Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


 Qadimgi Janubiy-Sharqiy Osiyo madaniyati


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

7. Qadimgi Janubiy-Sharqiy Osiyo madaniyati. Qadimda 
Janubiy-Sharqiy Osiyoda o‘ziga xos yuksak madaniyat shakl-
landi. Hindi-Xitoy yarim orolining janubida tosh va g‘ishtdan 
ibodatxonalar qurildi. Tasviriy san’atda dunyoviy o‘ziga xos 
obrazlar va motivlar aks etdi. Hinduizm va budda madaniyati bi-
lan yonma-yon yashagan mahalliy madaniyatlar o‘zaro bir-bir-
larining madaniy yutuqlarini o‘zlashtirdilar. Austro xalqlarining 
boy diniy-mifologik obrazlari, ajdodlar ruhiga va tabiat xudolari 
ruhlariga etiqod-an’analariga hinduizm va buddaviylik e’tiqod-
lari moslashdi. Ibodatxonalar qurilishida qo‘ng‘iroq, qalpoq 
uslubi keng tarqaldi. Tosh, yog‘och va jezdan nafis haykalchalar 
yaratildi. Bu hududda hind diniy me’morchilik an’analari ta’siri 
kuchli edi. Kambodjaning Sambor ibodatxonasidagi hindulash-
gan xudolar haykallari, Markaziy va G‘arbiy Hindi-Xitoyning dav-
latlari me’morchiligida budda uslubi yaqqol ko‘rinadi.
Janubi-Sharqiy Osiyo qadimda Hindiston va Xitoy bilan 
yaqin aloqa o‘rnatgan. Birinchi navbatda, savdo-ayirboshlash 
aloqasi o‘rnatiladi. Bu o‘z navbatida madaniyatlarning o‘zaro 
muloqotiga va jadal migratsiyaga shart-sharoit yaratdi. Hin-
duizm, budda diniy e’tiqodlari va madaniyati, Xitoydan kon-
futsiylik diniy-axloqiy ta’limoti kirib keldi. Natijada mahalliy 
madaniyatlar boyidi. Me’morchilik va tasviriy san’atda yangi 
uslub va g‘oyalar paydo bo‘ldi. An’anaviy diniy e’tiqodlar bilan 
bir qatorda hinduizm, buddaviylik va konfutsiylik qaror top-


313
di. Milodiy I asrdan lakvyetlarda an’anaviy diniy etiqodlarni 
buddaviylik dini siqib chiqardi. Bu diniy me’morchilik va diniy 
haykal va tasvirlarda yaqqol o‘z ifodasini topdi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Иофан Н.А. Культура Древней Японии. –М.: 1974.
2. Древние цивилизации / С.С. Аверинцев, В.П.Алексеев, В.Г. 
Ардзинба и др.: Под общ. ред. Г.М. Бонгард-Левина. –М.: Мысль, 
1989.
 Asosiy sanalar
Mil.avv. I ming yillikning Yapon orollariga qabilalarning
II yarmida 
migratsiyasi.
Mil.avv. IV–III asrlar 
Ilk Vyetnam davlatlari.
Mil.avv. III asr 
Aulak davlati.
Mil.avv. I asr 
Mon-Kxmer davlatlarining paydo bo‘lishi.
Milodiy I–III asrlar 
Yaponiyada Yematay, Yamato davlat- 
lari ning paydo bo‘lishi.
Milodiy I–VI asrlar 
Indoneziyada Sharqiy (Yava) G‘arbiy
(Sumatra) davlat birlashmalarining
tashkil topishi.
Milodiy II–III asrlar 
Bapnom davlatining kuchayishi.
Milodiy IV–VII asrlar 
«Qo‘rg‘onlar davri».


314

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling