Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

5. Mon-Kxmer davlatlari. Milodiy asr boshlarida Hindi-Xitoy 
va Indoneziya yirik daryo vodiylarida sinfiy jamiyat va davlatlar 
shakllanadi. So‘nggi jez davrida xo‘jalikning yuqori taraqqiyoti, 
temir qurollaridan keng foydalanishga o‘tish davlatning shakl-
lanishiga olib keladi. Janubiy Hindistonning dravid xalqlari 
orqali Shimoliy Hindiston, Yaqin Sharq va O‘rtayer dengizi bilan 
doimiy aloqalar o‘rnatiladi. Tekislikda vyetlarda bo‘lgani kabi 
yetakchi ijtimoiy birlik kichik qishloq jamoasi edi. Vodiylarda 
yuqori darajada rivojlangan dehqonchilik, tog‘li viloyatlarda ov-
chi-termachilik xo‘jaligi mavjud bo‘lgan. 
Mahalliy jamiyatlarning o‘ziga xosligi bir etnolingvistik guruh 
ichida tekislikda yuqori taraqqiyot darajasiga erishgan dehqon-
lar bilan qo‘shni tog‘lik vohadagi ovchi-terimchilarning birgalik-
da yashashi edi. Ana shunday ijtimoiy-iqtisodiy har xillik sinfiy 
jamiyat va davlatning ibtidoiy jamoa munosabatlari hukm sur-
gan viloyatlar bilan ajratilishiga sabab bo‘ldi. Aulak, Bapnom 
(Funan), Shrikshetra (Tarekittara), Suvannabxumi (Janubiy 
Birma)dagi va Tyao-Praye (Menam), Malakka yarimorolidagi va 


311
arxipelagidagi Malay, ilk Yava davlatlari ma’lum bir siyosiy-iqti-
sodiy yadro – aholi zich joylashgan sholikor voha va uning poy-
taxti atrofida joylashgan edilar. Hukmdor barcha yer zaxira-
sining oliy egasi edi. Bir qism yer zodagonlarning merosiy yeri, 
ibodatxona va kohinlarning «abadiy» yerlari bo‘lgan. Aholining 
asosiy qismi erkin jamoatchilardan iborat bo‘lib, kohinlar, zo-
dagonlar qatlami mavjud edi. Qullar kam sonli bo‘lgan. 
Ko‘pgina Mon va Kxmer davlatlari milodiy I asrlar atrofida 
paydo bo‘ladi. Ular bir-birlari bilan yaqin aloqada bog‘langan-
lar. Bu davlatlar ichida eng kattasi Bapnom (Funan) imperi-
yasi bo‘lib, u o‘zining gullab-yashnagan davrida Janubiy Hin-
di-Xitoyning butun Mon va Kxmer tekisligini egallagan. Bap-
nom davlati yangi eraning I asrlarida vujudga keldi. Milodiy 
II–III asrlarda mamlakatni birlashtirish tugagach, qadimgi Kx-
mer hukmdorlari istilochilik urushlarini olib boradilar. Kxmer 
hukm dorlaridan eng mashhuri Fanshiman bo‘lgan. U kuchli 
flot quradi va qator qo‘shni viloyatlarni bosib oladi. Bapnomn-
ing harbiy, dengiz va savdo qudrati milodiy IV asr o‘rtalariga-
cha o‘sib boradi. Sun’iy sug‘orish inshootlari va ibodatxonalar 
qurilishi keng miqyosda olib boriladi. Mamlakatda hinduizm va 
budda e’tiqodlari tarqaladi. Hukmdor hokimiyati kuchayadi.
Milodiy V–VI asr boshlarida qadimgi Kxmer jamiyatida shi-
moliy guruhlar kuchaydi. Ular ilgari savdoda ishtirok etma-
gan edilar. Asta-sekin ular dengizbo‘yi hududlarini bo‘ysundi-
radilar. Bapnom imperiyasi zaiflashib, inqirozga yuz tutadi. 
Mon-Kxmer xalqlari Janubiy Hindiston madaniyatining ayrim 
unsurlarini, jumladan, yozuv, diniy til, ayrim diniy tasavvurlar-
ni, monlar 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling