Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
EGEY MADANIYATI
1. Egey dunyosi madaniyati. 2. Krit madaniyati. 3. Iqti so- diy-ijtimoiy hayot. 4. Miken madaniyati. 5. Kiklad madani- yati. 1. Egey dunyosi madaniyati. Krit-Miken madaniyati ingliz arxeologi Artur Evansning (1851–1941) Krit orolida olib borgan arxeologik qazishmalari, G. Shliman (1822–1892)ning Kichik Osiyodagi Hissorlik tepaligida Troya shahri xarobalarini qazib ochishi, Yunoniston janubida Mikeni va Tirinf shaharlarining arxeologik qazishmalari natijasida fanda ma’lum bo‘ldi. Artur Evans Krit orolidagi Knoss saroylarini ochib, Kritning afsonaviy podshosi Minoy nomi bilan atalgan ajoyib Minoy madaniyati manzarasini yaratdi. Genrix Shliman kambag‘al pastorning o‘g‘li. Non topish uchun kichkina Genrix do‘konda yugurdak, kemada yunga bo‘lib xizmat qiladi. Og‘ir ahvolga tushganda sadaqa so‘raydi. Nihoyat Amsterdamdagi savdo uyiga agent bo‘lib ishga kiradi. U 1846-yil firma ishlari bilan Rossiyaga kelib qolib, shu yerda turib qoldi. Qrim urushi (1853–1856-yillar) davrida rus armi- yasi ta’minotchisiga aylanadi. Armiyaga chirigan charm etik va qog‘oz taglik yetkazib beradi. Urushda rus armiyasi yengildi. Lekin G.Shliman millionlarni orttirib boyib ketdi. G.Shliman Amerika, Afrika, Hindiston, Xitoy va Yaponiyaga sayohat qildi. U 1861-yilda 42 yoshida Sarbonna Universitetining talabasiga aylandi va arxeologiya kursini o‘rgandi. U bolaligida Gomer poemasida Troya tasvirini o‘qib, uni topib ochishni orzu qilgan edi. G.Shliman 1870-yil Turkiya hukuma- tining ruxsati bilan Kichik Osiyoda qadimgi Troya xarobalari bo‘lgan Hissorlik tepaligini qazishni boshladi. Uch yil davomida u arxeologik qazishma ishlarini olib bordi. Tepalikda 13 madaniy qatlam bor edi. Troya qoldiqlarini topishni maqsad qilib qo‘ygan Shliman bu madaniy qatlamlarni ayovsiz buzib tashladi. U mil. avv. III ming yillikka tegishli qatlamdagi shaharni Troya ekaniga ishonib, qazishmalar natijasida katta miqdorda tilla buyumlar topdi. Bu buyumlarni biror-bir muzey sotib olishga qurbi yet- madi. Shliman janubiy Yunonistonda Mikenini qazib, shahar- ning mashhur «Sherlar darvozasi» poydevorini ochdi. Qabrlar- 331 dan boy tilla topilmalar, Agamemnon qabri hisoblangan qabrni mo‘l-ko‘l tilla buyumlar bilan topdi. Topilgan katta miqdordagi qadimgi tilla buyumlarni biror-bir muzey sotib olish imkoni- yatiga ega emas edi. U Tirinf va Arxomenda ham qazish ishla- rini olib bordi. G.Shliman topilgan san’at asarlarini ilmiy tad- qiq qilib, uch tilda kitob yozdi. G.Shliman Yevropada mashhur bo‘lib ketdi, qirollar, hatto O. Bismark ham u bilan yozishmalar olib borishni o‘zi uchun baxt hisobladi. U o‘z kolleksiyasini Ber- lin muzeyiga sovg‘a qildi. U Afinaga dafn qilindi. Artur Evans arxeolog, Oksford muzeyi xodimi, taniqli ar- xeolog va geolog Jon Evansning o‘g‘li. U yunonlardan bir necha ming yil oldin bo‘lgan mashhur Krit sivilizatsiyasini ochdi. Krit madaniyati mil.avv. III ming yillikda sharqdan kelgan xalq yaratgan ajoyib sivilizatsiya edi. A. Evans 1900-yilda qazish- ma ishlarini boshladi. Arxeolog hududi 20 ming kv metrdan ko‘proq bo‘lgan ulkan saroyning qoldiqlarini ochdi. Saroy bir necha qavatdan iborat bo‘lib, saroyda ajoyib devoriy tasvirlari bo‘lgan saroy zallari, turar joylar, ustaxonalar, omborlar, yer osti yo‘llari va cho‘milish joylari mavjud edi. Omborlarda don, moy qoldiqlari bilan ulkan sopol xumlar (pifos) saqlanib qolgan. Bundan tashqari, katta miqdorda qurol-aslaha, mehnat qurol- lari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, taqinchoqlar topildi. Noma’lum tilda yozilgan loy taxtachalar yozuvlari topilib, ularni 50 yil davo- mida hech kim o‘qiy olmadi. Faqat ingliz olimlari Maykl Ven- tris va Jon Chedvik 1953-yilda bu yozuvlarni o‘qishga erishdi- lar. Evans bilan birga italyan arxeologlari qadimgi Fest shahri qoldiqlarini ochdilar. Bundan tashqari, Amorgos, Paros, Sifnos, Siros, Naksos, Tera, Melos kabi Egey orollaridagi ko‘pgina madaniy yodgor- liklar ochildi. Natijada mil.avv. II ming yillikgacha Sharq xalqlari yaratgan va bu xalqlar yutuqlarini ijodiy o‘zlashtirgan, yunon- largacha bo‘lgan axeylarning Miken madaniyati deb atalgan madaniyatini yaxlit ko‘rinishi shakllantirildi. Qadimda Egey havzasida uch madaniy birlik mavjud bo‘lgan: 1. Eng qadimgi Krit yoki Minoy madaniyati (mil.avv. 3000–1200-yillar, markazi Krit). 2. Orollardagi Kiklad madani- yati. 3. Bolqon Yunonistonidagi Miken madaniyati. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling