Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
5. Kiklad madaniyati. Kiklad Krit shimolining Egey den-
gizidagi ko‘pgina orollar majmuasidir. Ularni yunonlar «kiklad- lar» ya’ni «aylana» deb atashgan. Kiklad orollarida qadimda kariy va leleglar yashaganlar. Ularga Krit orolidan ko‘chib kelganlar qo‘shilgan. Aholi uzumchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ul- langan. Kiklad orollari bilan Egey havzasidan chekkadagi o‘lka- lar bilan dengiz savdosi alohida o‘rin tutadi. Kema egalari, hu- narmandlar, savdogarlar orol ijtimoiy hayotida yetakchi o‘rinni egalladilar. Tadbirkor, uddaburon savdogar, boy hunarmand va kemasozlar dengiz savdosining tashkilotchilari edilar. Kiklad orollari aholisi katta-kichik, pishiq qilib qurilgan bir-ikki qavat- li uylardan iborat shahar ko‘rinishidagi kichik manzilgohlarda yashaganlar. Kichik shaharchalar jamoa asosida xalq yig‘inlari orqali boshqarilgan deb taxmin qilinadi. Shaharchalar, odatda, dengiz qirg‘oqlarida, port yaqinida qurilgan. Port yaqinida may- don bo‘lgan. Bu yerda bozor bo‘lib, savdo va boshqaruv ishlari muhokama qilingan. Kiklad orollarida mil.avv. XVI–XV asrlarda Knoss hukmronligi o‘rnatildi. Knossga qaramlik o‘lpon to‘lash bilan cheklanib, Kiklad o‘ziga xos madaniyatni saqlab qoladi. Ammo mil.avv. XV asr o‘rtalarida Fera orolida otilgan vulqon Kiklad orollari halokatiga sababchi bo‘ldi. Dengizda ko‘tarilgan ulkan sunami qirg‘oqdagi shaharlarni vayron qildi. Vulqon kuli inshootlarni olov ichiga soldi. Ko‘plab kishilar halok bo‘ldi. Vul- qon otilgandan so‘ng to‘zib ketgan aholi va vayrona orolchalar Peloponnes va Bolqon Yunonistonining boshqa hududlaridan kelgan axeylar o‘ljasiga aylandi. Kiklad madaniyati uch yirik davrga bo‘linadi: 1. Qadimgi Kiklad davri (2700–2300-yillar). 2. O‘rta Kiklad davri (2300–1500-yillar). 3. So‘nggi Kiklad davri (1500–1100-yillar). 341 XIX asr oxiri XX asrdan Egey dengizi orollarida ham faol ar- xeologik qazilma ishlar olib borildi. Ingliz arxeologlari Antikoros orolidan jez davri yodgorliklarini topdilar. Shundan so‘ng Me- los, Seros, Spornos, Loros va Naksos orollarida ar xeologik qa- zish ishlari olib borildi. 1932-yil yosh yunon arxeologi Spiridon Marinotos Minos orolining yirik porti Amnissni topdi. U ar- xeologik ishlarda Strabonning «Geografiya» asaridan keng foy- dalandi. 1967-yil arxeologlar Fera orolidan Akrotir shahrini to- pishdi. U Egey Pompeyasi deb ataldi. Vulqon kullari ostidan vulqon otilishi oqibatida halok bo‘lgan shahar qoldiqlari to- pildi. Qazishmalar natijasida tosh tashalgan ko‘chalar, katta inshootlar, uylarning ikkinchi va uchinchi qavatlari va ularga boradigan zinapoyalar saqlanib qolgan. Inshootlar devorlariga ajoyib tasvirlar tushirilgan: ko‘k rangli maymunlar, antilopa- lar tasviri, ikki kurash tushayotgan bola, ularning birini qo‘lida maxsus qo‘lqop. Qizil, sariq va yashil rangdagi ot va mox o‘ti bosgan qoyalar, sariq poyalardagi qizil nilufarlar, ularning us- tidan uchayotgan qaldirg‘ochlar. Boshqa tasvirda shaharning ko‘rinishi va ko‘p kemalar suzayotgan dengiz tasvirlanadi. Kiklad madaniyati jez davri madaniyati bo‘lib, orollardan jezdan yasalgan mehnat qurollari, sopol buyumlar, zeb-ziynat- lar topilgan. Rassomchilikda freska tasvir san’ati yuksak rivoj- langan. Kiklad madaniyati yodgorliklarida Kichik Osiyoning ta’siri ko‘rinadi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling