Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

2. Tarixiy asarlar. Manbalar. Qadimgi Yunoniston tarixiga 
oid manbalar ko‘pligi va yaxshi saqlanib qolganligi bilan bosh-
qa hududlar tarixidan farq qiladi. Bu manbalar ichida qadim-
gi yunon yozuvchilarining asarlari muhim o‘rin tutadi. Ilk bor 
yunon prozaik asarlari yunoncha logos – hikoya deb atalgan. 
Logograflar yunon viloyat, shaharlari tarixini geografik o‘rni, 
turmush tasviri va mifologiyada berganlar. Logograflar mil.avv. 
VII asrda yashaganlar. Ulardan miletlik Gekateyni, Kadi, Ev-


324
geon, Deiox, Damokl va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Fuki-
did Gerodotni ham logograflar safiga qo‘shadi. Logograflar asar-
larining ayrim parchalari keyingi antik mualliflar asarlarida 
biz gacha yetib kelgan. 
Mil.avv. VI–V asrlarda Yunonistonda qator tarixiy asarlar 
yaratilgan. Bu davrda tarix bo‘yicha ilk yunon yozuvchilari 
Gerodot, Fukidid va Ksenofontni ko‘rsatish mumkin. Gero-
dot (mil.avv. 484–431\ 25) Kichik Osiyoning janubi g‘arbidagi 
Kariya viloyatidagi Galikarnas shahrida tug‘ilgan. U qarindoshi 
Paniasid bilan Galikarnas shahri Tirani Ligdamidga qarshi si-
yosiy kurashda qatnashadi. Natijada Paniasid o‘ldirilib, Gero-
dot Galikarnasdan qochib ketadi. U Misr, Mesopotamiya, Eron, 
Shimoliy Qoradengizbo‘yi, Sitsiliya va Egey orollariga safar qila-
di. Afinada Perikl bilan yaqinlashadi, janubiy Italiyadagi Furiya 
shahriga boradi. Gerodotni vafot etgan joyi noma’lum. Uning 
qo‘lyozmalari mil.avv. III asrda Aleksandriyalik olimlar tomoni-
dan 9 jildga keltiriladi. Gerodot asari dunyodagi birinchi tarixiy 
asar emas. Ungacha 4 ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimgi 
sharq mamlakatlarida ko‘plab tarixiy asarlar yaratilgan, lekin 
ular bizgacha yetib kelmagan. Sitseron uni tarixning otasi deb 
atagan. Bu ibora hozirgacha kitobdan kitobga ko‘chib yuradi. 
Gerodot Ahmoniylar Eroni bostirib kirgan mamlakatlar hudud-
lari to‘g‘risida hikoya qiladi. Uning hikoyalari tizimga solinma-
gan bo‘lib, ilmiy ahamiyatga ega emas. 
Gerodotning kichik zamondoshi Fukidid (mil.avv. 460\ 
51–396-yillar) frakiyalik bo‘lib, Afinada yashadi. Fukidid Afi-
nada strateg etib saylangan. Harbiy yurishlarda qatnashadi
Afina uning faoliyatini salbiy baholab, natijada u umrbod Afi-
nadan quvg‘in qilinadi. Frakiyada yashab, o‘zining tarix asarini 
yozadi. Uning asari keyinchalik antik mualliflar tomonidan 8 
kitobga, bob va paragraflarga bo‘linadi. Ushbu 8 kitob Fukidid-
ga tegishli ekani shubha qilinadi. Fukidid Peloponnes urushi 
tarixini o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar asosida tahlil qiladi. 
Bu ilmiy-tarixiy tanqidning boshlanishi edi.
Ksenofontning Yunon tarixi bo‘yicha yozgan asari Fukidid 
tarixining davomi edi. Afinalik Ksenofont (taxminan mil.avv. 
430–360- yillar) boy, zodagon oilasidan bo‘lib, Suqrotning sho-
girdi bo‘lgan. U shahzoda Kayxusrav qoshinida yollanma sar-
karda bo‘lib xizmat qiladi. Shahzoda mil.avv. 401-yil Kunaks 
yonidagi jangda yengilgach, Ksenofont Spartaga harbiy xizmat-
ga kirdi. Podsho Ageselay bilan do‘stlashdi. Shundan so‘ng 


325
Afi na uni xoin deb hisoblab, umrbod shahardan quvg‘in qildi. 
Ksenofontning «Yunon tarixi» mil.avv. 410-yildan boshlanib, 
Peloponnes urushining nihoyasiga bag‘ishlangan. 
Kvint Kursiy Ruf Rim tarixchisi taxminan mil. I asrda ya-
shab, 40-yillarda Makedoniyalik Aleksandrning tarixi nomli 10 
jildli asarini yozdi. I-II jilddan boshqa barcha jildlari saqlanib 
qolgan. Asarda Makedoniyalik Aleksandrning faoliyati tanqidiy 
yoritilgan. Plutarxning «Qiyosiy tarjimayi hollar» asari qadim-
gi yunon-rim siyosiy arboblarining qiyosiy tarjimayi hollariga 
bag‘ishlangan. 
Makedoniyalik Aleksandrning Sharqqa yurishlaridan so‘ng 
Yunoniston tarixida Arastu tarixi maktabi shakllandi. Bu davr-
ning eng ko‘zga ko‘ringan asari Arastuning «Politiya» asaridir. 
Bu asar Arastu va uning shogirdlari tomonidan yozilgan bo‘lib, 
yunon polislari, O‘rtayer dengizi qirg‘oqlaridagi yunon koloni-
yalari to‘g‘risida muhim ma’lumot beradi. Asar juda ko‘p bo‘lim-
lardan iborat bo‘lsa-da, bizgacha uning faqat «Afina politsiya-
si» qismi yetib kelgan. Ellin davriga kelib, yunon jamiyatidagi 
keskin o‘zgarishlar, katta davlatlarning vujudga kelishi bilan 
umumiy tarixga asos solindi. Bu davrning eng ko‘zga ko‘rin-
gan tarixchilaridan biri Timey bo‘lib, u o‘zining asarida Bolqon 
Yuno nistoni, g‘arbiy yunon koloniyalari haqida muhim ma’lu-
motlar beradi. 
Qadimgi yunon tarixi bo‘yicha eng muhim manbalardan biri 
arxeologik topilmalar hisoblanadi. Arxeologlar Bolqon Yuno-
nistoni va Egey dengizi orollaridagi qadimgi ibodatxonalar, sa-
roylar, mudofaa inshootlarini qazib ochdilar. Ayniqsa, Krit oro-
lida ingliz arxeologi A. Evans 40 yildan ko‘proq vaqt davomida 
Knoss saroyini qazib ochdi. Knoss saroyi katta supa ustida qu-
rilgan bo‘lib, maydoni 1 ga yaqin. Bu saroy Kritning afsonaviy 
podshosi Minosning qarorgohi bo‘lgan. Kichik Osiyoda nemis 
arxeologi G. Shlimanning Troya xarobalarini qazib ochishi nati-
jasida Troya shahar-davlati to‘g‘risida aniq ma’lumotlar paydo 
bo‘ldi. Yunonistonning janubida mil.avv. II ming yillikka tegish-
li Miken, Tirinf va Pilos shaharlari o‘rganildi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling