Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Yozuvlar. Yunon tarixini o‘rganishda yozuvlar muhim ahami-
yat kasb etadi. Asosan, XIX asrning 70-yillaridan papirus topil-
malarini o‘rganish natijasida yangi «papirologiya» faniga asos 
solindi. Yunon jamiyatiga papirusning kirib kelishi Misr tarixi 
bilan uzviy bog‘liqdir. Qadimgi mashhur yunon lirik shoirlari 
Alkey, Sapfo, Korin, Pindar, Vakximida va mashhur fojiana-


326
vislar Sofokl, Esxil, Evripid hamda mashhur hajviy asarlar mu-
allifi Menandrlar o‘z asarlarini papirusga yozishgan. Papirusga 
ko‘chirilgan eng yirik asar Arastuning «Afina politiyasi» asaridir. 
Keyinchalik qog‘oz paydo bo‘lgach, papiruslar o‘z ahamiyatini 
yo‘qotgan. Ularni faqat hukmdor saroyidagi arxivlardan topish 
mumkin.
Kritdan eng qadimgi A chiziqli yozuv topilgan. Keyinchalik 
yunonlar bu yozuvni o‘z tillariga moslashtirganlar (B chiziq-
li yozuv). Bu yozuvni 1953-yilda ingliz olimlari M.Ventris va 
J.Chedvik o‘qidi. Matnlar xo‘jalik hisobotlaridan iborat. Mil.
avv. VIII asrda yunonlar finikiya yozuvini o‘zlashtirib, 24 belgi 
alfavitli yozuvni yaratdilar. Mil.avv. VIII asrdagi qadimgi yunon 
yozuvi yodgorliklari Afina, Itaka va Liginadan, mil.avv. VII asrga 
tegishli yozuvlar Fera, Melos orollari va Egey dengizining janu-
biy qismidan topilgan. Yunonlarning to‘liq shakllangan klassik 
alfaviti mil.avv. 403-yilga kelib 24 harfda (17 unli, 7 undosh 
harf) shakllanib bo‘ldi. Keyinchalik Vizantiya ham shu yozuv-
dan foydalandi.
Memuar asarlar. Polislarning yemirilishigacha yunonlar tarix 
va adabiyotga oid asarlarni ko‘pincha memuar shaklda yozish-
gan. Mil.avv. IV asrdagi eng yirik memuar asar Ksenofontga 
tegishli. U asosan harbiy sohaga oid ma’lumotlarni beradi. El-
linizm davrida memuar va tarjimayi hol ko‘rinishidagi asarlar 
yozish odat tusiga kirdi. Ellin davri siyosatchilaridan Pirra va 
Arata eng yirik tarixiy asarlar muallifi hisoblanadilar. Ular «Axey 
ittifoqi» to‘g‘risida keng ma’lumotlarni yozib qoldirishgan.
Xatlar. Antik jamiyatda xatlar muhim o‘rin tutgan. Ular ikki 
xil shaklda yozilgan: ochiq va yopiq. Platon, Isokrat va Sallyus-
tiylar yozgan ochiq xatlarida falsafiy muammolar haqida fikr 
yuritilgan. Yopiq xatlar davlat ahamiyatiga molik xatlar bo‘lib, 
maxsus kishilar nomidan yozilgan. Ularda asosan siyosiy va 
maxfiy ma’lumotlar yozilgan.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling