Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Poeziya, tragediyalar. Qadimgi Yunon tarixining man-
balaridan biri Gomerning Iliada va Odissey poemalari. Hozirgi 
tadqiqotchilarning fikricha Iliada poemasining muallifi Kichik 
Osiyodagi frigiyalik shoir Daret bo‘lgan. Har ikkala poema mil.
avv. XI–IX asrlar ijtimoiy-iqtisodiy hayoti to‘g‘risida qimmatli 
ma’lumotlar beradi. Yunon she’riy adabiyotining shakllanishi 
mil.avv. IX–VIII asrlarga tegishli bo‘lib, bu davrni «Gomer davri 
she’riyati» deyishadi. Shoirlar Gomer, Gesiod va dramaturglar 
Evripid, Esxil, Sofoklning tragediyalari juda yaxshi saqlangan. 


327
Gesiod o‘zining «Mehnat va kunlar» asarida mil.avv. VII asrda-
gi yunon jamiyati ijtimoiy ziddiyatlari haqida yozadi. Komediya 
janri shakllandi. Aristofanning komedyalari yunon ijtimoiy ha-
yoti to‘g‘risida boy ma’lumot beradi. 
3. Moddiy manbalar. Shaharlar. Yunon tarixiy man-
bashunosligida shahar qoldiqlari muhim o‘rin tutadi. Sha-
harlardagi saroylar, ibodatxonalar yaxshi saqlangan. Krit-Mi-
ken davri saroylari, inshootlari ko‘plab topilgan. Qadimgi Yuno-
nistonning Mikena, Tirinf, Pilos, Afina, Fiva va Orxomey
 sha-
harlarida saroy, qal’a qoldiqlari ochilgan. Axey saroylari Krit 
saroylaridan farq qilib, ularning barchasi mustahkam devorlar 
bilan o‘rab olingan. Ulardan eng mashhuri Tirinf qal’asi bo‘lib, 
uning devorlari ulkan ohaktosh xarsanglaridan qurilib, ba’zi-
lari 12 tonna og‘irlikka ega. Devorlar qalinligi 4,5 m, baland ligi 
7,5 m bo‘lgan. Krit va Axey saroylari simmetrik, bir xil tuzilgan. 
Pilos saroyi ikki qavatli bo‘lib, bir necha o‘n xonadan iborat. 
Yunon me’morchiligining asosiy yodgorliklaridan bu – palestr-
lar va gimnasiylardir. Palestrlar – bu sport inshootlari jumlasi-
ga kirib, u yerda asosan yosh bolalar muntazam sport bilan 
shug‘ullanishgan. Gimnasiy ham sport inshooti bo‘lib, bu yer-
da asosan katta yoshdagilar sport va fan bilan shug‘ullangan-
lar. Bizgacha Afinaning ikki katta gimnasiysi
 saqlanib qolgan. 
Ulardan biri qahramon Akadem bog‘ida, ikkinchisi likeylik Ap-
polon dala hovlisida joylashgan. 
Yunonistondagi madaniyat markazlaridan yana biri bu 
muqaddas joylar va ulardagi haykal va inshootlardir. Sha-
harlar tarixini o‘rganishda qadimgi yo‘llar ham muhim ahami-
yat kasb etadi. Eng yirik yo‘l xarobasi Afina va Pirey portidagi 
yo‘l bo‘lib, dengiz orti mamlakatlaridan mahsulotlar Pirey por-
tiga tushirilib, shu yo‘l orqali Afinaga keltirilgan. Bu mashhur 
yo‘l Peloponnes urushlari davrida Sparta va uning ittifoqchilari 
tomonidan buzib tashlangan. Hozirgi kunda faqat uning xaro-
balarigina saqlanib qolgan. Pireydan tashqari, Yunonistonning 
ikki yirik porti – Samos va Aleksandriya ham o‘z ahamiyatini 
yo‘qotgani yo‘q.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling