312
boy davlatlar bo‘lgan. Bu davlatlarda
madaniy taraqqiyot da-
rajasi yuqori bo‘lib, shahar aholisi orasida sanskrit adabiyoti,
yozuv va til, hinduizm va budda diniy ta’limotlari keng tarqal-
gan. Yava va Kalimantandagi Malaya va
Yava davlatlari agrar
mamlakatlar edi. G‘arbiy Yavadagi Taruma va Mulavarma-
na davlatlari (IV–V asrlar) sun’iy sug‘orish inshootlari qurish-
ni amalga oshiradilar. Qullar, chorva
va yer-mulkka xususiy
mulkchilikni induizm kohinlari qo‘llab-quvvatlaydilar.
Hindi-Xitoy yarim orollarining sharqiy qirg‘og‘ida Indone ziya
tillari oilasiga mansub xalqar yashaydigan Tyampa boshdan
kuchli dengiz flotiga ega bo‘lgan yirik savdo davlati bo‘lgan.
Tyampa hokimlari qirg‘oq bo‘yidagi qo‘shnilarini talash bilan
shug‘ullanar, dengizdagi o‘z qudratini
muntazam namoyish qi-
lar edilar. Madaniyatda Tyampa Indoneziya dunyosiga tegishli
bo‘lib, ko‘p hollarda ularga kxmerning ta’siri kuchli edi. Xan
Xitoyi bilan urushlar, doimiy diplomatik va
savdo aloqalari al-
mashinib turilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: