Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

  ittifoqga 
kirishga majbur bo‘ldi. Ittifoq majlisida har bir polis bir ovozga 
ega bo‘lib, qaror ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinar edi va har 
bir shahar-davlat Sparta podsholari ixtiyoriga o‘z qo‘shinining 
1/3 qismini berishga majbur edi. Ittifoqchilar o‘rtasida aloqa 
zaif bo‘lib, alohida polislar bir-biri bilan urush olib borar, bosh-
qa ittifoqchilar bunga aralashmas edilar. Sparta Peloponnes 
yarim orolining 1/3 qismini (8000 km) bevosita o‘z hukmron-
ligi ostiga olgan edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik mavqeyi 
kuchli edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik o‘rniga nisbatan 
hech kimda shubha yo‘q edi. Bu ittifoq o‘sha davrda Yunonis-
tonda eng kuchli edi.
2. Davlat tuzumi. Sparta aristokratik davlat xarakteriga ega 
edi. Butun hokimiyat periek va ilotlar ustidan to‘la hukmronli-
gini o‘rnatgan tor doiradagi spartaliklar qo‘lida edi. Davlat te-
pasida ashdod va yevrionit urug‘lariga mansub bo‘lgan ikki 
podsho turar edi. Ular asosan harbiy boshliqlar bo‘lib, tinchlik 
vaqtida ba’zi kohinlik vazifalarini, qisman sud majburiyatla-
rini amalga oshirganlar. Ikki podsho ham oqsoqollar kengashi 
(gerusiya) tarkibiga umrbod kirgan. Podsholar hokimiyati xalq 
yig‘inining keng vakolatlari bilan cheklab qo‘yilgan edi. Podsho-
lardan biri urush vaqtida qo‘shinga boshchilik qilgan, ammo 
ular rahbarlikda eforlarning fikrlarini hisobga olishga majbur 
bo‘lganlar. Podsholar yoshi 60 yoshdan yuqori bo‘lgan, yigirma 


359
sakkiz zodagon keksadan tuzilgan kengash (gerusiya) majlisiga 
boshchilik qilganlar.
Eforlar. Spartada oliy lavozimli besh nafar eforlar har yili xalq 
yig‘ini – appelada saylanganlar. Eforlar lavozimi oliy nazorat 
organi sifatida ko‘rinishidan mil.avv. VIII asr o‘rtalarida pay-
do bo‘ladi. Eforlar Gerusiya (oqsoqollar kengashi) va apellani 
(xalq yig‘ini) chaqirganlar, bu tashkilotlarning ishiga rahbar-
lik qilganlar, davlat xazinasini boshqarganlar; qo‘shin to‘plash-
ni e’lon qilganlar; harbiy boshliqlarni tayinlaganlar va ishdan 
bo‘shatdanlar. Sud ishlarini olib borganlar; davlat tashqi siyo-
satini boshqarganlar. Eforlar Sparta davlati va jamiyati hayo-
tini nazorat qilar edilar: ular ikki podsho faoliyatini, fuqarolar-
ning yurish-turishini, qaram aholi periek va ilotlarning hayoti 
ustidan nazorat olib borganlar, kriptiyani e’lon qilganlar. Shu 
tarzda eforlar qo‘lida katta hokimiyat to‘plangan. Lekin efor la-
vozimiga bir yil muddatga saylanish bilan cheklangan. Bu la-
vozimga qayta saylanish taqiqlangan. Eforlarning keng nazorat 
vakolatlari va ularning faoliyati Spartadagi mavjud siyosiy-ijti-
moiy tartib-qoidani barqaror qiladigan omil bo‘ldi. Eforlar tash-
kiloti boshqa yunon polislarida ham mavjud bo‘lgan (Gerakliya, 
Fera oroli, Kerenaika koloniyasi). 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling