Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ostrakonlar.
Mudofaa devorlari. Yunon mudofaa va harbiy tarixida hi-
moya devorlari va boshqa fortifikatsiya inshootlari muhim o‘rin tutadi. Yunon tarixini qadimgi davriga oid mudofaa inshootlari Troya, Mikeni, Tirinf va Afinada yaxshi saqlangan. Undan tash- qari, Xersones, Eley, Metapont va Akrogant shaharlari devor- lari asl holicha saqlanib qolgan. 328 Tangalar. Yunoniston iqtisodiy tarixini o‘rganishda tangalar muhim o‘rin tutadi. XVIII asrda Venada o‘tkazilgan qadimgi yunon tangalari ko‘rgazmasida 70000 dona yunon tangalari kolleksiyasi namoyish etiladi. Qadimgi yunon tangalari iqtisod va savdo sohasidagi eng muhim ashyoviy dalildir. Arxaik davr yunon tangalari kumushdan bo‘lib, uning teskari qismida shahar ramzi yoki shahar nomining birinchi harfi tushirilgan. Ellin davri tangashunosligi arxaik davr tan- gashunosligidan farq qiladi. Ularda asosan hukmdorning surati va teskari tomonida esa yozuv va ramzlar tushirilgan. Tangalar- dan tashqari, tesserlar, ya’ni hozirgi kundagi chipta shaklida- gi hujjatlar yaxshi saqlangan. Ular asosan sopol va metalldan tayyorlangan. Tesserlar ikki xil vaziyatda ishlatilgan: harbiy so- halarda kiyimlarga taqilgan bo‘lsa, kundalik hayotda teatr va dam olish joylariga kirish uchun ruxsatnoma vazifasini o‘ta- gan. Bizgacha yetib kelgan tesserlardan eng mashhuri Dionis teatriga kirish uchun ko‘rsatilgan tesserlardir. Ularda asosan yunon harflari yozilgan. Har bir tesserda bitta harf uchraydi. Ostrakonlar. Ular sopol parchalari bo‘lib, Afina demokrati- yasiga xavf soladigan siyosiy arbob, taniqli shaxslarga qarshi ovoz berishda ishlatilgan. Ular mil.avv. V asrga oid. Bizgacha yetib kelgan ortrakonlardan biri Femistoklga qarshi yozilgan. Qadimgi Yunoniston tarixini o‘rganishda faqat yuz bergan voqealarni qayd etadigan logograflarning asarlari ham muhim o‘rin tutadi. Logograflar mil.avv. VII–VI asrlarda yashaganlar. Ular o‘sha davr voqea-hodisalarini hech qanday izoh bermay tasvirlab, tarixni afsonalar bilan aralashtirganlar. Afsonalar- ga tarixiy voqealar deb qarab, unga ishonganlar. Mil.avv. VI asrning ikkinchi yarmida yashagan miletlik logograf Gekatey o‘z asarida Yunonistonning geografik xaritasini chizadi. Uning asarlaridan bizgacha ayrim parchalar yetib kelgan. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling