329
3. Mil.avv. VI asrning oxiri – mil.avv. V asr.
Yunon polislarida
iqtisodiy va madaniy yuksalish. Yunon demokratiyasining rivoj-
langan davri. Bu bosqich fanda klassik davr deb nomlanadi.
4. Yunon polis – davlatlarining tushkunlik davri (mil.avv. IV
asr). Bu davrda yunon polislari o‘zaro urushlar girdobida qoldi.
Iqtisodiy ijtimoiy va siyosiy hayot tushkunlikka uchradi.
5. Mil.avv. III asr – mil.avv. I asrlar – Ellin davri. Ahmoniy-
lar hukmronligidan so‘ng Yunon dunyosi
va Old Osiyoda ellin
davlatlari va madaniyati davri. Bu davr oxirida O‘rtayer dengizi,
Egey dengizi havzasini Rim tomonidan sharqda Frot daryosiga-
cha bo‘lgan hududlarni Parfiya bosib olishi bilan tugadi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.Боннар А. Греческая цивилизация. – М.: 1995.
2. Хаммонд Н.История Древней Греции. – М.: 2003.
Asosiy sanalar
Mil.avv. VIII–VI
asrlar
Tasos va
Sifnos orollaridan kumush
qazib olindi.
Mil.avv. VI asr
Lavrion kumush konlari ochildi.
Mil.avv. VI–V asrlar
Logograflar yashagan davr.
Mil.avv. VI asrning II yarmi Miletlik Gekatey Yunoniston xarita-
sini yaratdi.
Mil.avv. VI–V asrlar
«Alohida polislar tarixi» davri.
Mil.avv.
IV asr
Timey yashagan davr.
Mil.avv. IV asr
Ksenofont yashagan davr.
Mil.avv. IX–VIII asrlar
«Gomer she’riyati» davri.
Mil. avv. V asr
Afina siyosiy hayotida ostrakonlar
qo‘llanilgan davr.
XVIII asr
Avstriya
poytaxti Venada yunon
tangalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
XIX asr 70-yillari
Dastlabki papirus hujjatlar topildi.