Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Kолобова К. М. Древняя Спарта X–VI вв. до н. э. – Л.: 1957.
2. Фролов Э.Д. Рождение греческого полиcа. СПб. 2004.
3. Йегер В. Пайдейя. Воспитание античного грека. В.3 т. Т. I, 
II. – М.: 1997–2001.
4. Печатнова Л.Г. История Спарты (пeриод архаики и классики).
СПб. 2001.
Asosiy sanalar
Mil.avv. XII asr
Axey qabilalari tomonidan Peloponnes
yarim orolining bosib olinishi.
Mil.avv. VIII asr
Sparta davlati Janubiy Lakoniya
viloyatlarini, Kifera va Messeniyani
bosib oldi.
Mil.avv. VI–V asr
Sparta davlatining kuchaygan davri.


367
MIL.AVV. VII – VI ASRLARDA ATTIKADA
DEMOKRATIYANING SHAKLLANISHI
1. Arxaik davr boshlarida Attika. 2. Solon islohotlari.
3. Afinada Pisistrat tiraniyasi. 4. Klisfenning islohotchilik 
faoliyati.
1. Arxaik davr boshlarida Attika. O‘rta Yunonistonning 
janubiy-sharqiy viloyatlaridan biri, markazi Afina bo‘lgan Atti-
ka misolida yunon polisining shakllanishini atroflicha ko‘rish 
mumkin. Yunonistonning markaziy viloyatlaridan biri bo‘lgan 
Attikaning maydoni 2250 km kv bo‘lib, maydoni bo‘yicha Spar-
tadan keyingi o‘rinda turgan. Barcha tomonlari dengiz va tog‘lar 
bilan o‘ralgan Attika dehqonchilik uchun noqulay bo‘lib, unum-
dor yer kam bo‘lgan. Kumush konlari, marmarning mo‘l-ko‘lli-
gi savdo-hunarmandchilikning ilk taraqqiyotiga yordam berdi. 
Qulay dengiz gavanlari dengizchilikning rivojlanishiga sabab 
bo‘ldi. Dastlab Attika aholisi kichik qishloqlarda yashagan. 
Keyinchalik esa ular qoyatosh bag‘rida joylashgan Afina akro-
poli markazi bo‘lgan shahar atrofida birlashdilar.
Attikaning qadimgi aholisi bo‘lgan ioniylar va pelasglarga 
doriylarning ko‘chishi ta’sir qilmadi. Attika doriylar hujumini 
qaytardi. Attikada doriylar Peloponnesdan haydab yuborgan 
axeylarning bir qismi panoh topdi. Attikada yunon tilining io-
niy shevasida so‘zlashadigan qabilalar guruhi to‘rt urug‘ yoki 
qabila (fil)ga bo‘lingan edi. Har bir fil bir necha o‘nlab urug‘lar-
dan iborat bo‘lgan uch fratriyaga bo‘lingan. Gomer davrida At-
tika aholisini urug‘ zodagonlaridan chiqqan yo‘lboshchi ba-
sileylar boshqargan. Basileylar oliy hukmdor, sudya, kohin 
va harbiy boshliq vazifasini bajarganlar. Boshqa yunon po-
lislarida bo‘lganidek, basileylar huzurida Afinada oqsoqollar 
kengashi – areopag bor edi. Afsonalarga ko‘ra, Afina aholisini 
birlashtirgan afsonaviy Tersiy aholini uch guruhga bo‘ladi: yer 
egalari – yevpatridlar, dehqonlar – geomorlar va hunarmand-
lar – demiurglar. 
Attika viloyati 12 alohida hudud – qabila okruglariga bo‘lin-
gan. Ularning markazlari Afina, Torika, Marafon, Afidna 
bo‘lgan. Mil.avv. VIII asr davomida xo‘jalik va xususiy mulk-
chilikning rivojlanishi natijasida yevpatridlar basileylar-


368
ning huquqini asta-sekin cheklay boshladilar. Ular o‘zla-
rining ichidan arxontlar (oqsoqollar)ni saylay boshlay-
dilar. Basileylarning boshqaruv vakolatlari harbiy arxont 
(boshliq, sudya)ga o‘ta boshladi. Natijada basileylarga faqat ko-
hinlik vazifasi qoldi va u saylana boshlandi. Shunday qilib, Afi-
nada hokimiyatni yevpatridlar orasidan har yili saylanadigan 9 
arxont boshqara boshladi. Ularning o‘rtasida ijroiya, harbiy va 
sud hokimiyati taqsimlangan edi. 
Yil davomida arxont vazifasini bajargan yevpatridlar o‘z o‘rin-
larini yangi saylanganlarga bo‘shatib berib, o‘zlari areopagning 
umrbod a’zolari bo‘lib qolar edilar. Areopag mil.avv. VIII–VII 
asr larda eng obro‘li hokimiyat organi bo‘lgan. Yevpatridlar kolo-
nizatsiya va dengiz savdosida faol qatnashdilar. 
Mil.avv. VIII asrdan qishloq jamoalarida yer oilalarga bo‘lib 
berildi. Yer xususiy mulkka aylanib, asosan mayda dehqon 
xo‘jaligi paydo bo‘ldi. G‘allachilik, uzumchilik, zaytun daraxt-
larini ekish dehqon xo‘jaligining asosoiy mashg‘uloti bo‘ldi. As-
ta-sekin ishbilarmon dehqonlar, urug‘ oqsoqollari mayda deh-
qonlarning yerlarini turli yo‘llar bilan bosib ola boshladilar. 
Qarzga botgan kambag‘al dehqonlar yerlaridan ajralib, qarzlari 
uchun qullikka tushib qoldilar. Yeri bo‘lmagan yoki yeridan 
ajralgan bir qism dehqonlar hunarmandchilik bilan shug‘ul-
landilar. Kulolchilik sohasi, metallga ishlov berish, qayiq ya-
sash va boshqa sohalar rivojlandi. Ikki-uch kishi ishlaydigan 
hunarmandchilik ustaxonalari paydo bo‘ldi. Bu ustaxonalar-
ning barchasi katta-kichik shaharlarda to‘plandi, ichki va tash-
qi savdo rivojlandi.
Savdo, hunarmandchilik bilan shug‘ullanadigan aholi orasi-
da ham tabaqalanish kuchayib, boy, o‘rta va mayda savdo-
gar, hunarmandga ajraldi. Dehqonlar, hunarmand-savdogar-
lar yollanib ishlaydigan demos (xalq) aholining asosoiy qismini 
tashkil qildi. Demos ichidan boy dehqonlar, boy tadbirkor hu-
narmand-savdogarlar, kema egalari ajralib chiqdi. Dastlab po-
lislarda hokimiyatni egallab olgan katta yer egalari – zodagon 
evpatridlar o‘z mavqelarini yo‘qota boshladilar. Yunon polisla-
rida mil.avv. VII asrda o‘tkazilgan harbiy islohotlar natijasida 
zodagonlarning jang aravalari va otliq qism o‘rniga polisning 
o‘ziga tog‘ aholisi demosdan shakllantiriladigan og‘ir qurollan-
gan piyoda goplitlar paydo bo‘ldi. Natijada zodagonlar polisning 
harbiy tashkilotida o‘zlarining avvalgi imtiyozli mavqelaridan 
mahrum bo‘ldilar. Endilikda demos boy yunon polis-davlatlari-


369
ning iqtisodiy-siyosiy hayotida muhim o‘rinni egallay boshladi. 
Bu yangi qatlam hokimiyatni bosib olgan urug‘ zodagonlari bi-
lan hokimiyat uchun kurashga kirishdi.
Tovar ishlab chiqarish, savdo, hunarmandchilik tez rivojla-
nishi natijasida Attikada demos o‘z haq-huquqi uchun harakat-
ga keldi. Attikada dehqonlarni qarzga botish jarayoni kuchayib 
ketdi va natijada qarzi uchun qul qilish odatdagi holga aylanib 
qoldi. Mil.avv. VII asrning ikkinchi yarmida Attikada ijtimoiy-si-
yosiy vaziyat keskinlashib ketdi. Mil.avv. VII asrning 30-yil-
larida zodagon Kilon hokimiyatni bosib olishga urunib ko‘rdi. 
Arxont Drakont tomonidan 622-yilda og‘zaki qonunchilikning 
yozma to‘plamga keltirilishi urug‘ zodagonlarining hokimiyatini 
zaiflashtirdi. Drakont qonunlari bilan urug‘chilikning qoldig‘i 
bo‘lgan xun olish taqiqlandi. Jazolash funksiyasi areopagga 
berildi. Drakont qonunlari shafqatsiz bo‘lib, o‘g‘rilik
jinoya-
ti uchun o‘lim jazosi belgilangan. Mehnat qilmagan fuqarolar 
jazolanar edi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling