Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


 Shaharlar va pul-tovar munosabatlari taraqqiyoti


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

3. Shaharlar va pul-tovar munosabatlari taraqqiyoti. Mil.
avv. VII asrda Yunon shaharlarida savdo-hunarmandchilik tez 
sur’atlarda taraqqiy qildi. Shaharlar sezilarli darajada o‘sdi. Ko-
rinf va Afinada 25 ming, Miletda 70 ming, Sibaris shahrida 50 
ming kishi yashar edi.
 Barcha shaharlar dengiz savdosi bilan 
shug‘ullangan. Bu kemasozlikning rivojiga sabab bo‘ldi. Mil.
avv. VII asrda palubali ko‘p yuk ko‘taradigan kemalar paydo 
bo‘ldi. 50 eshkakli Finikiya pentekopterlari bilan bir qatorda
«Iliada» dostonida eslatiladigan ikki qatorli eshkaklar – diyera-
lar, uch qatorli – trieralar paydo bo‘ldi. Mahsulot bilan to‘la 
kemani endilikda qirg‘oqqa tortib chiqarish mumkin emas edi. 
Shu sababli, mil.avv. VII asrdan port va gavanlar qurilib, langar 
(yakor)dan foydalanila boshlandi.
Mil.avv. VIII asrda O‘rtayer dengizi savdosi finikiyaliklar qo‘li-
da edi. Sharq mahsulotlari mo‘l-ko‘l bo‘lib, yunon mahsulot-
lari ular bilan raqobat qila olmas edi. Mil.avv. VII asrda ahvol 
o‘zgardi. Yunon savdogarlari finikiyaliklar bilan raqobatlasha 
boshladilar. Yunonlar keramika, gazlama, zaytun va vino eks-
port qila boshladilar. Pul-tovar xo‘jaligi, savdo o‘lchov birliklari 
tizimi va yozuvning shakllanishiga olib keldi. O‘lchov birligi, 
yozuv Bobil va Misrdan o‘zlashtirib olindi. Yunonlar Misrn-
ing o‘nlik sanoq tizimidan foydalandilar. Mil.avv. VII asrda ilk 
bor tanga pul paydo bo‘ldi. Birinchi to‘laqonli tangalar Kichik 
Osiyo dagi Lidiyada zarb qilindi. Oltin va kumush aralashmasi-
dan iborat elektron deb ataladigan tanga zarb qilindi. Tangalar 
uzunchoq shaklda, bir tomonida davlat ramzi, ikkinchi tomoni-
da kvadrat tasviri tushirilgan edi. Yunonistonning pul birligini 
436,5 gramm og‘irlikdagi mina tashkil qilgan. Bir mina 8,73 g 
og‘irlikdagi 50 staterga bo‘lingan.
Savdo-hunarmandchilik taraqqiyoti bilan ustaxona egalari 
va savdogarlardan iborat kuchli ijtimoiy qatlam vujudga kel-
di. Ular siyosiy hayotdan hukmron urug‘ zodagonlarini chet-
latishga urindilar. Pul-tovar munosabatlari, savdoning rivojla-
nishi, Italiya, Sitsiliya va Qora dengizbo‘yidan arzon g‘allaning 
import qilinishi yunon polislarida qishloq xo‘jaligining ahvoli 


349
yomonlashuviga va g‘alla ekadigan dehqonlarning xonavayron 
bo‘lishiga olib keldi. Bu jamiyatda ijtimoiy tabaqalar o‘rtasida 
ziddiyatlarni keskinlashtirdi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling