Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
4. Davlat qurilishi. Qadimgi davrda sud ishlarini urug‘ ja-
moasining o‘zi bajarar edi. Davlat hokimiyati urug‘dan bu vazi- fani tortib oldi. Zodagonlar uzoq vaqt sud hokimiyati, bosh- qaruvni o‘z qo‘llarida saqlab turdilar. Vaqt o‘tishi bilan ular bir qism hokimiyatni yangi ijtimoiy kuchlarga berishga majbur bo‘ldilar. Yangi ijtimoiy kuchlar bo‘lgan savdo-hunarmandlar tabaqasi zodagon sudyalar hokimiyatiga chek qo‘yish uchun odatdagi huquqni yozishni talab qildi. Jamiyat yana olg‘a qa- dam tashlab, savdo munosabatlarini muvofiqlashtirishga, maj- buriy qoidalarini kiritish ehtiyojini tug‘dirdi. Qonunlarning eng qadimgi kodifikatsiyasini Lokrada Zalevk (Italiyadagi yunon shahrida), Katanada Xarond (Sitsiliyadagi yunon shahrida) amalga oshirdi. Yunon shaharlarida odatdagi huquqni yozish va yangilash barchaning hurmatiga sazovor bo‘lgan «diallakt» – murosa- ga kel’tiruvchi yoki «aysyumet» – adolatni biluvchi kishilarga isho nib topshirilgan. Yunon an’analariga ko‘ra, «yetti donodan biri» Lesbosdagi Mitilena shahrida Pittak, Sirakuzada Diokl, Fivada Filolay, Afinada Drakont va Solon shunday kishilar- dan edi. Yangi qonunchilik natijasida sudyalar mansabdor shaxs sifatida saylab qo‘yiladigan bo‘ldi. Chiqarilgan hukmni xalq yig‘inida appelatsiya (qayta ko‘rib chiqish) qilish mumkin edi. Qadimgi qonunchilikda jazo hajmi va xususiyati aniq belgila- nib, sudya o‘zicha jazo belgilay olmas edi. Huquqiy hujjatlar- da «qonga-qon», «jonga-jon» olish an’anasi mavjud edi (talion huquqi). Jazo juda og‘ir edi. Drakont qonunchiligida (mil.avv. 622-yil) jinoyatning og‘ir, yengil shakllari yo‘q edi. Faqat So- lon bu tushunchani kiritdi. Drakont qonuniga ko‘ra, har qan- day o‘g‘rilik uchun o‘lim jazosi belgilangan. Bundan tashqari, qonunda pul jarimasi, qullikka sotish, kaltaklash va fuqarolik huquqidan mahrum qilish ko‘zda tutilgan edi. Qarzini to‘lama- gani uchun qarzdor turmaga qamashga hukm qilingan. Dra- kont qonunlari «fonos dikayos» – o‘zini himoya qilish maqsadida odam o‘ldirish jinoyati tushunchasini olib kirdi. Bu holda ayb- dor quvg‘in qilinishi yoki pul jarimasi to‘lashi ko‘zda tutilgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuvi turli yunon shaharlarida siyosiy 350 vaziyatni murakkablashtirdi. Ularning ko‘pchiligida tiranlar hokimiyatni qo‘lga oldilar. Mil.avv. VIII–VI asrda Buyuk yunon kolonizatsiyasida Afi- na qat nashmadi. Attikada mavjud hosildor yerlardan qishloq xo‘jaligida unumli foydalanildi. Kulolchilik sohasi rivojlandi. Mulkiy tabaqalanish kuchaydi. Siyosiy hokimiyat yevpatridlar – urug‘ zodagonlari qo‘lida edi. Yevpatridlarga qarshi dehqon- lar, savdo-hunarmandchilik tabaqalari – demos qat’iy kurash olib bordi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling