bilan birik-
tirilgan marhumning o‘lim kiyimi tikilgan. Bu jasad saqlanib 
qolgan maqbara Xan sulolasi davrining o‘ziga xos qimmatli yod-
gorligi hisoblanadi. Xan sulolasi oila a’zolari hashamatli maq-
baralarda dafn qilinganlar. Xan davri dunyoqarashiga ko‘ra u 
dunyoda ham hayot davom etgan. XX asr oxirida Xitoyda Xan 
sulolasi shahzodasining maqbarasi qazib ochilgan. Shahzoda 
maqbarasi go‘yoki saroyni eslatadi. Uzun toshdan qurilgan ko-
ridorlar, oshxona, qabul zali, omborxona, kirxona, hojatxona 
va hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan barcha buyumlar mav-
jud. Me’morlar yer osti suvini basseynga yig‘ish texnologiyasini 
ixtiro qilganlar. Bundan tashqari, bu maqbaradagi eng ajoyib 
mo‘zija bu – shahzodaning oltin plastinkalardan qilingan dafn 
kostyumidir.


298
Chansha shahrida 1971-yil mil.avv. ikkinchi asriga tegishli 
maqbara topilgan. Maqbarada turli musiqa asboblari va ayol 
kishi ning mo‘miyolangan jasadi topilgan, ayolning jasadi 20 
metr matoga o‘ralib, 20 metr chuqur qazilib, 4 ta tobutda dafn 
qilingan. Tobut qo‘yilgan qabr tosh bilan yopilib, maydalangan 
toshlar bilan shibbalangan. Bu qabr ochilganda mo‘miyolangan 
ayol jasadi xuddi kechagidek saqlanib qolgan. Jahon tarixida 
shu vaqtgacha topilgan biror-bir mo‘miyolangan jasad bunday 
yaxshi saqlanib qolmagan. Chunki bu mo‘miyolangan jasad 20 
metr chuqurlikda, to‘rt tobutga dafn qilinib, to‘la tashqi iqlim, 
namlik ta’siridan himoya qilingan. 
Xitoy me’morchilik san’atida yog‘och asosiy xomashyo edi. 
Xan davrining noyob me’morchilik yodgorligi bo‘lgan imperiya 
poytaxti Chanyan shahri 12 darvozali devor bilan o‘rab olingan. 
Baland, ko‘p xonali imperator saroyi, ma’muriy binolar va ibo-
datxonalar shaharning ko‘rki edi. Ma’muriy binolar sariq rang, 
imperator saroylari qizil rang bilan bo‘yalgan. Xan davrida por-
tret san’ati yuksak darajada bo‘lgan. Saroylar portret freskalari 
bilan bezatilgan. 
Qadimgi Xitoy amaliy san’atida qo‘g‘irchoq teatri alohida o‘rin 
tutgan. Qo‘g‘irchoq teatr guruhlari ko‘cha-ko‘yda, maydonlarda, 
xalq gavjum bo‘lgan joylarda tomosha ko‘rsatgan. Teatr reper-
tuari od diy xalqning turmush tarzi, ijtimoiy muammolar, hayo-
tiy voqealarni aks ettirgan syujetlardan tuzilgan. Qadimgi Xitoy 
madaniyatining mukammal shakllanishida qo‘shni xalqlarning 
madaniyatlari yaqqol seziladi. Sak-skif sivilizatsiyasining g‘oya 
va motivlari Xitoy madaniyatida o‘z aksini topdi. Hayvon uslu-
bi tasviriy san’at, harbiy san’atda yaqqol seziladi. O‘rta Osiyo 
qadimiy san’atining qaynoq nafasi Xitoy madaniyatida o‘z aksi-
ni topdi. Rangli keramika, musiqa san’ati va boshqa sohadagi 
yutuqlar, natijalar Xitoy madaniyatiga hayotbaxsh ta’sir qildi. 
Xitoyda neolit davrida paydo bo‘lgan bo‘yalgan naqshli kerami-
ka O‘rta Osiyo, Eron va Hindistondagi (Moxenjodaro) keramika 
bilan bir xil. Xitoyda topilgan qo‘rg‘on-qabrlar, jez idishlar, uch 
oyoqli ko‘zalar Xitoy hududi va Buyuk cho‘llarda jez davrida 
uchraydi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling