Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
5. Buyuk kolonizatsiya. Temir qurollarning xoj’alikda keng
qo‘llanila boshlanishi dehqonchilik, ayirboshlash, hunarmand- chilik rivojlanishiga olib keldi. Yunonlar ilk bor egey dengizi havzasiga chiqa boshladilar. Mil.avv. I ming yillikning boshlari- da ilk bor finikiyaliklar begona hududlarda o‘zlarining tayanch nuqta (koloniya – manzilgoh)larini barpo qila boshladilar. Finiki- yaliklardan so‘ng yunonlar ham bu jarayonda faol ishtirok etdi- lar. Koloniyalar begona hududlarda ularni tashkil etgan finiki- yalik va yunon savdogarlari uchun savdo-sotiq olib boriladigan tayanch nuqtalar bo‘lib xizmat qilgan. Yunonlarning koloniyalar- ni barpo qilish faoliyati mil.avv. VIII–VI asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu vaqt Buyuk yunon kolonizatsiyasi davri deb ataladi. Koloniyalarni barpo qilishning bir necha sabablari bor edi. Birinchi navbatda, Yunonistonning bir necha viloyatlarida aholi ning haddan tashqari ko‘payib ketganligi edi. Arxaik davri- ning boshlanishida aholi sonining keskin o‘sishi natijasida de- mografik portlash yuz berdi. Ishlab chiqarish kuchlarining zaif rivojlanishi oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarning taqchilligi- ga olib keldi. Yunonistonning o‘zida dehqonchilik qilish uchun yaroqli bo‘lgan yerlar deyarli yo‘q edi. Shu sababli, aholining ortiqcha qismi begona hududlarga ko‘chib ketib, yangi yerlarni o‘zlashtirishga majbur bo‘ldi. Buyuk yunon kolonizatsiyasining yana bir ijtimoiy sababi bor edi. Kambag‘allashgan jamoachi dehqonlar o‘zlarining bo- yib ketgan zodagon qarindosh (evpatrid)lariga qarzi uchun qul bo‘lishni xohlamadilar. Ular o‘zlarining qarzlari uchun garovga qo‘yilgan bir parcha yerlarini tashlab ketishga majbur bo‘ldilar. Ular uchun yagona yo‘l boshqa hududlarga ketish edi. Arxaik Yunonistonning qishloqlari bu vaqtda ancha rivojlandi, ilk sav- do, hunarmandchilik qilinadigan gavjum joy bo‘ldi. Ayirbosh- lash xo‘jalik hayotida sezilarli o‘rinni egallay boshladi. Bosh- qa joylar bilan mahsulot ayirboshlashni o‘ziga kasb qilib olgan kishilar paydo bo‘ldi. Shaharlar tarkib topdi. 351 Yunon shaharlaridagi tabaqaviy ijtimoiy-siyosiy kurash ko- lonizatsiya jarayonini yana bir sababi edi. Shaharlarning iqti- sodiy taraqqiyoti ijtimoiy tabaqalanishni kuchaytirdi. Shahar aholisining turli tabaqalari o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy kurash kuchayib ketdi. Ayrim hollarda siyosiy kurashda yengilgan guruh shaharni tashlab ketishga majbur edi. Shuningdek, savdo-hunarmandchilikning rivojlanishi xomashyoga bo‘lgan ehtiyoj va tayyor mahsulotni sotish uchun yangi hududlar- ni izlab topish zaruriyatini tug‘dirdi. Bundan tashqari, arxaik davrda Yunonistonning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan viloyatlarida fuqarolarni qarzi uchun qul qilish qonun bilan taqiqlandi. O‘sib borayotgan iqtisodiyotni arzon ishchi kuchi – qullarga bo‘lgan talabini qondirish uchun begona hudud- lardan qullarni olib kelish boshlandi. Yunon kolonistlari ko‘p hollarda yangi qul bozorlarining tashkilotchilari bo‘ldilar. Begona joylarda yunonlar o‘z tayanch nuqtalarini mahal- liy aholi bilan kelishgan holda, ayrim hollarda kuch ishlatish yo‘li bilan barpo qildilar. Yunonlar begona hududlarda ba’zida mahalliy aholining qarshiligiga duch keldilar, ba’zida do‘stona aloqaga kirishdilar. Kiklad, Sporada orollari va Kichik Osiyo qirg‘oqlari dastlab yunonlar o‘zlashtirgani sababli, mil.avv. VIII asrda aholining ko‘chishi g‘arbda Sitsiliya va Janubiy Italiya- ga, shimoliy-sharqda Qora dengiz qirg‘og‘iga tomon yo‘naldi. Janubiy Italiya mil.avv. VIII–VI asrlarda kolonizatsiya qilindi. Bu yerdagi kolonistlar o‘zlarining kelib chiqishlarini Pelep- ponnes axeylaridan deb hisoblar edilar. Yunonlarning koloni- yalari asosan 3 geografik yo‘nalishda bordi: Shimoliy Qora den- giz havzasi; Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘og‘i va Apennin yarim orolining janubi va Sardiniya, Korsika va Sitsiliya orollarining ayrim qismlari. Mil.avv. VII–VI asrlardagi kolonizatsiya jarayonida barpo qilingan yunon shaharlari xo‘jalikning bir necha yo‘nalishi- da rivojlandi. Janubiy Italiyadagi shaharlar qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga, Qora dengiz bo‘yidagi Mi- let koloniyalari savdoga ixtisoslashgan edi. Janubiy Italiyada Metapont va Sires, Sibaris, Posidoniya kabi yunon shaharlari qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanar edi. Bu yerda spartaliklar asos solgan Tarent shahri koloniyalar orasida yetakchi o‘rinni egalladi. Shahar Sparta shevasini va boshqaruv uslubini to‘liq saqlab qoldi. 352 Sitsiliya orolida Evbey Xalkidasi yunonlari mil.avv. 735-yil atrofida Naksos, Katanu va Leontiano, Zankli (keyingi Messa- na) hamda Regiy koloniyalarini barpo qildilar. Shimolda Gae- tan qo‘ltig‘ida Qum shahriga asos solindi. Loklar Italiyaning Zefir burnida Zefir Lokri (hozir Kap Spartivento)ni, Korinf aho- lisi Sitsiliyaga vaqt o‘tishi bilan yunon g‘arbining bosh marka- zi va metropoliya rolini o‘ynagan Sirakuza koloniyasini barpo qildilar. Sirakuza o‘z navbatida, Akr va Kamerina koloniyasini barpo qildi. Megara Gibliya Megarasi va Seluninga, rodosliklar Agrigent shahriga asos soldilar. Shunday qilib, yunonlar Sitsili- yaning sharqiy va janubiy qismini egalladilar. Orolning g‘arbida bu yerga yunonlardan ilgari kelgan finikiyaliklar hukmronlik qilgan. Vaqt o‘tishi bilan orolning g‘arbida Finikiya yerlari qis- qarib, faqat Finikiyaning uch nuqtasi: Solunt, Panorm (hozirgi Palermo) va Motiya qoldi. Mil.avv. VI asrda yunonlarning Italiya va Sitsiliya koloni- yalari gullab-yashnadi va Bolqon Yunonistonidan ko‘ra, bu yerda savdo-hunarmandchilik va dehqonchilik yuqori daraja- da rivojlanib, Buyuk Yunoniston nomini oldi. Bu koloniyalar- ning gullab-yashnashining asosi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan qish- loq xo‘jaligi, savdo, hunarmandchilik edi. Sitsiliya va Italiyada- gi yunon koloniyalaridan g‘alla Yunoniston va Kichik Osiyoga chiqarildi. Mil.avv. VII asrda Liguriya qirg‘og‘idagi Rodan dar- yosi havzasida fokiyaliklar Massiliya (hozirgi Marsel), Janubiy Italiyada Eleya shaharlariga asos soldilar. Sharqda Xalkidika yarim oroli Evbeydagi Xalkida aholisi to- monidan, Epir qirg‘og‘idagi (hozirgi Korfu) Kerkira oroli korinf- liklar tomonidan bosib olindi. Korinfliklar Ambrakiy qo‘ltig‘ida Ambrakiya va Anaktorn; Illiriya qirg‘og‘ida Appoloniya va Epi- damn koloniyalariga asos soldilar. Qora dengiz qirg‘oqlarida Kichik Osiyodagi yunonlarning eng kuchli savdo markazi Mi- letning fuqarolari o‘nlab koloniyalarni barpo qildilar. Abidos, Sinop, Koteo, Kerasun va Trapezund; Qora dengiz shimoli, shi- moliy-g‘arbiy qirg‘oqlarida Olviya, Appoloniya, Odessa, Toma, Tira, Feodosiya; Bosforda Kalxidon (megaralilar asos solgan); Qora dengizning Yevropa qirg‘og‘ida Vizantiy, Gerakleya koloni- yalari qad ko‘tardi. Bu koloniyalarning asosiy mashg‘uloti sav- do, hunarmandchilik va dehqonchilik edi. Qora dengiz shimoli- dagi yunon koloniyalari o‘z vatanlariga g‘alla eksport qildilar. Mil.avv. VII asrda Misrda ham yunonlarning tayanch nuqtalari vujudga keldi. Bu yerda Navkratis koloniyasi barpo qilindi. Shi- 353 moliy Afrikada Liviya qirg‘og‘ida shoir Kallimax va olim Era- tosfenning vatani Kirenaga asos solindi. Ammo yunonlarning g‘arbga siljishini Karfagen, janubiy-sharqda esa Misr to‘xtatdi. Yunonlar janubiy Italiya, Korsika, Sardiniya va Sitsiliya orollari hamda unga yaqin joylarda etrusklar, finikiyaliklar va mahalliy aholining qarshiligiga duch keldilar. Buyuk kolonizatsiya deb atalgan jarayon bilan bog‘langan ij- timoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar qadimgi Yunonistonning keyingi taraqqiyotini belgilab berdi. G‘arb va Sharqda ko‘p sonli yunon koloniyalarining barpo qilinishi, O‘rtayer dengizi savdo- sidan finikiyaliklarning siqib chiqarilishi yunon savdosining o‘sishi, hunarmandchilikning yuksak taraqqiyotiga olib keldi. Tovar sotish bozorlari, hunarmandchilik mahsulotlari hajmi kengaydi. Ishchi kuchiga yanada ehtiyoj kuchayib, qullarning soni o‘sdi. Ellada iqtisodiyotining barcha sohalarida qul mehna- ti yetakchi o‘ringa chiqa boshladi. Zodagon oligarxiya ayrim po- lislarda boshqaruvni xalq tomonidan hokimiyat tepasiga chiqa- rilgan, o‘z shaxsiy hokimiyatini o‘rnatishga erishgan kuchli va faol shaxslar – tiranlarga topshirishga majbur bo‘ldi. Mil. avv. VI asrda arxaik davrning tugashi davrida ba’zi bir polislarda demokratik qurilishning ilk asoslari tashkil topdi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling