Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
3. Afinada Pisistrat tiraniyasi (Mil.avv. 560–527-yillarda
Afinani boshqardi). Solon islohotlari barcha ijtimoiy muam- molarni yecha olmadi. Afinada keskin ichki siyosiy kurash boshlandi. Tez orada kuchli ijtimoiy ziddiyatlar Afinada Pi- sistrat tiraniyasining o‘rnatilishiga olib keldi. Mil.avv. 560-yil zodagonlardan biri Solonning qarindoshi Pisistrat (mil.avv. 560–527-yillar) qattiq kurash natijasida hokimiyatni bosib oldi va o‘zining tiraniya shaklidagi shaxsiy hokimiyatini o‘rnatdi. Afi naning eng kambag‘al aholisi o‘z siyosiy huquqlarini kengay- tirish va yer mulkini taqsimlashdan umidvor bo‘ldi. Shu sabab- 372 li ular Pisistrat tiraniyasini qo‘llab-quvvatladilar. U dastlab eng muhtoj kichik yer egalariga davlat xazinasidan yordam ko‘rsat- di. Qishloq kambag‘allari uchun soliqlar majburiyatini yengil- lashtirdi. Qishloq jamoalari huquqini kamaytirdi. Yer egalarini Afinaga sudga kelishdan qutqarib, qishloq joylarida sudyalarni tayinladi. U fuqarolardan qurollarini tortib olib, o‘z hokimiyati- ni mustahkamladi. Fuqarolar daromadiga soliq joriy qildi. Bu o‘rta hol dehqonlarni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Pisistrat dengiz savdosining rivojlanishiga shart-sharoit yaratdi. U Kichik Osiyoda Dardanel bo‘g‘oziga chiqadigan muhim nuqtani bosib olib, Afinaning Qora dengizga boradigan dengiz yo‘llari ustidan nazoratini o‘rnatdi. Afinada savdo-hu- narmandchilikni rivojlantirish maqsadida bir qancha jamoat inshootlari qurilishini amalga oshirdi. Pisitrat davrida Afina akropolida Afina Pallada, Pifiyalik Apollon Elevsinada ibodat- xonalari va yangi bozor qurildi. Pirey portining qurilishi davom etdi, 9-quvurli suv o‘tkazgich barpo etildi, bu suv quvuri milo- diy 18 asrgacha ishlatildi. Pisistrat yollanma qo‘shinni tashkil qildi, hosilning o‘ndan bir miqdorida soliq joriy qilindi. Solon joriy etgan o‘zgarishlar saqlab qolindi, lekin Pisistrat boshqa ti- ranlar bilan juda yaqin aloqa o‘rnatdi. Shoirlar va rassomlarga homiylik qildi. Uning farmoyishi bilan Afinada xalq qo‘shiqchi- lari to‘planib, ularning so‘zlaridan Gomerning mashhur «Iliada» va «Odissey» poemalari yozib olindi. Pisistratning tadbirlari eski urug‘ zodagonlarining mavqeyiga putur yetkazdi. Ularning ko‘p vakillari Afinadan quvg‘in qilin- di. Mil.avv. 527-yilda Pisistratning vafotidan so‘ng o‘g‘illari Gip- pey va Gipparx Afina hokimlari bo‘ldilar. Bu vaqtda kuchli Fors davlati Kichik Osiyoni bosib olib, Egey dengizidan Qora den- gizga boradigan yo‘llarni egallab oldi. Afina dengiz savdosiga katta putur yetdi. Natijada Afinaga chetdan g‘alla olib kelish vaqtinchalik uzilib qolib, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlash- di. Tabiiyki, bu aholining noroziligini keltirib chiqardi. Aholi Pi- sistratning o‘g‘illari hokimiyatini ag‘darib tashladi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling