Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Arxaik davr hayotining umumiy manzarasi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
4. Arxaik davr hayotining umumiy manzarasi. Taxmin-
larga ko‘ra, arxaik davrda yunon uy-joyi oddiy va bir qavatli edi. Epik matnlarga ko‘ra, erkaklar kalta ko‘ylak (xiton) kiyib, ko‘chaga chiqayotganda ustilariga keng yoping‘ich (xlamida) tashlaganlar. Ayollar xiton ustidan hashamatli keng kiyim, ka- mar bilan tortilgan kamzul (peplum) kiyganlar. Sharqdan er- kaklar uchun uzun, yupqa kanopdan to‘qilgan, tumshuqqacha boradigan xiton o‘zlashtirib olingan. Sochga tilla to‘g‘nog‘ich qistirilgan. Ijtimoiy tabaqalanish kiyinishga ta’sir qilgan. Zoda- gon yoshlar otliq yurganda oval plash (xlamida) bilan o‘rangan- lar. Hunarmandlar esa chap yelka orqali tashlangan kamtar jun yoping‘ich (eksomida) bilan cheklanganlar. Arxaik davrda oila-nikoh munosabatlari ham o‘zgardi. Gomer davrida kuyov kelinning ota-onalariga qimmatbaho sovg‘alar berib, sotib olar edi. Arxaik davrda esa kelinga sep berish odat- ga aylandi. Nikohga asos bo‘lib, yoshlarning ota-onasi o‘rta- sida tuzilgan kelishuv shartnomasi xizmat qilar edi. Tegishli qurbonliklar qilingach, kelinning otasini uyida to‘y tantanalari va ziyofat boshlanar edi. Quyosh botishi bilan kelin kuyovning uyi ga kuzatib qo‘yilgan. 365 Dafn marosimlari o‘zgardi. Arxaik davrda ko‘kragiga urib yig‘laydigan go‘yandalar paydo bo‘ldi. Yig‘i-sig‘idan so‘ng mar- hum jasadi yuvib-taralib, xushbo‘y yog‘lar surtilgan. Keyin- gi kun dafn qilish marosimi o‘tkazilib, yig‘i bilan mayit sha- har tashqarisidagi qabristonga chiqarib ko‘milgan. O‘likning og‘ziga yer osti Aid podsholigida o‘liklarni tashuvchi Xarond- ga to‘lov sifatida tanga qo‘yganlar. Ehtimol, krematsiya ham bo‘lgan. Bu haqida Gomer poemalarida eslatiladi. Marhum o‘zining qimmatli buyumlari bilan katta gulxanda yoqilgan. Olovga vino, sut va asal sepish odati bilan marosim tugagan. Yunon uylari xom g‘ishtdan qurilib, tomi loy cherepitsadan bo‘lgan. Uylarda kichik derazalar bo‘lib, o‘g‘rilarni qo‘rqitish uchun kichik eshikchalar bilan yopilgan. Pol ohak yoki zich- langan qumli bo‘lgan. Uylarga yana qoshimcha xonalar qu- rib borilgan, ko‘chalar egri-bugri bo‘lgan. Uyda mebel deyarli bo‘lmagan. Qishloqda dehqonlar ho‘kizlarni qo‘shga qo‘shgan- lar, eshaklardan yuk tashishda foydalanganlar. Yunonlar dehqonchilik bilan shug‘ullanib, qurg‘oqchilikka chidamli zaytun ekkanlar, zaytundan yog‘ olingan, ovqatga, dori-darmon va jinchiroq uchun yog‘i ishlatilgan. Go‘shtga ehtiyoj xonaki hayvonlarni saqlash, quyon, kaltakesak va mayda qushlarni ovlash bilan qondirilgan. Dengizga yaqin aholi uchun baliq asosiy ozuqa o‘rnini bosgan. Demetra deh- qonchilik ilohasi bo‘lib (qadimgi yunon tilida dem – yer, metra – ona ma’nosini bildiradi), yunonlar uchun asosiy ovqat sut, pishloq edi, mevalarni ho‘l va quruq holda iste’mol qilgan- lar. Piyoz, dukkaklilar va sholg‘om ham asosiy ovqat bo‘lgan. Qahatchilik yillarida yovvoyi mevalar, tipratikan hatto chi- girtkalarni yeganlar. Asosiy ichimlik uzumdan tayyorlangan vino bo‘lgan. U juda quyuq bo‘lib, suv qo‘shib ichilgan. Ba’zi- da vinoga qayin daraxti qatroni qo‘shilgan. Natijada vinoni 3-4 yil saqlash mumkin bo‘lgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling